Bandlik vazirligi
48.5K subscribers
12.6K photos
2.92K videos
32 files
7.28K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazirlik va Agentlik rahbariyati, xorijiy vakolatxonalari hamda hududiy filiallari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda Agentlik faoliyati chuqur tahlil qilinib, tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich 1979-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.


Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🫥Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish

✔️Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalgaoshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi.

✔️Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi. Zarur bo‘lgan taqdirda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.

✔️Xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga diplomatik, konsullik, ma’muriy-texnik lavozimlarga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlariga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.

✔️Agar yangi ish joyidagi mehnatga haq to‘lash shartlari yoki dam olish vaqti xodim uni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchida foydalanganidan farq qilsa, xodimga nisbatan qulayroq shartlar qo‘llaniladi. Boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodimning ish staji umumiy ish stajiga kiritiladi.

✔️Vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa chog‘ida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tekshiruvini tashkil etish xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchining
zimmasiga yuklatiladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇺🇸 Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutasaddilari hamda Mahalliy iqtisodiy va ma’muriy samaradorlikni o’rganish tadqiqot guruhi (LEAP) tadqiqotchisi Pensilvaniya shtati universiteti professori Temirlan Moldogaziyev o’rtasida o’zaro ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida Koreya Respublikasining rivojlanish instituti tomonidan O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish va aholini rasmiy bandligini ta'minlash borasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek, hokim yordamchilarining malakasini oshirish, ularning samaradorlik ko'rsatkichlarini baholash bo'yicha metodologik yordam ko'rsatish va boshqa yo'nalishlar bo’yicha kelishildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarq_emasman

🇺🇿Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda ragʻbatlantiradi.

🇺🇿Yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 43-modda

https://meningkonstitutsiyam.uz/

Kanalga
ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Gulandon Jo'rayeva -"Olmazor tumanidagi “Ahil” mahallasi xotin-qizlar bo‘limida mutaxassis bo‘lib ishlar edim. 2022–yil mart oyida menga ishdan bo‘shatish yuzasidan g‘ayriqonuniy tarzda ogohlantirish xati berildi. Huquqimni tiklash uchun 3 oy sarson bo'ldim."

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi. Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga  asosan Isabayev Murodjon Turg’unovich Toshkent shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➡️Bunga qadar Murodjon Isaboyev Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

💠Har yilgi qo‘shimcha ta’tillar

🏕Har yilgi qo‘shimcha ta’tillar:

📝ushbu Kodeksning 481-moddasiga muvofiq mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga;

📝ushbu Kodeksning 483-moddasiga muvofiq noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga;

📝ushbu Kodeksning 220-moddasiga muvofiq bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;

📝qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵YAPONIYADA ISHLASHNI ISTAYSIZMI?

Unda siz uchun 2023-yil 7-aprel kuni soat 16:00 da Kunchiqar yurtga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil tashkil etilmoqda.

Muloqotni Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining quyidagi kanallari orqali jonli kuzatish mumkin:

Тelegram 💬
Facebook 🌐
Youtube 🌐

Ushbu mavzu yuzasidan savollarni quyidagi manzilga jo‘natishingiz mumkin: @migratsiya_savol

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik vazirligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Vazirlik va Agentlik rahbariyati, xorijiy vakolatxonalari hamda hududiy filiallari vakillari ishtirok…
📝Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida yig‘ilish o‘tkazilgan edi.

💸Tanqidiy ruhda o‘tgan majlisda Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida so‘z borgandi.

💸Unda vazir o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan topshiriq bergandi.

💸Mazkur topshiriqqa asosan, vazirlikning Ishchi guruhi tuzilib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida o‘rganishlar olib borildi. Uning natijasiga ko‘ra malaka talablariga javob bermagan, o‘z vazifasini suiste’mol qilgan, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun yetti nafar mansabdor shaxslar egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.

❗️O‘rganishlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun_vazirlikda

🟢Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi faoliyatiga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari raislari ishtirok etdi.

Vazir Behzod Musayev tomonidan inspeksiya faoliyati, shuningdek, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj nogironlarga qulayliklar hamda yengilliklar yaratishi zarurligi borasida ko‘rsatmalar berib o‘tilgan edi. Yig'ilishda yuqoridagi vazifalarning bajarilishi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish yuzasidan so‘z bordi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄9 aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

📚 Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir.

"Temur tuzuklari"dan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshimiz

🏢Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilib, tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
⚡️Afsuski, shunga qaramasdan tizimdagi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan bu boradagi jinoyatlar sodir etilishi holatlari hamon kuzatilmoqda.
🟢Xususan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tizimning ayrim mansabdor shaxslari o‘z mansab mavqeini suiste’mol qilganligi aniqlandi.

✔️Aziz yurtdoshlar! Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik tizimida bu kabi holatlarga duch kelsangiz, albatta, ☎️(71)203-01-59 raqamiga yoki huquq-tartibot organlariga murojaat qilishingizni so‘ramiz.
Siz bu harakatingiz bilan davlat va jamiyat taraqqiyotining kushandasi bo‘lgan mudhish jinoyatchilikning oldini olgan bo‘lasiz.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM