Bandlik vazirligi
49.4K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Javob: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosidagi xodim birinchi ish yilida olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning yillik mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat ta’tiliga o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha yillik mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ishdagi mehnat ta’tilining davomiyligidan ko‘p bo‘lgan hollarda, ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat ta’tilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat ta’tili va o‘rindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat ta’tili davomiyligi o‘rtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham berishi shart.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolarni ishga joylashtirish bo'yicha yangicha tizim qanday ishlaydi?

Videoda batafsil tanishing

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ayrim toifadagi xodimlar ish vaqti rejimining o‘ziga xos xususiyatlari

Ayrim toifadagi xodimlar (o‘rindoshlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan shaxslar, uy ishchilari va masofadan turib ishlaydigan xodimlar, shuningdek vaxta usulida ishlaydigan shaxslar va boshqalar) ish vaqti rejimining o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning VI bo‘limida belgilangan.

Transport, aloqa xodimlarining, qutqaruvchilarning, shaxsiy kompyuterlarda, videodispley terminallarida, tashkiliy texnikada ishlaydigan shaxslarning va ishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish vaqti rejimi qonunchilikda, shuningdek sanitariya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda belgilanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik vazirligi
Kanada 5 000 bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda! Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Dastlab qurilish sohasida: − duradgor; − payvandchi; − elektrik; − santexnik;…
❗️IMKONIYATINGIZ BOR, HARAKAT QILASIZMI?

🇨🇦 Kanadaga ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi kuni.

O‘tgan bir kecha-kunduzda Kanadaga qurilish yo‘nalishida ishlash istagida ro‘yxatdan o‘tganlar soni qariyb 7 000 nafarni tashkil qildi. (soat 10:50 holatiga) Ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kanadaga jami uchta yo‘nalishda 5 000 ta ish o‘rniga taklif mavjud bo‘lib, bugun texnik va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha ham ro‘yxatdan o‘tish ochiladi. Telegram kanalimizni kuzatib boring!

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇦 Qo‘lingizda hunaringiz bormi, til bilasizmi?
Unda kech qolmang!


Kanada texnik va xizmat ko'rsatish sohasida 30 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha ishga taklif etmoqda.

🟢Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif haqida xabar bergan edik. Kecha qurilish yo‘nalishida, (1 000) bugun texnik va xizmat ko‘rsatish sohalariga 4 000 ta ish o‘rni uchun e’lon joylayapmiz.

1. Texnik soha (yo‘nalishlari)
2. Xizmat ko‘rsatish (yo‘nalishlari)

1. 👉Ro'yxatdan o'tish
2. 👉Ro'yxatdan o'tish

Talablar va zarur hujjatlar

1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
2. ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
3. mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
4. xorijiy pasport nusxasi

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

❗️Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.
Har bir nomzodning maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

Ro'yxatga olish 31.03.2024-yil soat 18-00 gacha davom etadi.

📞Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami


Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda Germaniya standartidagi kasb-hunar maktabi ochiladi

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas'ullaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Germaniya davlatida bo'lib qaytishdi.
Delegatsiya a'zolari Shtaynbax-Hallen shahrida joylashgan "Hehnke" kompaniyasida bo'ldi.
Mazkur kompaniyada o'zbekistonlik yoshlar ausbildung dasturi bo'yicha o'qishi, mehnat qilishi va bu orqali katta tajriba hamda bilimlarni o'zlashtirishi mumkin.
Kompaniya vakillari bilan xalqaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar o'tkazilib, 2024/2025-yillar davomida “Hehnke” kompaniyasi qashqadaryolik 100 nafar yoshni ausbildung dasturi bo'yicha ishga qabul qilishi borasida dastlabki kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari Leyptsig shahrida joylashgan "Avestos" kompaniyasi bosh direktori Klaus Michel bilan uchrashib, istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.
Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida nemis o'quv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini (elektromobillarga xizmat ko‘rsatish, mexatronika, payvandlash, elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish, raqamli axborotlarni qayta ishlash) barpo etish haqidagi qo'shma loyiha muhokama qilindi.
Ushbu maktabda yoshlarga nemis tili va jahon talablariga javob beradigan professional ko‘nikmalar o'rgatiladi. Jumladan, mashinasozlik, xizmat ko'rsatish va qurilish sohalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni Germaniyaga tashkiliy tarzda ishga yuborish mumkin bo'ladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ish vaqtini hisobga olish tushunchasi va turlari

Ish vaqtini hisobga olish ishga chiqishlarni tegishli hisobga olish davri uchun ish vaqtining belgilangan normasi xodimlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida qayd etish orqali har bir xodim tomonidan haqiqatda ishlab berilgan vaqtni aniqlashdir.

Hisobga olish davrining davomiyligiga qarab ish vaqtini hisobga olishning quyidagi turlari nazarda tutilishi mumkin:
kunlik hisobga olish, bunda hisobga olish davri bir kunga teng bo‘ladi. Kunlik hisobga olishda xodim har bir ish kuni davomida bir xil miqdordagi ish soatida mehnat qiladi va har kuni ish vaqtining belgilangan normasini bajaradi;
haftalik hisobga olish, bunda hisobga olish davri bir haftaga teng bo‘ladi. Ish vaqtini haftalik hisobga olishda, basharti hafta ichidagi ish vaqtining belgilangan normasiga rioya etilsa, kunlik ishning davomiyligi har xil bo‘lishi mumkin, biroq ushbu Kodeksning 185-moddasida belgilanganidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
jamlab hisobga olish, bunda xodim ish vaqtining normasini ishlab berishi kerak bo‘lgan hisobga olish davri bir haftadan oshadi. Ish vaqtini jamlab hisobga olishda kunlik yoki haftalik ishning davomiyligi ushbu Kodeksning 199-moddasida ko‘rsatilgan doirada ish kunining yoki ish haftasining soatlari normasidan chetga chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan muayyan kalendar davrlarda yuzaga keladigan ortiqcha ishlash yoki kamroq ishlash hisobga olish davri uchun soatlar summasi ushbu davrdagi ish vaqtining normasiga teng bo‘ladigan tarzda muvozanatlashtirilishi kerak.

Hisobga olish davri uchun ish soatlari normasi tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. To‘liqsiz ish kunida va to‘liqsiz ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun hisobga olish davridagi ish soatlarining normal soni tegishincha kamaytiriladi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Namangan

Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizning bandligini ta’minlashga imkoniyatlar bormi?


Lavhada batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganlik Dilshodbek Nabiyev o‘z xonadonida 700 dan oshiq g‘ozlarni boqib, kuniga 1 million 600 ming so'mdan daromad qilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram