4.77K subscribers
1.24K photos
91 videos
33 files
1.76K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Oq betmobil 😁
😁26
image_2026-06-30_00-30-04.png
169.3 KB
AI bilan ishlashda Test Driven Development muhim (o'zi oldindan muhim bo'lgan). Shu bilan birga testlarning sifati, ularning optimal ishlashi ham mumkin.

Noto'g'ri yozilgan, to'g'ri tizimlanmagan testlar sifat va vaqtga ta'sir qiladi. Ora-orada AI yozgan testlari samaradorligini tekshirtirib turgan yaxshi.
👍4
MJ
image_2026-06-30_00-30-04.png
Foydaning namunasi
Boshida ChatGPTning o'zini webda ishlatdim. Oz-moz. Har xil mavzularda, strategiya, loyihalash, brainstorming uchun.

Keyin AppSheetda tuziladigan loyihalarimga maslahat olish uchun. Davomidan AppSheetdagi loyihalarni Apps Script yordamida pishitish, yaxshilash uchun:
- so'rov yozaman
- kelgan kodni web editorga joylayman
- ishlamay qolganda butun loyiha kodlarini qayta joylab, yana "ruchnoy" yangilayman
- orada Apps Script "kalla qo'yadi" - joylangan kodlarni negadir boshqa fayllarga ustma-ust saqlaydi

Keyingi bosqichda clasp yordamida huddi GitHub bilan ishlagandek Apps Scriptdagi loyihalarni kompda yozishga o'tdim. Osonroq bo'ldi. AppSheet noqulayligi yaqqol ko'rina boshladi.

"Qani ko'raychi" deb risk olib (o'sha paytda risk deb bilgandim) $100 lik Claude obunasi bilan loyiha tuzishni boshladim. Ozgina fast-forward va:

Oldingi hafta $200 lik Claude haftalik limitini muddatidan ~1 kun oldin tugatdim. Qarasam, mavjud loyihalarim bilan bu limit yetmaydi. Kecha 2-profil ochib $100 lik tarifni yoqdim. Bugun sal kamroq ishga ulgurganning o'zida openusage 20x tarifdagi haftalik limitni 3 kuncha oldin tugatishim mumkinligini ko'rsatyapti.

Marketing va sotuv, kelishuvlarni o'rganish kerak. Yaxshi pulga manfaatli loyiha qilib berib loyihalar olinsa, xarajatini bemalol qoplay oladi, Xudo xohlasa.
👍10
MJ
Boshida ChatGPTning o'zini webda ishlatdim. Oz-moz. Har xil mavzularda, strategiya, loyihalash, brainstorming uchun. Keyin AppSheetda tuziladigan loyihalarimga maslahat olish uchun. Davomidan AppSheetdagi loyihalarni Apps Script yordamida pishitish, yaxshilash…
Kech bo'lganda ozgina random fikrlar.

Bir muhim masala: AI bilan ishlashni boshlaganda bir nechta loyihaga parallel kirishmang. Bittasini boshidan oxirigacha "chetkiy" qilib tugating. Tugagan loyihaning tezligi ustida ishlang. Tepadagi postlarda aytilgandek testlar ishlashini yaxshilang.

Bitta loyihada pishgan tajribangiz keyingi loyihada ishni ancha osonlashtiradi, tezlashtiradi.

Matt Pocock skillarini o'rganing. Muhim. Qiyin narsa emas.
👍201
Claudening matvatsa berib qo'yishiga nechchi?
👍17👏4🤣4
Fable 5 dan ko'ra haftalik limit muddatidan avval yangilanganiga ko'proq xursand bo'lyapman.
😁31😢3🤪2
Hamma vahima qilib shov shu qilayotgan Fable haqida va undan qanday ishlar qilishda foydalanish kerakligi haqida qisqacha:

Fable'ni o'zini ishchi qilib qo'ymang. U — boshliq(orkestrator), qolganlar — ishchilar. Shunda Fable'ni ham tejaysiz, natija ham zo'r chiqadi.

Rollarni bunday taqsimlaymiz:
Fable 5 (max reasoning) — orkestrator, ya'ni boshliq. Rejalashtiradi, bo'laklarga bo'ladi, yig'ib xulosa qiladi.
Opus — chuqur tahlil uchun sabagent. Miya ishlatadigan joylarga.
Sonnet — mexanik ishchi. Shablon, test, formatlash — "qara-yu qil" turidagi ishlarga.

Ya'ni bitta terminalda o'zingizga kichkina jamoa yig'ib olasiz)

Sozlash:
1️⃣ Asosiy modelni Fable qiling. Claude Code'da:
/model → Fable 5 → reasoning/effort max

2️⃣ /agents orqali 2 ta sabagent yarating:
deep-reasonerOpus'ga biriktiring:
Use for reasoning-heavy phases, architecture, debugging complex issues, algorithm design. Think thoroughly, return a concise conclusion the orchestrator can act on.


fast-worker → Sonnet'ga biriktiring:
Use for mechanical tasks, boilerplate, tests, formatting, simple edits. Execute efficiently.

3️⃣ Papkangizdagi CLAUDE.md ga shuni yozib qo'ying:
## Orchestration workflow

You (Fable) are the orchestrator. Plan, decompose, synthesize.

Reasoning-heavy phases → deep-reasoner
Mechanical work → fast-worker

For high-stakes decisions, task deep-reasoner on the hard part,
then synthesize. Keep your own context lean.


4️⃣ Endi Fable'ga vazifani xuddi texlid kabi bering:
Maqsad: [nima qilish kerak]
Kontekst: [fayllar, cheklovlar]

Sen — texnik lidersan. Chuqur tahlil kerak bo'lgan ishni deep-reasoner'ga,
rutina ishni fast-worker'ga topshir.

Avval menga rejani ko'rsat, keyin ishga tush.
🔥95👍41
Forwarded from Saud Abdulwahed
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁 1 TONNA KITOB SOVG'A QILAMIZ

📚 500 kg — quyidagi sahifalarimiz obunachilari uchun:

@saudabdulwahed
@haad_uz

📚 500 kg — IT va dasturlash sohasidagi siz sevgan 10 nafar bloger orqali:

@Sardoroga_blog
@Mukhammadkarim_tukhtaboev
@Mabrur_dev
@JR_TwitGram
@DrAlgorithm
@JavaHereBlogs
@UmarSadullayev
@mayoquz
@khumoyun_codes
@dasturchi_pf


G'oliblar tasodifiy tanlanadi.

🏆 Natijalar esa 10-iyul kuni e'lon qilinadi
33🔥2
Dasturlashni o'rganish haqida maslahat so'ralsa, nima deyishni bilmay qoldim. Rosti. Miya "zamikaniya" beryapti.

Sun'iy intellekt qila olayotgan ishlarni ko'rib turib hayronman.
😁33👍13👏2
Forwarded from Ikboljon Sobirov
Oldin sabzini bemalol pichoq bilan archardim. Keyin yillar davomida archqich ishlatib o‘rganib qolibman.

Kechagi kuni yana pichoq bilan urinib ko‘rdim. Sabzi o‘sha-o‘sha, pichoq ham o‘sha. Lekin tozalashga qiynaldim.

Pichoqni ishlatishni unutmaganman.

Shunchaki qo‘lim endi boshqa narsaga o‘rganib qolgan.

Zarurat tug‘ilsa, bemalol qayta o‘rganaman.

Lekin zarurat tug‘iladimi?
👍21🔥821