Bandlik vazirligi
49.2K subscribers
12.5K photos
2.88K videos
31 files
7.2K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#E'lon

Toshkent shahar "Ishga marhamat" monomarkazi "Konditsionerlarga texnik xizmat ko'rsatish ustasi" 2 oylik qisqa muddatli kursiga taklif etadi.

⚙️O'qish davomida monoblok, split, oynaga o'rnatiluvchi konditsionerlar, ularni ta'mirlash va montaj qilish kabi bilim hamda ko'nikmalarga ega bo'lasiz.

💳Kursda o'qish uchun bir oylik to'lov 600 000 so'm;
📆Darslar hafta besh kun (dushanba-juma) ikki smenada olib boriladi.
🧾Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

✔️Hududiy Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari yo'llanmasi asosida bepul kasb o'rgatiladi.

📲71 207-69-00 (112, 113, 114, 115).

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_farmon

Kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladigan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyun kuni "Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–93-sonli Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga muvofiq, tadbirkorlar ixtiyoriy ravishda 3 yilgacha muddatda “hamkorlik shartnomalari” imzolashlari mumkin.
“Hamkorlik shartnomasi”ni tuzgan tadbirkorga Dastur ishtirokchisi sertifikati beriladi.

Eslatma! Tadbirkor dasturda ishtirok etishi uchun kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatgan bo‘lishi va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmasligi lozim.

📆 Dasturni amalga oshirish uchun 2023–2024-yillarda jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Banklar tomonidan ushbu kreditlar dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ro‘yxatga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.

Tadbirkorlarga dastur doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
➡️tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, ular bandligini ta’minlaydi. Ushbu ko‘rsatkich jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, tadbirkorga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi.

BATAFSIL ⬅️

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Samarqand

MAHALLALARGA YANGI BINO TOPSHIRILDI

Payariq tumanidagi Bobur va "O‘ymovut" mahallalari aholisi uchun xizmat qiladigan yangi zamonaviy binolar foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mutasaddilari, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida "O‘ymovut" mahallasida faollar va homiylar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj ikki oila farzandlarining "Xatna to‘ylari" ham o‘tkazib berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_mehnat_kodeksi

Jamoa kelishuvlarining shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi

🧬Jamoa kelishuvining amal qilishi vakillari ushbu kelishuvni tuzgan xodimlar va ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. Uch tomonlama jamoa kelishuvi tuzilgan taqdirda uning amal qilishi ushbu kelishuv tarafi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bosh jamoa kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha xodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek barcha ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.

BATAFSIL ⬅️

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_tartibli_va_qonuniy_ mehnat_migratsiyasi

Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlarida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Farg‘ona

Kasanachilikni rivojlantirish yo'lidagi hamkorlik

🗺Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari kasanachilikni rivojlantirish va ushbu sohaga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasida tadbirkorlar bilan joylarga chiqqan olda uchrashuvlar o'tkazmoqda.

👨‍💼 Xususan, mutasaddilar Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi (150 o‘rinli) va Bog‘dod tumanidagi "Gulnora Matqulobot Bodomlari" korxonasining (150 o‘rinli) kasanachilik faoliyati bilan tanishishdi.

✏️ Bunda “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan imtiyozlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

💭 Muloqot davomida taklif va rejalari o‘rganilib, ishni tashkil etish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlIk

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Jahon banki vakillari bilan uchrashdi.

✔️ Unda "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, maishiy zo‘ravonliklarga barham berish, gender tengligi masalalari muhokama qilindi.

Mazkur choralarni samarali amalga oshirish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilishga hamda ular ishtirokida muhokamalar tashkil etish, shuningdek, hamkorlikda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:

➡️Maishiy zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy instrumentlarni yanada takomillashtirish, milliy qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasini o‘rganib chiqish;

➡️Maishiy zo‘ravonlik holatlari takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida shaffof monitoring mexanizmlarini joriy qilish;

➡️Muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM