Bandlik vazirligi
47.2K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.15K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy
#Mehnat_yarmarkasi


➡️ Xatirchi tumanidagi yoshlarni bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok etdi.
Tadbirda 37 ta korxona va muassasalar o'zlarining 325 ta bo'sh ish o'rni bilan qatnashdi.

➡️ Yarmarkada- 302 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi.

201 nafar yoshlar tumandagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi;

70 nafar fuqaro haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;

12 nafar yoshlar kasb-hunar o'rganishga yo'naltirildi;

15 nafar fuqaroga potronaj jihozlari berildi;

4 nafar fuqaroga bank krediti ajratildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy
#Mahallabay_ishlash_tizimi


YUNISEF LOYIHASI

Aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar koʻlamini yaxshilash, oilalardagi muammolarini oʻz vaqtida aniqlab hal etish, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faolligini yanada oshirish maqsadida Xatirchi  tumani xotin-qizlar faollariga texnik vositalar topshirildi. Mazkur tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok  etdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Elimiz dasturxoniga mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka ulashuvchi, fasllar injiqligiga qaramasdan dalalardagi hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olib mamlakatning agrar yo‘nalishiga o‘zining beminnat xissasini qo‘shayotgan bobodehqonlarimiz bugun katta bayramni nishonlamoqdalar.
Yilning 12 oyida ham mehnatga shay turgan qishloq xo‘jaligi fidoyilarini e’tirof etganda shuni ta’kidlashim lozim-ki, ular ishsiz fuqarolarni band qilishda xam bizga yaqin ko‘makdoshdir.
Hamisha belingizdan quvvat, ko‘zingizdan nur ketmasin!

Cheksiz hurmat ila Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoasi nomidan

Vazir Nozim Xusanov

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Gazeta.uz_biz_ haqimizda

Nozim Xusanov- "Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi"

➡️BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko‘p davomiyligi

Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda – bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak. Ish beruvchi xodimning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi aniq hisobga olinishini taʼminlashi shart.

➡️BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Press-tur_Sirdaryo

Farhod Qarshiboev - "Monomarkazimizda ishsiz fuqarolarga “Oshpazlik”, “Qandolatchilik”, “Kosmetolog”, "Erkaklar sartaroshi", “Uqalovchi”, "Neyl-stilist" yo‘nalishlardagi kasblar o‘rgatiladi."

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SevimliTV_biz_haqimizda
#Press_tur_Sirdaryo

G'ulomjon Gaipov - "Mehr vodiysi unitar korxonasida 19 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar faoliyat olib borishmoqda. Ular 14 xildagi sport anjomlarini ishlab chiqarishadi."


Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Dam olish vaqti tushunchasi va turlari

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

📍Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
Har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish;
Dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
Ishlanmaydigan bayram kunlari;
Har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari;

Xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan
bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.

➡️BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida Bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulrux Niyazmetova va yana 10 nafar inspektorlar Sankt-Peterburg shahrida bo'lib turishibti. Unda murojaatlarni ko'rib chiqish, mehnat munosabatlari sohasida nazoratni olib borish, ijtimoiy hamkorlik va boshqa bir qator muhim masalalar bo‘yicha amaliyot o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube