Bandlik vazirligi
48.5K subscribers
12.6K photos
2.92K videos
32 files
7.28K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#bilasizmi?

🌱Fermer, dehqon yoki tomorqa yer egasisiz. Ammo, dehqonchilik yoki bog‘dorchilik qilish uchun mablag‘ingiz yetarli emas. Mazkur holatda hokim yordamchilari joningizga oro kirishi, sizga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan subsidiya olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🫥Qo‘li gul hunarmandsiz, shogird yetishtirmoqchisiz. Ammo, xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashiga qiynalayapsizmi? Mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling! U sizga “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatish uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga
ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🌀Ham tadbirkorlik qilmoqchisiz, ham xayr-savobli ishga bosh qo‘shmoqchisiz. Ammo, ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun yaxshigina mablag‘ sarf qilinishi sabab biroz ikkilanib turibsizmi? Buning yo‘li oson, hududingizdagi hokim yordamchisi har bir moslashtirgan ish joyingiz uchun sizga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha subsidiya ajratilishiga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🫥 Uy bekasisiz. Uydan chiqmagan holda gilam yoki ipak mato to‘qimoqchisiz. Biroq, buning uchun qayerdan va qaysi pulga to‘qish uskunalini xarid qilishni bilmayapsiz. Hokim yordamchisining ko‘magi bilan qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish uskunalari xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiya olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

Kam ta’minlangan oilaning qizi yoki ayolisiz.
Kasbga qayta o‘qishga mablag‘ingiz yo‘q, mahallangizdagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan grant asosida kasbga qayta o‘qishningiz mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

🌀Sizga sug‘orish vositalarini xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish, qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish va “Qorako‘lchilik” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar olishda aynan hokim yordamchilarining ko‘magi kerak bo‘ladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

🧮 Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan, xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi 2023-yil 17-martdan hozirgi kunga qadar 14 foiz bo‘lib, ya’ni ish haqi kechiktirilgan kun uchun pullik kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.

❗️Masalan, xodimning ish haqi, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar jami miqdori 5 mln. so‘m.
5 mln. so‘mni 1,4 foizi 70 ming so‘m bo‘ladi.
Ish beruvchi 10 kunga ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini kechiktirsa, ushbu kechiktirilgan 10 kun uchun 700 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lashi shart bo‘ladi.


Kanalga
ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Tadbirkorlik qilmoqchisiz va nogironligi bo'lgan shaxslarga ish o‘rinlari yaratmoqchimisiz? Ammo, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish uchun mablag'ingiz yetarli emas... Bunday vaziyatda kimga murojaat qilish kerak?
Anonymous Quiz
5%
Mahallangizdagi profilaktika inspektoriga
9%
Monomarkazlarga
84%
Mahallangizdagi hokim yordamchisiga
3%
Xalq bankiga