Bandlik vazirligi
49.3K subscribers
12.4K photos
2.88K videos
31 files
7.18K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#kelajak_kasblari

Hech qanday kasb turg‘un emas!

Yaqin 30 yilda bizni qanday yangi yo‘nalishlar kutmoqda?

TURIZM

Global iqtisodiyotning o‘sishi natijasida sayohat qiluvchilar soni yanada oshadi va turizm sohasi katta chaqiruvga duch keladi. Bunda odamlarning ehtiyojini qondirish, yana qaytib kelishini ta’minlash uchun ushbu sohada rejalashtirish, tashkil etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yondashuvini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.

▪️Alohida turlar rejissyori - muayyan shaxsning ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dam olish dasturlarini ishlab chiqadi. U butun tur davomida aloqada bo‘lib, mijozga virtual hamrohlik qiladi.

▪️Intellektual sayohat tizimlari mutaxassisi - chiptalarni xarid qilish, mehmonxonani band qilish va yo‘nalishlarni rejalashtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan xizmatlarni yaratadi.

▪️Nostalgist - Shizofreniya demensiyasi bilan og‘rigan sayohatchilarga o‘zlarini xavfsiz va baxtli his qilishlariga psixologik yordam beradi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreya. Oʻzbekona dasturxon atrofida vazir bilan samimiy gurung

Ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻlib turibdi.

Dam olish kunlari delegatsiya aʼzolari Koreyaning Incheon shahridagi “OCKDONG” metallni qayta ishlash zavodida boʻlib, ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan bir guruh hamyurtlarimiz bilan uchrashib ularning ish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Yurtdoshlarimiz bilan suhbat osh tortilgan oʻzbekona dasturxon atrofida davom etdi. Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy muloqotda vazir ular bilan dildan suhbat qurdi. Hamyurtlarimizni qaysi masalalar oʻylantiryapti, qanday muammolarga duch kelmoqda, mehnat, tibbiy, ijtimoiy huquqlarining taʼminlanishi, qanaqa takliflari bor? Barchasi oʻrtaga tashlandi, yechimlar taklif qilindi.

Muloqotda chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonliklarning har qanday masalasi eʼtiborsiz qolmasligi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham oʻz vatanidagi kabi himoyada boʻladi va hamisha qoʻllab-quvvatlanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Koreyada avtomobilsozlik yoʻnalishi boʻyicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kwak Yong Chol oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi.

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e'tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi.

Samimiy va do'stona ruhda o'tgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdan qaytib hokim yordamchisiga aylangan Umid Kenjayev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Seuldagi navbatdagi uchrashuvlar Koreya Respublikasi Qurilish uyushmasi rahbari hamda Koreya Xorijiy sanoat ishchilari milliy ittifoqi raisi bilan boʻlib oʻtdi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Muhammadiyev Faxriddin Jalolovich — Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

F. Muxammadiyev
Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Bank-moliya akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Ko’kdala tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Andijon viloyatidagi tumanlarda Xitoy tajribasi asosida 5 gektar yerda 10 sotixli bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

TAKLIF BERISH ⬅️

🗓 Yakunlanish sanasi: 17/05/2024

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Issiqxonadan "issiq" daromad

Gulchilikdan 1 mavsumda 200 mln so‘mgacha daromad topayotgan denovlik issiqxonachi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlab qaytgan hamyurtlarimizga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi

👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring!
(havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi)

Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi.

📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Navbatdagi uchrashuv Koreyaning til o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli instituti “Qirol Sejong” bilan

Xabar berib borayotganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular bugun “Qirol Sejong” instituti rahbari Li Hai Yong xonim bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda koreys tiliga qiziqish yildan-yilga oshib borayotgani va bu o‘z navbatida Koreyaga kelib ishlovchilar sonining ortishiga ham xizmat qilayotgani muloqotda e’tirof etildi.

Uchrashuvda:
▪️ O‘zbekistonda “Qirol Sejong” o‘quv markazi filiallarini har bir hududdagi monomarkazlar qoshida ochish;

▪️ Ushbu o‘quv kurslariga Koreyadan oliy toifali o‘qituvchilarni jalb qilish;

▪️ Mazkur o‘quv markazi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan bitiruvchilarga Koreyada ishlash huquqini beruvchi viza taqdim qilish;

▪️ O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish;

▪️ Monomarkazlarni EPS test imtihonlariga ixtisoslashgan o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalarida kelishib olindi.

“Qirol Sejong” instituti Koreyada vaqtincha ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga ish beruvchilar talabiga mos ravishda koreys tili, madaniyati va mehnat qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirishlariga katta imkoniyat beradi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Bandlik va mehnat vaziri bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.

Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi.

Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi.

Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube