Bandlik vazirligi
43.6K subscribers
12.8K photos
3.08K videos
36 files
7.58K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇩🇪

Bugun vazir Nozim Xusanov O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishi doirasida bir qator germaniyalik tadbirkorlar bilan Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida muzokaralar o'tkazdi.

Unda O‘zbekistondagi ishsiz fuqarolarni nemis tili va turli kasblarga o‘qitish, Germaniyada dual ta'lim yo'nalishida bir vaqtning o'zida o'qib hamda ishlash uchun yuborish, shuningdek O'zbekistonda xususiy sheriklik asosida kollej ochish, nemis mutaxasislarni olib kelish hamda xalqaro sertifikat beradigan malakani baholash markazlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Shundan so‘ng Germaniyalik mehmonlar monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Mehnat kodeksining 291-moddasi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qatʼiy nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Bugun_vazirlikda

Vazir Nozim Xusanov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim va Koreyalik professorlar Cho Xyun Chan, Yun Kvan Shik hamda Cho Djong Yun bilan uchrashdi. Unda Koreya tajribasiga asosan kasbiy malakani baholash, ish o‘rinlarini sertifikatsiyalash, kasbiy standartlar va kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot jarayonida O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan milliy malaka tizimini rivojlantirish borasida tizim mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, O‘zbekistonga kasbiy malakani baholash, ish o‘rinlarini sertifikatsiyalash, kasbiy standartlar va kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha Koreya modelidagi ijobiy tajribani bosqichma-bosqich joriy etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sevimli_biz_haqimizda

Vazir Nozim Xusanov O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishi doirasida bir qator germaniyalik tadbirkorlar bilan Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida muzokaralar o'tkazdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarining vakolatli organlari vakillari ishtirokida "MDH ishtirokchi-davlatlarining umumiy mehnat bozorini bosqichma - bosqich shakllantirish va mehnat migratsiyasini tartibga solish konsepsiyasini yangilash bo‘yicha Ishchi guruhi"ning navbatdagi yig‘ilishi Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida bo'lib o'tdi.

Unda ishtirokchilar MDHning migratsiya sohasidagi shartrroma-huquqiy bazasini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek,
fuqarolami tashkiliy asosda jalb qilish va mehnat faoliyatini amalga oshirish masalalarini tartibga soluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnomalami tuzishdagi usullarini yangilash masalalar muhokama qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Munosib_mehnat_sharoiti_Samarqand

🦺🧽Davlat mehnat ispeksiyasi vakillari Samarqand viloyatida "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish – ish beruvchilarning burchi" mavzusidagi seminar doirasida "Enter Engineering Pte Ltd" korxonasida bo‘lishdi. Bu erda ishchi xodimlarga munosib ish haqqi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablariga javob beradigan ish joylari, maxsus kiyim-bosh, poyabzal, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, sanitariya-gigiyena talablariga mos ovqatlanish, yuvinish, yechinib kiyinish va boshqa mayishiy xonalar bilan taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.

❗️Ayni payti Samarqand shahridagi qurilish tashkilotlari uchun "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish – ish beruvchilarning burchi" mavzusida seminar boshlanish arafasida. Unda vazir Nozim Xusanov va Davlat mehnat ispeksiyasi boshlig'i Qudratilla Odinaev ishtirok etadi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube