Bandlik vazirligi
48.6K subscribers
12.6K photos
2.92K videos
32 files
7.27K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Xabar berganimizdek, vazir o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko'maklashish dasturi to'g'risida»gi Qarorining joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumanida bo‘ldi.

Xususan, Alfraganus" majmuasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, yaratilgan va kelgusida yaratiladigan ish o‘rinlari borasida ma’lumot oldi. Ayni paytda majmuada aholi turar joylari, mehmonxonalar, o‘quv muassasalari, bog‘ hamda yirik savdo majmuasi barpo etilmoqda.

Majmuada dastlab 800 ta, to‘liq quvvatda ish boshlagach 2000 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Ish beruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda amalga oshiriladigan yangi loyihalar uchun ishchi kuchini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Majmuada kelgusida qaysi soha vakillariga ehtiyoj ortishidan kelib chiqib “Ishga marhamat” monomarkazlarida ayni o‘sha yo‘nalish bo‘yicha fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilishi va tayyor mutaxassis sifatida ushbu kompleksga jalb qilinishi aytib o‘tildi. Asosiy masala ish beruvchilar va vazirlikning tuman bo‘limlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash lozimligiga qaratildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#yoshlar_oyligi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida O’zbekiston Respublikasi Kambag’аllikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi “Yoshlar uchrashuvi Samarqandda start oldi.

Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan tizimdagi yoshlar Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida kutib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇩🇪 Germaniya ish beruvchilari "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazmoqchi, Siz uchun qiziqmi?

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.

Qachon va qayerda?
▪️2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
▪️2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
📍Toshkent shahridagi
“Ishga marhamat“ monomarkazida.
👉 lokatsiya

Talablar
▫️18 yoshdan 40 yoshgacha;
▫️nemis tilidan kamida B1 sertifikat;
▫️kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi);
▫️1 yillik kasbiy tajriba.

Sohalar
:
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgor;
- avtochilangar;
- mehmonxona;
- restoran;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshiralik;
- parvarishlash.


Mehnat yarmarkasi doirasida to'g'ridan-to'g'ri tanlovlar o'tkaziladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo berilgan kundan e’tiboran 1 yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, 1 yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi?

▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
▪️yosh chegarasi - 20-50 yosh;
▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat;
▪️bepul yashash joyi;
▪️bepul 3 mahal ovqat;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus.

Talablar:
▪️rus tilini bilish;
▪️jismonan sog‘lom bo‘lish;
▪️Serbiyaga ketish xarajatlarini qoplash.

Shartnoma muddati 10.08.2024 dan 10.12.2024 gacha!

Nomzodlar soni 500 nafarga yetganda ro'yxatdan o'tish yakunlanadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️Bugundan O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti boshqaruv kengashida o‘z ovoziga ega

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Uning doirasida XMT Boshqaruv kengashiga 2024-2027-yillar uchun a’zo davlatni tayinlash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish jarayonlarida 209 davlat ishtirok etdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston XMT Yevropa mintaqaviy guruhida 194 ta ovoz oldi va nomzod davlatlardan hisoblangan Avstriya, Xorvatiya, Kipr, Vengriya, Niderlandiya va Daniya orasida 1-o‘rinni egalladi.

Bu voqeani haqli ravishda tarixiy desa bo‘ladi, sababi O‘zbekiston birinchi marta tashkilot siyosati va strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan XMT ijroiya organiga saylandi.

Xalqaro mehnat tashkilotining boshqaruv kengashi uning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Kengashning asosiy vazifasi konferensiya sessiyalari davrida tashkilot ishiga rahbarlik qiladi va uning qarorlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Boshqaruv kengashi tarkibi 56 nafar a’zodan iborat bo‘lib ular ichiga 28 ta hukumat vakili, 14 ta ish beruvchi va 14 nafar ishchi kiradi. Shuningdek, 28 ta davlat vakillari, 19 ta ish beruvchi va 19 ta ishchidan iborat 66 nafar o‘rinbosar mavjud.

XMTning boshqaruv kengashi a’zolarining 10 ta o‘rni doimiy asosda dunyoning yetakchi davlatlari – Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Fransiya va Yaponiya tomonidan band qilingan.

Kengashning qolgan a’zolari, boshqa davlatlar hukumatlari vakillari har 3 yilda rotatsiya asosida qayta saylanadi.

Konferensiyada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, gender tengligiga erishish va majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan islohotlari borasida ma’lumot berib o‘tildi.

Mazkur chora-tadbirlar XMT kun tartibiga to‘liq mos keladi va ijtimoiy adolat, iqtisodiy xavfsizlik hamda imkoniyatlar tengligiga intilishlarni aks ettiradi.

Shuningdek, vazir Behzod Musaev konferensiya doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Unda XMТning bosh direktori Jilber Fossum Ungboning joriy yil 8-11-iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish, Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini va bayonnomalarini ratifikatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, ipakchilik hamda xizmat ko‘rsatish (jamoat ovqatlanish) sohasida mehnat sharoitlarining mustaqil monitoringini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Konferensiyada Senatning gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM