Bandlik vazirligi
47.7K subscribers
12.4K photos
2.87K videos
31 files
7.15K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
JANUBIY KOREYAGA ISHGA QANDAY KETISH MUMKIN?

💬Bugun soat 16:00 da xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Janubiy Koreyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining quyidagi kanallari orqali jonli kuzatish mumkin:

Тelegram 💬
Facebook 🌐
Youtube 📹

Ushbu mavzu yuzasidan savollarni quyidagi manzilga jo‘natishingiz mumkin: @migratsiya_savol

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Ijtimoiy tarmoqlarda munozaralarga sabab bo'lgan "Huquqi kafolatlanmagan kuryerlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasida qanday bo‘shliqlar qolmoqda" sarlavhali xabar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o’rganish o'tkazdi.

BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📃Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon

📝Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:

📝xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;

📝xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;

📝xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;

📝xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.

🗓Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi lozim.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlirida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasi Batafsil ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e'tibor
#Hududlardan_xabarlar_Jizzax

📝Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari uchun “Karyera kuni – 2023 mehnat yarmarkasi” bo'lib o'tdi.

📉Unda yoshlar uchun ochiq muloqot shaklida viloyatdagi xalq ta’limi sohasida 90 ta, sanoat sohasida 78 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 29 ta va boshqa sohalar bilan birgalikda jami 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

📚Eslatib o'tamiz, ushbu markaz yoshlarga kasb tanlash va yo'naltirish, o‘zgartirish yoki tark etish, shuningdek, ularning malakasi, ehtiyoj hamda istaklarini baholash, o'zlariga mos kasbni topishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Namangan viloyatining Davlatobod tumani “Tadbirkor” mahallasida “Yashil hudud” loyihasi amalga oshirilmoqda.

🌱Loyiha doirasida 200 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chati, gul va rayhonlar ekilib, mahalla hududi obodonlashtirildi.
Ko‘chalarga zamonaviy yoritgich chiroqlari o‘rnatildi.

🏬 Ayniqsa, mahalladagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismidagi Street-art rasmlarida Ona tabiatni asrab-avaylashga chorlovning o‘ziga xos aks ettirilgani mahalla ahliga, ayniqsa, yosh avlodga o‘zgacha ruh va kayfiyat baxsh etmoqda.


Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🖼Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi

📌Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi turli toifadagi xodimlarning ish haqini differensiyalashning tarifli tizimiga asoslangan mehnatga haq to‘lash tizimidir.

📌Tarifli tizim tarif setkasini, tarif stavkalarini (maoshlarni), tarif razryadlarini, tarif koeffisiyentlarini o‘z ichiga oladi.

📌Tarif setkasi ishning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga doir talablarga qarab tarif koeffisiyentlari yordamida belgilangan ishlar (kasblar, lavozimlar) tarif razryadlarining majmuidir.

📌Tarif razryadi ishlarning murakkabligini va xodimning malaka darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

📌Tarif stavkasi (maosh) kompensasiyaga oid, rag‘batlantiruvchi va ijtimoiy to‘lovlar hisobga olinmagan holda vaqt birligi uchun muayyan murakkablikdagi (malakadagi) mehnat normasi (mehnat majburiyatlari) bajarilganligi uchun xodimning mehnatiga haq to‘lashning qat’iy belgilangan miqdoridir.

📌Tarif koeffisiyenti keyingi razryadlar tarif stavkasining birinchi razryad tarif stavkasiga nisbatan karrali ko‘paytirilishini aks ettiradigan, xodimlar malaka darajasining razryadlar bo‘yicha nisbatidir.

📌Malaka razryadi xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

📌Ishlarni tarifikasiyalash mehnat turlarini ishlarning murakkabligiga qarab tarif razryadlariga yoki malaka toifalariga kiritishdir.

📌Bajariladigan ishlarning murakkabligi ularni tarifikasiyalash asosida aniqlanadi.

📌Ishlarni tarifikasiyalash va xodimlarga tarif razryadlari berish kasbga oid standartlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

VAZIRLIK RAHBAR KADRLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlari uchun “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida maxsus seminar-trening boshlandi.

Unda vazirlik markaziy apparati departament va boshqarmalar boshliqlari, hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davomida o‘tadigan mazkur seminarda ishtirokchilar davlat boshqaruvi hamda sohaga doir qo'shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_uchashuv

✉️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Albert Yonson bilan uchrashdi.

📎 Unda "Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi" yuzasidan referendumni tartibli va qamrovli o‘tkazish borasida mahalla organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

📎 Albert Yonson, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, kutilayotgan referendum o‘zbek xalqi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

📎 Uchrashuv yakunida, o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e’tibor

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan "Artel" kompaniyasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

🫥 Tadbirda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi, probatsiya hisobida bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratildi.

Talabgorlar shu yerning o‘zida ish beruvchi tomonidan taklif qilinayotgan oylik maosh, imtiyozlar va mehnat shartlari bilan tanishdilar.

📝Yarmarkaga kelganlar tomonidan so‘rovnomalar to‘ldirilib, ishga kirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari 👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatchisi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlari uchun “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi ikki kunlik maxsus seminar-trening yakunlandi.

Unda vazirlik markaziy apparati departament va boshqarmalar boshliqlari, hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar-kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun zamonaviy rahbar qiyofasi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda boshqaruvchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar tashkil etildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📌Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar

🟢Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.

🔴Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM