Bandlik vazirligi
49K subscribers
12.5K photos
2.91K videos
31 files
7.25K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

👉 Lokatsiya

👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xalqimizni bayramlar ichida erkatoy, qalbga yaqin ayyom – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga mehnat faoliyatingizda yuksak cho‘qqilar, shaxsiy hayotingizda mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayzu baraka tilab qolamiz.

Har doim farzandlaringiz oydin kelajagi, baxtu saodatidan qalbingiz quvonch va shodlikka to‘lib yursin!

Sharqona yangi yil
Navro’z barchamizga qutlug’ bo’lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navruz

Navro‘z - shodu-xurramlik, askiya va laparlar aytiladigan, shoirlar borliqni she’rga soladigan ayyom.
Bayram barcha mehnat jamoalarida ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olindi. Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasida ham.

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Humo Arena" мажмуасида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Унда давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.

В комплексе "Humo Arena" с участием Президента Шавката Мирзиёева проходят торжества, посвященные Наврузу. На них глава нашего государства выступил с поздравительной речью.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tabrik

22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni!

Mahalla — asrlar osha milliy urf-odat va qadryatlarimizni bezavol asrab kelayotgan, xalqimiz turmush darajasi va madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat qiluvchi ezgulik va hamjihatlik maskanidir.

Mamlakatimizda nishonlanayotgan "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan soha xodimlarini muborakbod etamiz! Bandlikni ta’minlash, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish kabi mas’uliyatli faoliyatingizni olib borishda kuch-gʻayrat, mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga fayz-baraka tilaymiz!


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Bugungi kunda har bir hududining imkoniyatlari oʻrganilib, “oʻsish nuqtalari” aniqlanmoqda.
Toshkent viloyati aholisini doimiy daromadga ega bo'lishi va bandligini ta'minlash borasida yoʻnalishlar kesimida qanday ishlar amalga oshirilishi belgilandi?

Tafsilotlar bilan “Oʻzbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan maxsus koʻrsatuvda batafsil tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Dastlabki sinov muddati kimlarga belgilanmaydi?


Mehnat kodeksining 129-moddasiga muvofiq, dastlabki sinovdan o'tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo'lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

homilador ayol, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to'lmagan bolani yolg'iz o'zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

zaxiraga qo'yiladigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo'lgan shaxslar;

Batafsil https://lex.uz/docs/-6257288#-6260620

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM