Bandlik vazirligi
49.3K subscribers
12.4K photos
2.88K videos
31 files
7.18K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Oʻzbekiston boʻyicha regional direktori Shin Myung Seop bilan uchrashdi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda agentlik bilan hamkorlikda barpo etilgan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida (KOICA) ishsiz fuqarolarga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlanmoqda. Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayapti. Joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishiga start beriladi.

Uchrashuvda KOICA vakillari O‘zbekistondagi loyihalarning katta qismi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani, buni xalqaro tashkilotlar ham baholab o‘z hisobotlarida ko‘rsatib o‘tayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ta'kidlanganidek natijalar yuqori, oldinga qo‘yilgan maqsadlar esa undanda katta.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ayni daqiqalarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Toshkent shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Unda o‘tgan davr mobaynida hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta‘minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish va shu kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Bugungi kunda poytaxtimizda 585 ta mahalla mavjud boʻlib, ularda
559 nafar hokim yordamchisi faoliyat olib bormoqda. 26 tasi vakant. Hokim yordamchilarining 25 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tayotgan uchrashuvda hokim yordamchilarining muammo va takliflari tinglanyapti. Ularning yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kredit ajratish, aholi daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlari bilan tanishilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh hokim yordamchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida poytaxtimizda "Biznes va karyera" ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yuridik maqomidagi korxonalarda ishlovchi xodimlar orasida ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

Erkaklar – 3 090 042 nafar
Ayollar – 2 732 286 nafar

Erkaklar, yosh boʻyicha:

▪️16-17 yosh – 2 554 nafar;
▪️18-30 yosh – 803 780 nafar;
▪️31-60 yosh – 2 049 664 nafar;
▪️60 yoshdan yuqori – 234 044 nafar.

Ayollar, yosh boʻyicha:

▪️16-17 yosh – 1 987 nafar;
▪️18-30 yosh – 624 472 nafar;
▪️31-60 yosh – 2 054 280 nafar;
▪️60 yoshdan oshgan – 51 547 nafar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva Koreya bandlik va mehnat xizmati bosh kotibi Kim Dae-hvan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini isloh qilish, ikki davlat mehnat inspeksiyalari oʻrtasida mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturiga ham start berildi.

Dastur doirasida mamlakatimizda mehnat qonunchiligi va siyosatining xalqaro standartlarga muvofiqligini oʻrganish, davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati bilan tanishish, mehnat inspektorlari, mehnat muhofazasi mutaxassislari hamda ish beruvchilarni oʻqitish tizimini takomillashtirish, shuningdek soha xodimlarini ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.

Yakunda dasturni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuv bitimi imzolandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube