4.1K subscribers
1.18K photos
86 videos
30 files
1.73K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
😎 "Zalatoy" nomerda ko'rib qolibmanmi?
🔥41👍13🎉7
Forwarded from Davra
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Devanswers

😁 Dasturdan BUG chiqsa...

©️ Muhammadjavohir Suratov

Davra podcast youtube kanali

@davrapodcast
🔥222👍1
Bolalarga maktab yoshidan manipulyatsiyaga aldanmaslik, hayotda qanday aldovlar bo'lishi, bahslashishda asabni saqlash, doim aniq shartlar asosida ishlash, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lish, faktcheking va shu kabi narsalarni o'rgatilmasa, arzon "tryuk"larga aldanib qolishadi. Kattalar ham.

Umid aka Eshmuhammedovning suhbatlaridan eshitgandim adashmasam: biron taklif berilganda joyida javobni aytmang. "Yostiq bilan maslahatlashing". Taklifning ma'nosi, yuki miyada cho'kib, to'liq tasavvur qilina olsin.
👍23
Biron ishchi olyapsizmi? Unga aniq vazifalari ro'yxati va nima kutishingiz ro'yxatini bering. Detallari bilan. Darhol javobni so'ramang. "Roziman" deb joyida aytishsa ham.

Menda shularga amal qilmaslikni ko'rsangiz, eslating.
👍36🔥1
Forwarded from Nodizayn
Oʻzbek tilidagi kurslar orqali dizaynni oʻganish yoki men dizaynni qaysi kursda oʻrganganim yoki qaysi kursni tavsiya qilishim haqida savollar olyabman.

Javob quyidagicha:

Men oʻzbek tilidagi kursda oʻqimaganim uchun, ularni tavsiya qila olmayman. Oʻzi mutaxassis boʻlmasdan turib, pul ishlash uchun biznes oʻrgatish bahonasida daromad topayotgan trenerlar koʻpaymoqda. Bu holat dizayn sohasida ham uchramoqda. Yaʼni, oʻzi kuchli dizayner boʻlmasdan turib, instrumentni oʻrgatadigan kursni, dizayn kurs deb sotishmoqda.

Dizayn boʻyicha kurs sotib olishdan oldin quyidagi narsalarga eʻtibor berishni tavsiya qilaman:

1. Kurs nimani oʻrgatadi?
Kurs sizga instrumentni oʻrgatsa, buni oʻzingiz ham eplay olasiz, internetda videodarslar keragidan ortiq topiladi. Lekin dizayn bu instrument emas, Figma, Photoshop yoki Sketch dasturlarida dunyoda hech kim chiza olmagan interfeysni chizsangiz ham siz yaxshi dizayner boʻla olmaysiz, yaxshi koʻrinishga ega interfeys chizadigan boʻla olasiz. Instrumentni oʻrgatayotgan kursdan qoching. Bu kabi kurslarni dizayn kurs, deb sotishning yana bir xavfli tomoni, kursda oʻqigan odam, dizayn sohasini oʻrganyabman deb oʻylaydi va kursni tamomlagach, yaxshi pul topish yoki yaxshi ishga joylashishga umid qiladi. Lekin bu sarob boʻlib chiqadi, chunki interfeys chizadigan instrumentda ishlash dizaynning bir bosqichi va bu bosqichga yetib kelguncha, bir qancha muhim dizayn jarayonlarni bosib oʻtish kerak boʻladi.

2. Kurs muallifi kim?
Muallif haqida izlaning, u oʻzi dizayner boʻlib qanday ishlar qilgan, qanday muammolarni yechgan, nechi yillik tajribaga egaligiga qiziqing. Dizayner oʻzini senior yoki lead yoki dizayn direktor deb tanishtirsa, ishonib ketmang. Bu darajalarga chiqish uchun yillab mehnat qilish va katta jarayonlarni bosib oʻtish kerak boʻladi. Agar u 10 yillik tajribaga ega boʻlsa, unga ham ishonib ketmang. Senior darajaga chiqish uchun 5-10 yil faqat instrumentga fokus qilinmaydi. Bu darajaga erishish uchun, soft skills, leadership skills, ochiq fikrli boʻlish va yana boshqa shu kabi qobiliyatlar talab etiladi.

3. Muallifning bilim berish tajribasini oʻrganing
Kuchli dizayner boʻlishning oʻzi, boshqalarga taʼlim berishga kamlik qilishi mumkin. Boshqalarga bilim berish yoki kasb oʻrgatish mashaqqat talab qiladi. Kurs muallifining bu sohada tajribasi boʻlishi, kamida foydali boʻlgan blogpostlar yozgan boʻlishini ham eʼtibor berish kerak.

4. Muallifning shaxsiy hayoti yoki diniy eʼtiqodiga aldanmang.
Kurs sotib olishdan maqsad, dizayn sohasini oʻrganish boʻlsa, faqat shunga eʼtibor berish kerak. Muallifning eʼtiqodi yoki shaxsiy hayoti dizaynni oʻrgatishga bogʻliq joyi yoʻq.

#kurs #dizayn @nodizayn
👍184
👍61🔥1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks Namanganda!

📆 28-may shanba kuni Namangan shahri Murabbiy Academy'da "UzGeeks May2022 Meetup Namangan" bo'lib o'tadi.
Bu galgi meetupimiz yangicha formatda tashkil etilmoqda. Unda onlayn mobil ta'lim platformasini dizayni, backend va mobil ilova qismini birgalikda yaratamiz.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1. “Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Dizayn(Figma)” - Alisher Makhmudov (Micros Development, Developer);

2. "Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Backend(Yii2)" - Sardor Dushamov (Workly, Team Lead);

3. “Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Mobil ilova(Flutter)” - Abdulaminxon Haydarov (Thinkland, Software engineer).

Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: facebook
🗺 Namangan shahri, Hurriyat ko'chasi 65
👍18
Namanganda UzGeeks meetup bo'lyapti. 2-ma'ruzaning yarimlariga ulgurib keloldik. Mobil ilovaning APIsi yozilyapti
👍36🔥21
VueJS freymvorki dokumentatsiyasini o'zbek tiliga tarjima qilish boshlangan ekan. Hissa qo'shmoqchi bo'lganlar uchun guruh
https://t.iss.one/vuejs_uz_tarjima
👍48
Forwarded from Lurius’s Luxsidos
Alright, laptopimmi sotvomman rasmda ko’rishiz mumkin )

Qo’shimcha ma’lumot usti alumindan, klavyaturasi teal yengi macbookladaka mayin, hozirgi en yengi o’yinla jumladan: Cyberpunk 2077, Resident Evil 8, Forza Horizon 5 vahokazo o’yinlani yuqori sifatda baland FPSda bemalol o’ynolisiz.

Umumiy etganda kotta ishlada bemalol uyaltirmi ishlaberadi )

Murojaat: 998994924212
👍2
Forwarded from Temurbek Adhamov
Assalomu alaykum, Farg’ona!

Najot Ta’limning Farg’ona filiali uchun Farg’ona shahridan ijara uchun 2000-3000kv/m joy izlayapmiz. Bo’lsa dalolat qiling )
👍375🎉3
Forwarded from MohirDev.uz
VISA va Mastercard orqali to'lash imkoniyati

Endi chet eldagi "Mohirdev" foydalanuvchilari kurslarimizni VISA va Mastercard orqali to'g'ridan-to'g'ri xarid qilishlari mumkin.

To'lovlar 7 yildan beri faoliyat yuritayotgan Paybox kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Kompaniya PCI DSS sertifikatiga ega.

Qanday to'lash mumkin?

1. Saytimizdan ro'yxatdan o'ting yoki profilingizga kiring.
2. Kursimizni xarid qilish tugmasini bosing.
3. Rasmiylashtirish sahifasida kerakli ma'lumotlarni to'ldirib, "Paybox" to'lov turini tanlang.
4. Paybox to'lov sahifasida karta ma'lumotlarni kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Barcha pullik kurslarimiz ro'yxati bilan tanishing

Telegram | Instagram | Youtube
👍11
Forwarded from MayoqHub markazi
O'tgan yili kichik bo'lsada, ammo manfaatli natijalar kutgan holda boshlagan loyihamiz biz kutganimizdan-da yaxshiroq natija berdi.

MayoqHub markazining ilk o'quvchilari hozir o'z yo'nalishlarida turli kompaniyalarda faoliyatlarini boshlab yuborishgan. O'quvchilarning kurs formati va ta'lim sifatiga bergan fikrlari bizni yana ham shijoatlantirdi. Bu haqida batafsil ma'lumotlarni alohida post sifatida tayyorlaymiz.

O'quv markaz haqida kanal bio qismida keltirilgan sayt orqali batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin bo'ladi.

Tarmoqlarimizni kuzatib borib, markazimiz, o'quvchilarimiz va dasturlashga oid qiziq hamda foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

💻 Ayni paytda bu yildagi oxirgi oflayn guruhlarga qabul davom etmoqda, saytimiz orqali ro'yxatdan o'tib joylaringizni band qiling. Joylar soni cheklangan.

📅 Ochiq dars 14-iyun, 14:00 da Farg'ona viloyati Mayoqhub markazida bo'lib o'tadi.

ℹ️ Kurs haqida ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun: mayoqhub.uz

Telegram | Instagram | Facebook
11👍5🔥5