Bandlik vazirligi
49.6K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_uchrashuv

🇺🇿🇩🇪GERMANIYANING KASBGA O‘QITISH TIZIMI O‘ZBEKISTONDA JORIY QILINADI


📒Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning Tyuringiya federal yeri Iqtisodiyot, ilm-fan, raqamli texnologiyalar vaziri Volfgang Tifenzee bilan uchrashdi.

🤝Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi, bandlik, kasb-hunarga o'rgatish kabi yo'nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

✍️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Erfurt kasbiy ta’lim markazi o‘rtasida kelishuv imzolandi.

📚O'zbekistonlik kasb-hunar o‘rganuvchilar 4 ta yo‘nalish (asbobsoz chilangar, texnik-mexatronik, bino va inshootlarning texnik holatini sozlovchisi, tiklanadigan energiya uskunalarini sozlovchi texnik) bo‘yicha Yevropa standartlari asosida o‘qitiladi.

🏢"Ishga marhamat" monomarkazlarida nemis tilini o'qitish kurslari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTubeTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish

🔘Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

🔴Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma o‘z xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqli.

🔘Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.

🟣Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensasiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

Toshkentda Ikkinchi Inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi!

27-aprel kuni Toshkent shahri "Panarams" mehmonxonasida gibrid formatdagi Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv mehnat masalalariga befarq bo‘lmagan mahalliy biznes va ijtimoiy soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari taklif etiladi.

📌 Batafsil ushbu havolada tanishing: https://ishplus.uz/news/v-taskente-proidet-vtoroi-inklyuzivnyi-biznes-forum-25

‼️ Ishtirok etish bepul — offlayn ishtirok uchun joylar soni cheklangan bo‘lib oldindan forum.ishplus.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya etamiz.

Tadbirning boshlanish vaqti: 9:30

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumani obodonlashtirish xodimlari ish vaqtidan so'ng majburan ishga jalb etilayotganligi to'g'risida xabar tarqalgan.

✔️Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.

Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🧑‍💻Mahallangizdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini va mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabni hokim yordamchilari aniqlaydi. Agar siz “temir daftar”, “ayollar daftari” yoki “yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsangiz birinchilar qatorida ishli bo‘lishingiz mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🤷‍♂️Sizni hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki boshqa turdagi oilaviy faoliyat turi qiziqtirmoqda. Ammo, bu faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘ingiz yo‘q. Ayni mana shu jarayonda hokim yordamchilari sizga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🏭🤔Tadbirkorlik qilish uchun yashash hududingizdan uzoq bo‘lmagan joy qidirib topdingiz. Ammo mahallangizdagi ushbu mavjud bo‘sh bino yoki yer maydoni davlat reyestridan chiqarilmagan. Ushbu joyni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektingizga aylantirishda hokim yordamchilari sizga asqotadi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪Oʻzbekistonda Germaniya standartlari asosida oʻquv kurslari tashkil etiladi

👩‍💻Kecha xabar berganimizdek, Germaniyaning Erfurt kasbiy taʼlim markazi direktori Frank Belkner boshchiligidagi ishchi guruh bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markaziga tashrif buyurdi.

📚Germaniyalik mutaxassislar kasb-hunarga oʻqitish markazining faoliyati va undagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📝 “Oʻzbekiston-Germaniya kasbga oʻqitish markazi”ni tashkil etishga oid kelishuv yuzasidan muzokaralar olib borildi.

✔️Oʻzbekistonlik kasb-hunar oʻrganuvchilar kelgusida 4 ta yoʻnalish (asbobsoz chilangar, texnik-mexatronik, bino va inshootlarning texnik holatini sozlovchisi, tiklanadigan energiya uskunalarini sozlovchi texnik) boʻyicha Yevropa standartlari asosida oʻqitiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🫥Yaqindagina maktabni tamomladingiz doimiy daromad topishni istaysiz. Ammo o‘z qiziqishingiz bo‘yicha ko‘nikma yoki malakangiz yo‘q. Mana shu joyda hokim yordamchisining sizga nafi tegadi. Ya’ni u sizni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltira oladi. Buning yaxshi tomoni shundaki siz ushbu o‘qishni tamomlaganingizdan so‘ng u sizni bandligingizni ta’minlashga yordam beradi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🌱Fermer, dehqon yoki tomorqa yer egasisiz. Ammo, dehqonchilik yoki bog‘dorchilik qilish uchun mablag‘ingiz yetarli emas. Mazkur holatda hokim yordamchilari joningizga oro kirishi, sizga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan subsidiya olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🫥Qo‘li gul hunarmandsiz, shogird yetishtirmoqchisiz. Ammo, xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashiga qiynalayapsizmi? Mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling! U sizga “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatish uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga
ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🌀Ham tadbirkorlik qilmoqchisiz, ham xayr-savobli ishga bosh qo‘shmoqchisiz. Ammo, ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun yaxshigina mablag‘ sarf qilinishi sabab biroz ikkilanib turibsizmi? Buning yo‘li oson, hududingizdagi hokim yordamchisi har bir moslashtirgan ish joyingiz uchun sizga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha subsidiya ajratilishiga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🫥 Uy bekasisiz. Uydan chiqmagan holda gilam yoki ipak mato to‘qimoqchisiz. Biroq, buning uchun qayerdan va qaysi pulga to‘qish uskunalini xarid qilishni bilmayapsiz. Hokim yordamchisining ko‘magi bilan qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish uskunalari xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiya olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e’tibor
🟢Live

👨‍💼Bugun Toshkent shahrida gibrid formatdagi "Ikkinchi Inklyuziv biznes-forum" o'z ishini boshladi.
Tadbir "Maxsus rekruting veb portali orqali nogironligi bo'lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlash" (ISHPLUS) loyihasi doirasida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Sharoit Plus" nogironlar jamoat birlashmasi hamkorligida o’tkazilmoqda.

🫥Ma’lumot uchun: Forum yurtimizda inklyuziv ish bilan ta’minlashning muvaffaqiyatli holatlarini taqdim etish orqali ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan arizachilarga nisbatan qarashlarini o‘zgartirish, inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiyalar va imtiyozlar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirish va mahalliy media platformalari orqali aholining inklyuziv bandlik haqidagi ko’nikmalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM