Bandlik vazirligi
46.6K subscribers
12.7K photos
2.99K videos
33 files
7.42K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
📢📢📢📢📢

🇩🇪Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlar taklif etiladi:

1️⃣ payvandchi;
2️⃣ elektrik.

Nomzodlar uchun imkoniyatlar:

💳 oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangan keyin);
🛫 O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan.

Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:

📊18-40 yosh;
📊nemis tilidan Gyote, ECL, ÖsD yoki Telc dan olingan B1 sertifikat;
📊elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi;
📊sohada kamida bir yillik tajriba.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot olish

📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).

➡️➡️➡️➡️➡️

🇩🇪Гражданам, желающим работать в Германии, предлагается работа по следующим направлениям:

1️⃣сварщик;
2️⃣электрик.

Возможности для кандидатов:

💳месячная зарплата от 1800 евро (после вычета налогов);
🛫Расходы на авиабилет из Узбекистана в Германию и трансфер оплачивает работодатель.

Квалификационные и языковые требования к кандидатам:

📊18-40 лет;
📊сертификат по немецкому языку B1 от Гёте, ECL, ÖsD или Telc;
📊диплом колледжа, техникума или бакалавра в области электротехники или сварки;
📊опыт работы в сфере не менее года.

➡️ Регистрация

➡️ Получить инструкцию по прохождению регистрации

📞 Для справок: 71 202-33-55, 71 200-00-61 или короткий номер 1282.


Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🏗 Kasbiy ko'nikmalar markazida (Monomarkaz) ayollar kran boshqaruvi yoʻnalishida ham oʻqib hunar egallayapti. Ularning maqsadi yaxshi daromadli kasbni egallash.

▶️ BATAFSIL VIDEODA

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢

Хususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi!


“NUR migration services” xususiy bandlik agentligi MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun berilgan 2023-yil 24-maydagi 083594-sonli litsenziyasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 28-fevraldagi №01/00-01/16-1836-sonli Qaroriga asosan (vaqtincha) 10 kunga to'xtatildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌

Shunday insonlar bor, ularning mehnatsevarligiga hech qanday jismoniy nuqson to‘siq emas. Aksincha ularning ishtiyoqi boshqalarga motivatsiya beradi.

Qibraylik Asqarxo‘ja Abdujabborov ana shunday yoshlardan biri. Uning faolligiga guvoh bo‘lgan mas’ullar kasbiy ta’lim olishni tavsiya berishdi.

▶️ Voqeaning davomini videolavha orqali qahramonimizning o‘zidan eshiting.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka

📊Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deganda amaliyot o‘tayotgan shaxs tomonidan kasb malakasiga va ish tajribasiga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan hamda amaliyot o‘tayotgan shaxsni o‘quv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) o‘ringa qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid o‘quv jarayonining amaliy qismi tushuniladi.

📊Haq to‘lanadigan stajirovka stajirovka muayyan kasb, mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo‘yicha ishlash uchun zaruriy shart bo‘lgan hollarda bevosita ish joyida xodimni nazariy jihatdan tayyorlash natijasida egallangan kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni amaliyotda shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida kasbga tayyorlash bosqichidir.

📊Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki haq to‘lanadigan stajirovkani o‘tayotgan shaxs bilan muddatli mehnat shartnomasi amaliyotni yoki stajirovkani o‘tash muddatiga tuziladi. Bunda mehnat shartnomasida mehnat shartnomasining majburiy shartlari bilan bir qatorda, amaliyotga yoki stajirovkaga rahbarlik qiluvchi shaxs belgilanishi kerak.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

“Intizomiy jazosi bor xodimga 8-mart bayrami uchun mukofot bersa bo'ladimi?

Mehnat Kodeksining 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Ushbu kodeksning 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

MK 252-moddasi 3-qismida, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Demak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar hodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo’lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o’tamiz!

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolarni ishga joylashtirish bo'yicha yangicha tizim

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining muddati va shakli

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi muayyan ishni bajarish uchun talab etiladigan malakani olish uchun zarur bo‘lgan muddatga tuziladi.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi kamida ikki nusxada, yozma shaklda tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi va ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining har bir nusxasi o‘quvchining va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Ish beruvchining muhri mavjud bo‘lganda ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining bir nusxasi o‘quvchiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining nusxasi o‘quvchi tomonidan olinganligi o‘quvchining ish beruvchida saqlanadigan ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi nusxasidagi qo‘shimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘ZBЕKISTONDA ISHSIZLIK DARAJASI KAMAYDI

📈 Mamlakatimizda 2023-yil yakuniga ko'ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

2023-yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.

🧮 2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning mart oyida quyidagi sanalar dam olish kunlari sifatida belgilangan

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami
22-mart barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qat’i nazar)
23-mart 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni

➡️ 2024-yildagi ish kunlari kalendari

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 16 davlat orasidan hamkorlik uchun faqat O'zbekiston tanlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh mutaxassislari Seul shahrida Qirol Sejong institut fondi raisi Li Xe Yong va boshqa rasmiy vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


🇺🇿🇰🇷 Qirol Sejong institut fondi raisi Li Xe Yong xonim Koreyada rasmiy mehnat faoliyatini olib borish huquqiga ega bo‘lgan 16 ta davlat orasidan koreys tiliga o‘qitish borasida faqat O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatganligini e’tirof etib, kelgusida loyihani rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlarni taklif etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda qanday kelishuvlarga erishildi?

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ishni ta’lim bilan birga olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida tahsil olib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o‘zga kafolatlar beriladi.

Mehnat shartnomasi bo‘yicha ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga yillik mehnat ta’tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko‘ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to‘g‘rilab berishi shart.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tashkilotlarida, kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida (kurslarida) mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun, agar ular o‘z yillik mehnat ta’tillarini bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga moslashtirishmoqchi bo‘lsa, ularning xohishiga ko‘ra, yillik mehnat ta’tili mazkur ish beruvchidagi mehnat faoliyatining olti oyi tugaguniga qadar beriladi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kun mehnat bozorida eng talabgir bo'lgan kasblarga monomarkazlarda qisqa muddatda o'qish imkoni mavjud.

❗️Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlaridan yo'llanmangiz bo'lsa zamonaviy kasb-hunarlarni mutloq bepul o'rganasiz.

Batafsil "Zamon" lavhalarida

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
🇺🇿🇯🇵Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Yaponiya ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Yaponiyada qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmat ko‘rsatish va qariyalarni parvarishlash sohalariga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram