Bandlik vazirligi
49.2K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Vazir_Qashqadaryoda

Vazir Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi KOIKA Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘ldi. Bu yerdagi jarayonlarni kuzatish davomida vazir ayni kundagi yo'nalishlar yetarlicha qamrovga ega emasligi, qo'shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi lozimligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot uchun: Shahrisabz shahridagi KOIKA kasb-hunarga o‘qitish markazi 2018 -yil 6-sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan. Markazda ishsiz fuqarolarni avtomobilsozlik, metallga ishlov berish va chilangarlik, elektrotexnika, yigiruv va tikuv ishi, axborot texnologiyalari kabi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov,Xalqaro taraqqiyot departamenti direktori Stefan Dyuss bilan uchrashdi.

Unda Avstriya tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy mehnat loyihalarini moliyalashtirish, ta’lim, elektron yechimlar va elektron hukumat yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri_ulug‘dir

#Murojaat_va_Ijro

Hafta boshida vazir Nozim Xusanov Namangan shahrida yashovchi ishsiz fuqaro Ma’murjon Yakubjanov va uning turmush o‘rtog‘i Adiba Jo‘rayevani qabul qilgan edi. Unda subsidiya asosida o'zini-o'zi band qilish masalasi muhokama qilindi.
Vazirning ushbu oila murojaati qanoatlantirilishi bo‘yicha topshirig‘i 3 kun ichida ijrosi ta'minlanib, Ma’murjon Yakubjanovga erkaklar sartaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalar topshirildi. Shuningdek ushbu fuqaroning farzandiga xatna to'yi o'tkazib berildi.

Ma’lumot uchun: 27-may kuni Ma’murjon Yakubjanovning turmush o‘rtog‘i Adiba Jo‘rayevaga o‘zini-o'zi band qilish uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan.

👉Batafsil video lavhada🖥👆



Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
🇱🇻Latviya dasturchi mutaxassislarni ishga taklif etadi

💵 oylik ish haqqi - 1700-2200$;

🏡🍲 yotoqxona va ovqat xarajatlari ishchi hisobidan.

Nomzodlar uchun talablar:

❗️ kamida 2 yillik tajribasi;
❗️ ingliz tilini B1 darajada bilishi (IELTS, TOEFL);
Quyidagi yo‘nalishlarda ishlay olish:

1️⃣. Figma, Adobe XD dasturlarida HTML, CSS, JavaScript dasturlash tillarida hamda JSON formatida ishlash olishi.
– Shuningdek, yuqori darajada React JS hamda React, Vue.js Webpack framework yo‘nalishida ishlay olish;
– GIT dasturi hamda Chome dev Tools bilan ishlashi;

2️⃣. C# dasturlash tilida MVC va Web API shablonida hamda MS SQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olish.

➡️ ro‘yxatdan o‘tish

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining
🇷🇺Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonalari:

📍 Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
📲+7 (925) 045-47-44.

📍 Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy.
📲 +7 (951) 680-95-97.

📍 Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22 uy.
📲 +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

📍Novosibirsk shahri, Lomonosova ko‘chasi, 55-uy.
📲 +7 (953) 862-00-07.

📍Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
📲 +7 (917) 872-42-26, +7 (925) 750-87-57.

📍Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis.
📲 +7 (917) 469-20-88, +7 (347) 216-33-43.

📍Voronej shahri, Dzerjinskiy ko‘chasi, 3A-uy.
📲 +7 (906) 030-16-89.

📍Krasnodar shahri
📲 +7 (999) 553-88-19.

📍Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy.
📲 +7 (999) 553-44-03.

📍Irkutsk shahri
📲 +7 (915) 332-33-05.


☎️ Ishonch telefonlari: (71) 202-33-55, (71) 200-00-61, 1282 qisqa raqami

➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi
#DARYO_biz_haqimizda

Bir necha oy sudrab kelingan muammo vazir e’tibor qaratgach uch kunda hal etildi

Qo‘shimcha qilinishicha, oilaning ahvoli og'irligi bois farzandining xatna to‘yi ham vazirlik homiyligida o‘tkazib berilgan.

Batafsil — https://dy.uz/pn2CG

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

2022-yil 1-3-iyun kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o'rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida Navoiy viloyati hududlardagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar uchun 6 marotaba Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.

Tadbirda tuman (shahar)lardagi 400 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 1200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 550 nafar fuqarolarning 200 nafariga yo‘llanmalar berildi, shundan, 120 kishi ishga joylashtirildi, 39 nafari kasb-hunarga qayta o‘qitish uchun yuborildi, 41 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuningdek, 120 ta fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

 Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube