4.2K subscribers
1.21K photos
89 videos
31 files
1.74K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Foydali/qiziq maqolalar
- Abduvosiq marketing, kompaniya boshqaruvi, jamoa bilan ishlash va boshqa mavzularda o'z tajribalaridan turli holatlarni yozib boryaptilar. Menga foydali bo'lyapti - manba
- Jahongir akaning oxirgi 2 ta postlari men uchun foydali bo'ldi (oldingilari foydali bo'lmagan demoqchimasman). Dasturchilar darajalari va ish beruvchiga o'zini to'g'ri taqdim qilish haqida - manba
- Nodizayn - nafaqat dizayn bo'yicha har xil yaxshi fikrlar beriladigan kanal https://t.iss.one/nodizayn

Darsliklar
- Ulug'bek Samig'jonovning barcha Bootstrap darslik videolari bitta videoga jamlab e'lon qilindi - manba
- Ismoil Safarov UX/UI bo'yicha kurslarini chiqargan ekanlar. Ramazonda yaxshigina chegirmalar berilgan edi. Vaqtida e'lon qilishga ulgura olmadim. Balki, hozir ham chegirma bordir - manba
- AhrorWeb kanalida JS bo'yicha darslar joylab borilyapti - manba
- EPAMning ochiq materiallari ichidagi ingliz tili va testingni o'rganish bo'yicha materiallari - ingliz tili | testing (QA)

Imkoniyatlar
- 28-mayda Farg'onadagi MayoqHubda yangi qabul darslari boshlanadi. Yana yangiliklar @mayoquz da beriladi yaqin orada.
- Andijonda Ucell ofisi oldida universitetdagi o'rtog'im Abdushukur frontend bo'yicha kurs yo'lga qo'yayaptilar. O'zlari UpWorkda frilansda ishlaydilar. Soatbat $40 dan baland darajaga chiqib ulgurganlar. O'zlarining ishlari uchun jamoa tayyorlash maqsadida shu o'quv kurs ochilyapti. Unda HTML, CSS, Sass, Tailwind/Bootstrap, JS, React/Next, Vue asoslarini o'rgatilar ekan. Qiziquvchilar mana bu telefon raqam orqali bog'lanishlari mumkin - 998941050501. Men Abdushukurning ishlariga havas qildim. Aytgancha, 9-12 tagina o'quvchi olishni reja qilganlar. Ulgurib qolinglar.
- ukam Abdullohning Social Media Design bo'yicha yangi kursiga qabul ketyapti. Guruhda o'quvchi soni nisbatan kamroq bo'ladi. Qiziquvchilarga taklif qilaman. 6-mayda ochiq dars bo'ladi - manba

Intervyu/suhbatlar
- Umar o'z kanallarida Tailwind haqida suhbat o'tkazar ekanlar. Vaqtida eshita olamanmi bilmadimu, lekin kamida yozib olingan variantini eshitishga arziydigan suhbat bo'lsa kerak - manba
- Zulfiqor Musoqov Alter Egoga intervu bergan ekanlar. Undagi hozirgi kino industriyasidagi boshqalar haqida fikrlarini so'ralgandagi javoblari juda yoqdi. Ko'rishga arzirli intervyu bo'libdi - Mover | YouTube

#dayjest
🔥17👍8
"Linus Tech Tips" YouTube kanalini doimiy kuzataman. Qaysidir bir payt ulardagi videomontajchi Taranning Adobe Premiere Proda ishlashda samaradorlikni oshirish bo'yicha juda uzun videodarsiga ko'zim tushgandi. Mana bu video.

Taran LMGdagi ishini to'xtatib boshqa joyga o'tayotgan ekan. Ketishi oldidan Linusga 2 pachka tualet qog'ozini sovg'a qilibdi. Uning ortidagi sababi esa...

O'zingiz ko'rib ko'ring.
👍12🔥2
Quyidagi e'londa esa ertaga bo'ladigan GDG event haqida ma'lumot berilgan. Yaxshi, tajribali dasturchilarning fikrini olish uchun borishga arziydi.
👍4
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq kutilgan Web Dev Meetup!

Biz GDG Tashkent da yangi yo‘nalish – Web Community ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Kelayotgan shanba kuni yurtimizning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilari bilan birinchi Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Husniddin Kurbonboev, EPAM;
- Doniyor Aliyev, Super Dispatch;
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Doniyor Yusupov, Altoros Inc.

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7 may 2022
🕙 Vaqt: 16:00
📍 Joy: IMPACT.T Technology Hub

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-event-1/

😉 Bu haqida do’stlaringizga ham ulashing va eventda ko’rishguncha!

@gdgtashkent
👍16
Forwarded from Shavkat Hasan sahifasi
Фирибгарликнинг янги кўриниши.

Ҳушёр бўлайлик ва пластик карта рақамларимизнинг махфий кодларини ҳеч кимга ҳеч қачон айтмайлик.

Бошқаларга ҳам етказинг.

Шу каби ҳолатларга кимдир дуч келган бўлса ёзиб қолдиринг.

📌@ShavkatHasan
👍22
Forwarded from Abdulloh's blog
#SMD #START

🔥 Bismillah deb SMD Bootcamp kursimizga ham Start berdik!

SMD Bootcamp oyining
1-darsida yasagan posterimiz va uning IGTV, YouTube cover, story adaptatsiyalari


💼 Telegram / Instagram / YouTube
👍17🔥8
Forwarded from Osmondagi bolalar
Dasturlash bilan qaytdik!

Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑‍💻

⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar.

Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi.

Ishonamizki, ertaga soat 20:30 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi. 😊

🔴 YouTube sahifamiz
👍45🔥25🎉73
Forwarded from Osmondagi bolalar
"Hamma narsa ham ustozdan o'rganilmaydi" — dasturchi ustoz bilan suhbat

😊 Loyihamizning bu galgi spikeri haqida kecha sizlarga batafsil ma'lumot taqdim etgan edik. Bugun esa loyihaning premyerasi bo'lishini xabar qilamiz.

Muhammadjavohir Sur'atov bilan ushbu sonda IT, xususan, dasturlash va uni o’rganish uchun e’tibor berish kerak bo'lgan jihatlar, xalqaro kompaniyalarga ishga kirish yo’llari, IT sohasida eʼlon qilinadigan xalqaro va mahalliy chegirmalar, junior va senior dasturchilar, portfolio toʻldirishda eʼtibor berilishi kerak boʻlgan muhim jihatlar haqida suhbatlashdik.

Premyera bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi. Keling, bugun uni birga tomosha qilamiz. 🙂

Havola: https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
🔥27👍10
"Osmondagi bolalar" syomkasiga Nurulloh va Muhammadyunus bilan birga borgan edik. Kadr ortida kuzatib turishgandi.

Suhbatdan keyin "mana buni aytsam bo'larkan" degan fikrlar yana keldi. Lekin shunda ham foydali bo'lar, degan umiddaman.

20:30 da boshlanadi.
https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
👍26🔥4🎉1