This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosi
✅ Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.
✅ Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari🔽
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari🔽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Ishlab chiqarish ta’limining vaqti
✅ O‘quvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish ta’limi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan
oshmasligi kerak. Tashkilotda ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan o‘quvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan to‘liq ozod qilinishi yoki bu ishni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin.
✅ Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining amal qilishi davrida o‘quvchi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmasligi, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmat safarlariga yuborilmasligi kerak.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari🔽
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Ishlab chiqarish ta’limining vaqti
oshmasligi kerak. Tashkilotda ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan o‘quvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan to‘liq ozod qilinishi yoki bu ishni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin.
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari🔽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Tashkilotning mulkdori o‘zgarganda jamoa shartnomasi amal qilishining saqlanib qolishi
💬 Tashkilotning mulkdori o‘zgarganda jamoa shartnomasining amal qilishi olti oy mobaynida saqlab qolinadi. Bu davrda taraflarning yangi jamoa shartnomasini tuzish yoxud amaldagisini saqlab qolish, unga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish haqida muzokaralar boshlashga haqli. Jamoa shartnomasini qayta ko‘rib chiqish chog‘ida avvalgi jamoa shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish mumkinligi haqidagi va boshqa shartlarni bajarish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Tashkilotning mulkdori o‘zgarganda jamoa shartnomasi amal qilishining saqlanib qolishi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Mehnatga haq to‘lash tizimi
✅ Ish haqini qarz majburiyatlari, kvitansiya, kupon shaklida to‘lash taqiqlandi
✅ Mehnatga haq to‘lashning yangi maxsus shartlari kiritildi (qisqartirilgan va to‘liqsiz ish vaqti, yangi ishlab chiqarishni o‘zlashtirganlik uchun va boshqalar)
✅ Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil tizimi joriy etildi, muddati 6 oy (hozirda 3 oy)
✅ Turli xil malaka talab qiluvchi ishlarni bajarganlik uchun, shuningdek yangi ishlab chiqarishni o‘zlashtirganlik uchun ish haqi to‘lashning xususiyatlari belgilandi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Mehnatga haq to‘lash tizimi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
✅ Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning o‘rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Jamoa kelishuvlarining shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi
🧬 Jamoa kelishuvining amal qilishi vakillari ushbu kelishuvni tuzgan xodimlar va ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. Uch tomonlama jamoa kelishuvi tuzilgan taqdirda uning amal qilishi ushbu kelishuv tarafi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bosh jamoa kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha xodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek barcha ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Jamoa kelishuvlarining shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilish.
☑️ Ota-onadan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, agar ishni davom ettirish o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga hamda ma’naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo‘lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilish.
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar
Yarashtirish komissiyasining aʼzolari, mehnat arbitrlari jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etish vaqtida
nizoni hal etish (tartibga solish) vaqti uchun oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda asosiy ishidan ozod qilinadi. Xodimlarning, ular birlashmalarining jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etayotgan vakillari jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) davrida intizomiy jazoga tortilishi, boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ularning vakilligiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmay turib, ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.

Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
🟥 Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
✅ Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:
😎 Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
😎 Har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish;
😎 Dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
😎 Ishlanmaydigan bayram kunlari;
😎 Har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari;
Xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
Xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Mehnat shartnomasining muddati
✅ Mehnat shartnomasi:
✅ Nomuayyan muddatga;
😎 Uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍 Mehnat.uz 🌐 Facebook 🌐 Instagram I 🌐 Twitter 💬 Telegram 🌐 You tube
Mehnat shartnomasining muddati
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Jamoa shartnomasi amal qilishining shaxslar doirasi bo‘yicha tatbiq etilishi
Jamoa shartnomasining amal qilishi ish beruvchiga va tashkilotning barcha xodimlariga, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan, tashkilotning alohida bo‘linmasida tuzilgan jamoa shartnomasining amal qilishi esa tegishli bo‘linmaning barcha xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. Jamoa shartnomasining amal qilishi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi. Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining ob’yekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.

Ish beruvchilarning birlashish huquqi
✅ Ish beruvchilar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish maqsadida oldindan ruxsat olmasdan ixtiyoriy ravishda o‘z birlashmalarini tuzish, shuningdek ish beruvchilar birlashmalariga ularning ustavlarida belgilangan tartibda a’zo bo‘lish huquqiga ega. Ish beruvchilar birlashmasi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilarning va (yoki) ish beruvchilar birlashmalarining ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan nodavlat notijorat tashkilotdir. Ish beruvchilarning birlashish huquqini amalga oshirishga monelik qilishga, shuningdek ularni ish beruvchilarning u yoki bu birlashmalariga a’zo bo‘lishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
👍 Veb sayt 🌐 Facebook🌐 Instagram 💬 Telegram🌐 You tube
Ish beruvchilarning birlashish huquqi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar
Xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama yoxud uch tomonlama hududiy komissiyalar tuzilishi mumkin. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hududiy komissiya tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari vakillari kiradi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama hududiy komissiya xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari taklifi asosida tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama hududiy komissiya tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari vakillari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiradi. Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning tegishli hududiy birlashmasi tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning hududiy birlashmasi tomonidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi vakillarining shaxsiy tarkibi esa ushbu organ rahbari tomonidan belgilanadi.

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
1️⃣ mehnat munosabatlarining sub’yektlari (ayollar, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar) bo‘yicha;
2️⃣ mehnat faoliyatining sohalari, tarmoqlari va turlari (pedagoglar va tibbiyot xodimlari, transport xodimlari va boshqalar) bo‘yicha;
3️⃣ mehnat sharoitlarining og‘irligiga va (yoki) zararliligiga qarab;
4️⃣ tabiiy-iqlim sharoitlariga qarab;
5️⃣ xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining xususiyatlari (kasanachilar, masofadan turib ishlovchi xodimlar va boshqalar) bo‘yicha.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
👍 Veb sayt 🌐 Facebook🌐 Instagram 💬 Telegram🌐 You tube
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi
Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qoidalarining va mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
⚫️ Ushbu Kodeks 13-moddasining ikkinchi qismida, 14-moddasining birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida, 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etmaslik xodimning holatini yomonlashtiradigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
⚫️ Ushbu Kodeks 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya etmaslik xodimning holatini yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Haqiqiy bo‘lmagan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning qoidalari, shuningdek mehnat shartnomasining shartlari qo‘llanilmaydi.
⚫️ Bunday qoidalar va shartlar qabul qilingan paytdan e’tiboran haqiqiy emas deb hisoblanadi. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar ayrim qoidalarining yoki mehnat shartnomasi alohida shartlarining haqiqiy emasligi tegishli hujjatning yoki mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
👍 Veb sayt 🌐 Facebook🌐 Instagram 💬 Telegram🌐 You tube
Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qoidalarining va mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi__mehnat_kodeksi
Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga to‘liqsiz ish vaqti belgilash
✅ Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
👍 Veb sayt 🌐 Facebook🌐 Instagram 💬 Telegram🌐 You tube
Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga to‘liqsiz ish vaqti belgilash
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi__mehnat_kodeksi
Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar
✅ Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi, ushbu xodimlar tomonidan mehnat intizomining buzilishi o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
✅ Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
✅ Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda ularning amal qilishi o‘ziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarning doirasi belgilanadi, xodimlarning, shuningdek intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari, rag‘batlantirishlarning, intizomiy jazolarning turlari, ularni qo‘llash tartibi nazarda tutiladi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
👍 Veb sayt 🌐 Facebook🌐 Instagram 💬 Telegram🌐 You tube
Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar
Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
BATAFSIL⬅️
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi__mehnat_kodeksi
Xizmat safaridagi ish vaqti rejimi
Xizmat safariga yuborilgan xodimga nisbatan xizmat safarining maqsadiga qarab ushbu xodim o‘ziga xizmat safariga yuborilgan ish beruvchida belgilangan ish vaqti rejimi tatbiq etiladi yoxud xizmat safaridagi ish rejimi xodimni xizmat safariga yuborgan ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan xizmat safariga oid topshiriq bilan belgilanadi.