Bandlik vazirligi
47.2K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.14K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#MONOMARKAZ_Surxondaryo

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari Angor tuman “Ishga marhamat ” Monomarkazida bo‘ldi. O'rganishlar davomida markazdagi dars jarayonlari hamda issiqxona, quyonchilik, parrandachilik, baliqchilik yo'nalishlari bilan yaqindan bilan tanishildi.

Shuningdek, o'qituvchi va o'quvchilar bilan suhbat tashkil etilib, kasb-hunarga o’rgatishda kelgusidagi rejalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Namangan

Ilhom Abrorov - O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig'i :

"Maqsadimiz ishsizlikni bartaraf qilish"

⚡️ Namangan tumanida aholi bandligiga ko'maklashish va hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 212 nafar mehnatga layoqatli, kam ta’minlangan, "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, jamoatchilik otryadi shakllantirildi.

➡️ Ma'lumot uchun: Har bir sektorga 50 nafardan, hokim yordamchisiga 4 nafardan fuqarolar biriktirildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#MONOMARKAZ_Surxondaryo

🎂 “Qandolatchi"
yo'nalishida tinglovchilarining o'quv-amaliyot jarayonidan foto lavhalar.

🍩🧁 Darslar 70% amaliy, 30% nazariy tarzda olib boriladi.

➡️ Denov tumani "Ishga Marhamat" monomarkazidagi kasblarda oʼqib, mutaxassis boʼlishni istagan barcha fuqarolarni markazga taklif etamiz.

Manzil: Denov tumani O'rikzor mahallasi Xo'ja Aloviddin Attor ko'chasi 52-uy.

☎️: +99897 387-93-00, +99891 234-84-60

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
🌐 "Kusherbayevga murojaat" telegram kanalida “Sirdaryoda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

🔰Davlat boshqaruv organlari, tijorat banklari rahbarlari va ma’sul xodimlaridan olingan tushuntirish xatlarida ular ish vaqti davomida o‘zlarining asosiy ish joylarida lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarganliklarini, boshqa mehnatga maburlanmaganliklarini ma’lum qilishgan.

➡️ Aniqlanishicha, Boyovut tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 15 nafar jamoatchi xodimlar "Navruz" MFYda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilingan.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#MONOMARKAZ_Xorazm

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi vakillari Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazining "Oshpazlik" yoʻnalishida taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Suhbat davomida fuqarolarga kelgusida oʻzi istagan yoʻnalishda malakali mutaxassis bo’lishi uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

➡️ Ma’lumot uchun: Bunday tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57 sonli "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube