Bandlik vazirligi
43.6K subscribers
12.8K photos
3.08K videos
36 files
7.58K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Prezident joylarda soliq bazasini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni sanab o‘tdi.

Masalan, 14 ta tumanda o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 4 ming 150 ta bo‘sh bino va 850 gektar bo‘sh yer maydonlari aniqlandi.

Past quvvatda ishlayotgan 6 ming 650 ta korxonada qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 30 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish hisob-kitob qilindi.

Umuman, bir hafta ichida 14 ta tumandagi 766 ta mahallada 15 trillion so‘mlik 30 mingga yaqin kichik loyiha takliflari shakllantirildi. Ushbu loyihalarga kredit, soliq, infratuzilma masalalari hal qilib berilsa, 170 ming ish o‘rni yaratiladi, yiliga 12 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi, byudjetga qo‘shimcha 560 milliard so‘m tushum ta’minlanadi.

Jumladan, Bo‘ka tumanida past quvvatda ishlayotgan 440 ta korxona xomashyo, 26 milliard so‘m aylanma mablag‘ va mahsuloti uchun bozor topib berilsa, qo‘shimcha 2,5 ming aholini band qilish mumkin.

Aniqlangan loyihalar ishga tushsa, Bo‘kada byudjetga qo‘shimcha 30 milliard so‘m tushumni ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu – tumanda byudjetga yillik tushumlarni 1,5 karra ko‘paytirish, degani. Tumanda bandlik masalasi to‘liq hal bo‘lib, “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylanadi.

Eng muhimi, xorijdagi 5 mingdan ziyod migrasiyada yurgan yurtdoshlarimizning qaytishlari uchun muhit yaratiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Vazirlar va hokimlar bir narsani aniq tushunib olishi zarur. Kambag‘allikni qisqartirish bitta vazirlik yoki agentlikning ishi emas, aholiga faqatgina moddiy yordam yoki kredit berishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, hududlarda infratuzilma bo‘lishi, bu orqali ishlab chiqarish va xizmatlar rivojlanishi kerak, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida kambag‘allik darajasi yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik sohasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

“Biz mahalladagi ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, biznesini boshlashi uchun har yili o‘nlab trillion so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratayapmiz. Lekin, ularning samaradorligini baholaydigan tizim yo‘q”, - dedi Prezident.

Misol uchun, so‘nggi uch yilda 300 ming ishsiz aholi kasbga o‘qitilgan bo‘lsa-da, ularning atigi 45 foizi doimiy ish bilan ta’minlangan. Vaholanki, bu ishlarga qariyb 1 trillion so‘m byudjet mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Shuningdek, jami 17 ta monomarkazda IT, agrotexnologiyalar, dizayner, elektron tijorat, logistika, reklama ishi, marketing kabi yuqori daromadli zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish ulushi 5 foizga ham yetmaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ajratilayotgan subsidiyalar egalariga yetib bormayotgani bo‘yicha ham aholida e’tirozlar ko‘pligi ta’kidlandi.

Mahalla raislari va hokim yordamchilari bandlik, yoshlar va ayollar jamg‘armalari orqali berilayotgan subsidiyalar, oilaviy kreditlar hisobidan mehnat qurollari va tadbirkorlik uchun zarur mahsulotlarni xarid qilish tizimidan norozi.

Mablag‘lar aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmasdan, Mahallabay va Yoshlar agentliklari hamda
Markaziy bankning “market pleyslari” orqali “tenderlarda g‘olib bo‘lgan ta’minotchilar”ga o‘tkazib beriladi.
Ya’ni, aholida tanlov yo‘q, agentlik yoki bankning elektron platformalaridagi sotuvchilar nimani qancha narxda
taklif qilsa, aholi shuni olishga majbur.

Aholida tanlash imkoniyati yetmaganiday, taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlar bozordan 20-25 foiz qimmat.

Bosh prokuratura, Hisob palatasiga
imtiyozli mablag‘lar hisobidan aholiga mahsulot va xizmatlar taqdim qilayotgan “market pleyslar” faoliyati shaffofligini tekshirish topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida muammoli kreditlar ulushi 19 foizdan 16 foizga pasaygani, 6,5 mingdan ziyod mahallada muammoli qarzdorlik qolmagani ta’kidlandi.

Lekin, haligacha qariyb 3 trillion so‘mlik kreditlar qaytmagan.

Banklar kesimida eng ko‘p muammoli kreditlar Xalq banki, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ishlar ahvoli qoniqarsiz.

Bundan tashqari, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2,5 mingta holatda 68 milliard so‘m kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan.

Shu munosabat bilan:

– Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari Markaziy bank rahbarlarini, Xalq bankining Namangan va Surxondaryo, “Agrobank”ning Andijon va Farg‘ona hamda “Mikrokreditbank”ning Toshkent viloyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etish;

– muddati o‘tgan qarzdorlik yuqori 15 ta tuman va shahar banklari rahbarlarini to‘liq yangilash masalasini ko‘rib chiqish
tavsiya etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OILAVIY TADBIRKORLIK KREDITLARI MIQDORI HOZIRGI 33 MILLION SO‘MDAN 100 MILLION SO‘MGA OSHIRILADI

Davlatimiz rahbari aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni e’lon qildi.

Endilikda hokim yordamchilari o‘zini o‘zi band qilganlarning kichik va o‘rta biznesga o‘tishiga ko‘maklashadi.
Buning uchun Yaponiyaning Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti ekspertlari yordamida Yaponiya tajribasi asosida hududlarda biznes-inkubator va akseleratorlar tizimi joriy etiladi.

Bunda, salohiyatli tadbirkorlarga dastlabki aylanma mablag‘lari uchun “ulushdorlik” kapitali beriladi.
Bu mutlaqo yangi moliyaviy manba bo‘ladi.

Bu ishlarni moliyalashtirish uchun Tadbirkorlik jamg‘armasi faoliyati ham tubdan o‘zgaradi va unga tadbirkorlarga ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi.

Shuningdek, “mahalladagi yettilik” kafilligi bilan garovsiz beriladigan oilaviy tadbirkorlik kreditlari miqdori hozirgi 33 million so‘mdan 100 million so‘mga oshiriladi.

Ushbu mablag‘larning bir qismini naqd pul ko‘rinishida berishga ruxsat etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
400 MING ISHSIZ AHOLINING BANDLIGINI TA’MINLASH TOPSHIRILDI

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi asosida hozirgacha 4,5 ming nafar tadbirkor 65 trillion so‘mlik loyihani ishga tushirib, 400 ming aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashabbus bildirgan.

Ularga yaratilgan yangi sharoitlar hisobiga 1 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari berish hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari, dasturga kirmagan, lekin 40 tadan 50 tagacha ish o‘rni yaratish imkoniyatiga ega yana 2 mingta tadbirkor bor. Shuningdek, 14 ta tajriba tumanida ushbu dasturda qatnashib, 50 ming aholini ish bilan ta’minlash tashabbusini bildirgan qo‘shimcha 725 nafar tadbirkor ham aniqlandi.

Tegishli vazirlar va viloyat hokimlariga ushbu loyihani yurgizib, 400 ming ishsiz aholining bandligini ta’minlash topshirildi. Yil yakuniga qadar dastur bilan 10 ming nafar tadbirkorni qamrab olish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, tadbirkorni ro‘yxatga olish, loyihasini shakllantirish, biznes-reja ishlab chiqishga ko‘maklashish, moliyaviy va huquqiy maslahat berish kabi xizmatlar bir joyda ko‘rsatilishi kerakligi qayd etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
500 MING AHOLI KASANACHILIKKA JALB QILINADI

Bandlik kompleksi rahbarlariga viloyat hokimlari bilan birga 500 ming aholini kasanachilikka jalb qilish choralarini ko‘rish topshirildi.

“Kasanachilar maktabi” tashkil qilinishi, unda tadbirkor va kasanachilarga bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatilib, o‘qitish va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Yil yakuniga qadar 200 ming aholi ro‘yxatini mahallabay tasdiqlab, yuqori daromadli kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishga topshiriq berildi.

Bunda muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish, interyer dizayneri, IT, elektron savdo, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish kabi yuqori daromadli kasblarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Umuman, yig‘ilishda belgilab berilgan ishlarning tashkil etilishi orqali yil yakunigacha:

– kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish;

2 million aholi bandligini ta’minlash;

55 ming nafar o‘zini o‘zi band qilganlarni kichik biznes subyektiga aylantirish;

– 5 mingta kichik korxona o‘rta tadbirkorlar toifasiga qo‘shilishi mumkinligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi poytaxtimizdagi «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi

"Axborot 24" da batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Qashqadaryo

Yurt obodligi – el shodligi

✔️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qamashi tumanining Mang‘it mahallasida bo‘lib, "Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mang‘it maydoni jihatdan tumandagi yirik mahallalardan biri hisoblanadi. Mahallada 1514 ta oila, 1122 ta xonadon va jami 6193 nafar aholi istiqomat qilmoqda.
Ishchi guruh vakillari Mang‘itni namunali mahallaga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berishdi.
Endilikda yo‘l ta’miri, elektr, gaz va ichimlik suv ta’minoti, ijtimoiy obyektlar, aholi xonadonlari, mahalla hududida joylashgan "Markaziy o‘yingoh" obodonlashtirilmoqda.
✔️Shuningdek, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Qamashi tumani "Mang‘it" mahallasida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 120 ta tashkilot va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud 385 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 200 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan mazkur yarmarkada 30 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 12 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi. 21 nafar fuqarolarga esa doimiy ishlarga yo‘llanmalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_bandligi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib Vazirlik va uning quyi tuzulmalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar har tomonlama qo'llab quvvatlanmoqda.

“Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish maqsadida subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashina va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlanmoqda.

📍Joylarda amalga oshirilayotgan ushbu xayrli tadbirlarning ayrimlari bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

Andijon viloyati;
Namangan viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Toshkent shahri;
Toshkent viloyati;
Samarqand viloyati;
Jizzax viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Xorazm viloyati;
Buxoro viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hisobot

📉Joriy yilning dastlabki 6 oyida Ishsizlikni kamaytirish va aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida 74 ming 700 nafar ishsizlar, shundan 32 ming 200 yoshlar, 60 ming 200 xotin-qizlar, kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi.

📝 Batafsil https://api-portal.gov.uz/uploads/fca1472e-9091-3e0a-12e7-01cab666da24_media_.pdf

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

✔️Buxoroning olis hududlaridagi ichki yo’llar ham asfalt qilinmoqda.

✔️Gʻijduvonlik zardo‘z ayol 40 nafar ayolni ish bilan ta’minladi.

✔️Koinotgacha yetib borgan Xatirchi uzumlari haqida batafsil.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM