4.09K subscribers
1.19K photos
86 videos
30 files
1.73K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
O'quv kursda bitiruvchilar holati qanday bo'lishi kerak?

Ustoz o'sha bitiruvchilarga o'ziga kelgan ishni erkin yoki boshlang'ich yo'l-yo'riq bilan behavotir topshira olishi kerak.

Boshqa holatdagi o'quvchilar kurs oxirigacha bormagani afzal. Keyin o'qituvchi ham o'quvchi oldida hijolat bo'ladi, o'quvchi ham ustozini vaqtida bundan ogohlantirmagani uchun yomon ko'rib qoladi.

Menda shunday o'quvchilar bormi?
"Ha"dan ko'ra "yo'q" ko'proq tarozida tosh bosyapti.
👍17
Ba'zida "Haikyu" animesidagi mana bu qismdagiga o'xshab jarayonga tashqaridan qarash, biroz pauza olish kerak bo'ladi. Afsuski, har doim ham buning iloji bo'lmaydi.

18:32 nuqtasigacha.
https://mover.uz/watch/WSVSxyVm?start=955
👍6🔥2
Dayjest postga ulgurolmayapman yoki hafsala qilolmayapman. Vaqti o'tib ketib qolmasidan bir e'lonni chiqarib olay. 21-22-da Najot Ta'limda kurslarga qabul uchun imtihon bo'lyapti. Imtihondan tashqari payt kurslarga qo'shilishining imkoni yo'q, bilishimcha. Shunga ulgurib qolinglar.

Batafsil mana bu yerda: https://t.iss.one/najottalim/2957
👍15
Forwarded from Muhammad Temur A’zam
Абдулазиз Муборак ёзяптилар:

Устозимиз Mubashshir Ahmad ни ҳозиргина Ички ишлар органлари (республика терроризм ва экстремизмга қарши курашиш бошқармаси) ходимлари уйларидан олиб кетибди.

Қаёққа ва нима учун?

Шу саволларга жавоб қидиряпмиз.

Тафсилотларни очиқлаймиз, иншааллоҳ.

Катта эҳтимол жума намози ҳақидаги мурожаатлари сабаб бўлиши мумкин.

Дуо қилиб туринглар... Илтимос...
👍30
Forwarded from Muhammad Temur A’zam
Мубашшир Аҳмад домла ИИВ терроризмга қарши курашиш биносидан чиқдилар.

Ҳозирча шу, тафсилотларни ўзлари ёзсалар керак. Энг асосийси кайфиятлари яхши.
36👍10🎉5
MayoqHub 2-qabulda bugun imtihon. Hazillashib turishadi bolalar 😁
👍13
MJ
Video message
"Osmondagi bolalar"da tavsiya qiladigan 3 ta kitobim so'ralgandi.

1. Puankare - Abduqayum Yo'ldosh.
Ko'p o'ylashga majbur qilgan kitob.

2. Metro 2033 - Dmitriy Gluxovskiy
Adashmasam, knopkali telefon tutgan paytim spacesdan topib olib, umuman notanish bo'lgan shu kitobni o'qishni boshlaganman. Sci-Fi kategoriyasida bo'lsa kerak. Undan keyin uning boshqa kitoblari va 3 ta kompyuter o'yinlari ham chiqqan. "Metro Exodus" eng oxirgi o'yin hozircha. YouTubedan qarab ko'ring. Treyleri daxshat. RusGameTactics kanalida walkthrough ham bor.

3. Lean Startup - Erich Ries
Biron tanishlar, o'quvchilar startap ko'tarmoqchiligi, unda juda noyob g'oya borligi yoki biron olamshumul dastur tuzmoqchiligini aytsa, birinchi o'rinda shu kitobni tavsiya qiling. Miyadagi hayollarni parchalab, real hayotga tayyorlaydi. Universitet paytida kitob muqovasi va startap haqidaligi yoqib qolib o'qigandim.

"Metro 2033"ni bilmadimu, lekin "Lean Startup" o'zbek tiliga tarjima qilingan ekan. Men bilgan do'konlardan "Qamar"da bor ekan. Yana boshqa joylarda ham bo'lishi mumkin. Najot Ta'limda ishlagan paytim do'kon yaqin bo'lganiga "peshkom" borib olvolardim. Yetkazib berish ham bor. Undan ham foydalandim. Undagi botning interfeysi nativ, boshqacha ekan.

Eslatma: o'zim negadir ingliz va rus tillariga o'rganib qolganim uchun tarjima kitobni o'zbek tilida o'qishga qiynalaman. Til bilsangiz, originalini o'qib ko'ring, bo'lmasa, vaqtni ketkazmay o'zbek tilida o'qib chiqing. Foydali.
👍131
😎 "Zalatoy" nomerda ko'rib qolibmanmi?
🔥41👍13🎉7
Forwarded from Davra
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Devanswers

😁 Dasturdan BUG chiqsa...

©️ Muhammadjavohir Suratov

Davra podcast youtube kanali

@davrapodcast
🔥222👍1
Bolalarga maktab yoshidan manipulyatsiyaga aldanmaslik, hayotda qanday aldovlar bo'lishi, bahslashishda asabni saqlash, doim aniq shartlar asosida ishlash, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lish, faktcheking va shu kabi narsalarni o'rgatilmasa, arzon "tryuk"larga aldanib qolishadi. Kattalar ham.

Umid aka Eshmuhammedovning suhbatlaridan eshitgandim adashmasam: biron taklif berilganda joyida javobni aytmang. "Yostiq bilan maslahatlashing". Taklifning ma'nosi, yuki miyada cho'kib, to'liq tasavvur qilina olsin.
👍23
Biron ishchi olyapsizmi? Unga aniq vazifalari ro'yxati va nima kutishingiz ro'yxatini bering. Detallari bilan. Darhol javobni so'ramang. "Roziman" deb joyida aytishsa ham.

Menda shularga amal qilmaslikni ko'rsangiz, eslating.
👍36🔥1
Forwarded from Nodizayn
Oʻzbek tilidagi kurslar orqali dizaynni oʻganish yoki men dizaynni qaysi kursda oʻrganganim yoki qaysi kursni tavsiya qilishim haqida savollar olyabman.

Javob quyidagicha:

Men oʻzbek tilidagi kursda oʻqimaganim uchun, ularni tavsiya qila olmayman. Oʻzi mutaxassis boʻlmasdan turib, pul ishlash uchun biznes oʻrgatish bahonasida daromad topayotgan trenerlar koʻpaymoqda. Bu holat dizayn sohasida ham uchramoqda. Yaʼni, oʻzi kuchli dizayner boʻlmasdan turib, instrumentni oʻrgatadigan kursni, dizayn kurs deb sotishmoqda.

Dizayn boʻyicha kurs sotib olishdan oldin quyidagi narsalarga eʻtibor berishni tavsiya qilaman:

1. Kurs nimani oʻrgatadi?
Kurs sizga instrumentni oʻrgatsa, buni oʻzingiz ham eplay olasiz, internetda videodarslar keragidan ortiq topiladi. Lekin dizayn bu instrument emas, Figma, Photoshop yoki Sketch dasturlarida dunyoda hech kim chiza olmagan interfeysni chizsangiz ham siz yaxshi dizayner boʻla olmaysiz, yaxshi koʻrinishga ega interfeys chizadigan boʻla olasiz. Instrumentni oʻrgatayotgan kursdan qoching. Bu kabi kurslarni dizayn kurs, deb sotishning yana bir xavfli tomoni, kursda oʻqigan odam, dizayn sohasini oʻrganyabman deb oʻylaydi va kursni tamomlagach, yaxshi pul topish yoki yaxshi ishga joylashishga umid qiladi. Lekin bu sarob boʻlib chiqadi, chunki interfeys chizadigan instrumentda ishlash dizaynning bir bosqichi va bu bosqichga yetib kelguncha, bir qancha muhim dizayn jarayonlarni bosib oʻtish kerak boʻladi.

2. Kurs muallifi kim?
Muallif haqida izlaning, u oʻzi dizayner boʻlib qanday ishlar qilgan, qanday muammolarni yechgan, nechi yillik tajribaga egaligiga qiziqing. Dizayner oʻzini senior yoki lead yoki dizayn direktor deb tanishtirsa, ishonib ketmang. Bu darajalarga chiqish uchun yillab mehnat qilish va katta jarayonlarni bosib oʻtish kerak boʻladi. Agar u 10 yillik tajribaga ega boʻlsa, unga ham ishonib ketmang. Senior darajaga chiqish uchun 5-10 yil faqat instrumentga fokus qilinmaydi. Bu darajaga erishish uchun, soft skills, leadership skills, ochiq fikrli boʻlish va yana boshqa shu kabi qobiliyatlar talab etiladi.

3. Muallifning bilim berish tajribasini oʻrganing
Kuchli dizayner boʻlishning oʻzi, boshqalarga taʼlim berishga kamlik qilishi mumkin. Boshqalarga bilim berish yoki kasb oʻrgatish mashaqqat talab qiladi. Kurs muallifining bu sohada tajribasi boʻlishi, kamida foydali boʻlgan blogpostlar yozgan boʻlishini ham eʼtibor berish kerak.

4. Muallifning shaxsiy hayoti yoki diniy eʼtiqodiga aldanmang.
Kurs sotib olishdan maqsad, dizayn sohasini oʻrganish boʻlsa, faqat shunga eʼtibor berish kerak. Muallifning eʼtiqodi yoki shaxsiy hayoti dizaynni oʻrgatishga bogʻliq joyi yoʻq.

#kurs #dizayn @nodizayn
👍184
👍61🔥1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks Namanganda!

📆 28-may shanba kuni Namangan shahri Murabbiy Academy'da "UzGeeks May2022 Meetup Namangan" bo'lib o'tadi.
Bu galgi meetupimiz yangicha formatda tashkil etilmoqda. Unda onlayn mobil ta'lim platformasini dizayni, backend va mobil ilova qismini birgalikda yaratamiz.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1. “Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Dizayn(Figma)” - Alisher Makhmudov (Micros Development, Developer);

2. "Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Backend(Yii2)" - Sardor Dushamov (Workly, Team Lead);

3. “Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Mobil ilova(Flutter)” - Abdulaminxon Haydarov (Thinkland, Software engineer).

Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: facebook
🗺 Namangan shahri, Hurriyat ko'chasi 65
👍18
Namanganda UzGeeks meetup bo'lyapti. 2-ma'ruzaning yarimlariga ulgurib keloldik. Mobil ilovaning APIsi yozilyapti
👍36🔥21
VueJS freymvorki dokumentatsiyasini o'zbek tiliga tarjima qilish boshlangan ekan. Hissa qo'shmoqchi bo'lganlar uchun guruh
https://t.iss.one/vuejs_uz_tarjima
👍48
Forwarded from Lurius’s Luxsidos
Alright, laptopimmi sotvomman rasmda ko’rishiz mumkin )

Qo’shimcha ma’lumot usti alumindan, klavyaturasi teal yengi macbookladaka mayin, hozirgi en yengi o’yinla jumladan: Cyberpunk 2077, Resident Evil 8, Forza Horizon 5 vahokazo o’yinlani yuqori sifatda baland FPSda bemalol o’ynolisiz.

Umumiy etganda kotta ishlada bemalol uyaltirmi ishlaberadi )

Murojaat: 998994924212
👍2
Forwarded from Temurbek Adhamov
Assalomu alaykum, Farg’ona!

Najot Ta’limning Farg’ona filiali uchun Farg’ona shahridan ijara uchun 2000-3000kv/m joy izlayapmiz. Bo’lsa dalolat qiling )
👍375🎉3
Forwarded from MohirDev.uz
VISA va Mastercard orqali to'lash imkoniyati

Endi chet eldagi "Mohirdev" foydalanuvchilari kurslarimizni VISA va Mastercard orqali to'g'ridan-to'g'ri xarid qilishlari mumkin.

To'lovlar 7 yildan beri faoliyat yuritayotgan Paybox kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Kompaniya PCI DSS sertifikatiga ega.

Qanday to'lash mumkin?

1. Saytimizdan ro'yxatdan o'ting yoki profilingizga kiring.
2. Kursimizni xarid qilish tugmasini bosing.
3. Rasmiylashtirish sahifasida kerakli ma'lumotlarni to'ldirib, "Paybox" to'lov turini tanlang.
4. Paybox to'lov sahifasida karta ma'lumotlarni kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Barcha pullik kurslarimiz ro'yxati bilan tanishing

Telegram | Instagram | Youtube
👍11