4.2K subscribers
1.21K photos
89 videos
31 files
1.75K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Bugun dayjest, jamlanma post chiqadi. Bu postda keyingi ishlarim uchun o'zimga talab sifatida qo'yiladigan ba'zi qoidalarimni yozaman:

- o'quvchi ketma-ket 2 kun darslarda faol bo'lmadi va bunga biron tushuntirish bermadi -> 🪓 Guruhdan chiqariladi. Hech qanday uzr yo'q.
- loyiha olayotganda uning davomiyligi va ish haqi haqi masalasida yaxshilab bosh qotirib keyin kelishiladi. "Juda uzoq vaqt aytmayapmanmi" yoki "qimmat aytib yubormayotganmikanman" degan fikrlarga juda chuqur kirishib ketilmaydi. Mijozga davomiylik va summa aytiladi. Rozi bo'lishsa, ishlaymiz. Bo'lmasa, yo'q.
- kompyuter o'yinlarida side-questlarni unchalik yoqtirmayman. Lekin hayotda juda ko'p side-quest olib qo'yaman. Shuni kamaytirishim kerak.
- buyurtmalar olib ishlashga mos jamoa yig'ishim kerak.

Qiladigan ishlar ko'p. Men qaytdim.
👍50🔥19
MJ
Bugun dayjest, jamlanma post chiqadi. Bu postda keyingi ishlarim uchun o'zimga talab sifatida qo'yiladigan ba'zi qoidalarimni yozaman: - o'quvchi ketma-ket 2 kun darslarda faol bo'lmadi va bunga biron tushuntirish bermadi -> 🪓 Guruhdan chiqariladi. Hech qanday…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldingi post oxiridagi "Men qaytdim" gapini "Hozir ishlarim bor edi. Ishlarimni bajarishga qaytdim, Telegramdan chiqyapman" ma'nosida yozgan edim. Yana o'qib ko'rsam, umuman boshqa ma'noda tushuniladigan bo'lib qolgan ekan 🤣
🔥22👍3🎉1
Foydali/qiziq maqolalar
- Azimjon o'zlari qatnashgan va qabul qilgan suhbatlaridan olgan xulosalari haqida yozibdilar. Ishga harakat qilmoqchi bo'layotganlarga foydali - maqola
- Vebdagi animatsiyalarning qanday turlari bor va ularning demolari - umumiy tanishib chiqish uchun mos
- Dilbar bloglarida Git commitlarini to'g'ri yozish bo'yicha tavsiyalar berilgan manbani o'rtoqlashibdilar - post

Darsliklar
- InformTech YouTube kanali Ramazon tuhfasi sifatida 20-apreldan boshlab 50 kun o'zlarining "Zamonaviy verstka" kurslarini chiqarishar ekan. Bepul. 16 soatdan oshiq kontent ekan - playlist
- ukam Abdulloh Social Media Design bo'yicha tajribalarini poster tuzish jarayoni videolari asosida e'lon qilib boryapti - kanal
- Shavkat aka videomontaj va moush grafika asoslari bo'yicha kurs chiqargan edilar. Ramazonda chegirmalar bo'layotgan ekan. Kurs haqidagi post . Ma'lumot uchun: Shavkat aka Najot Ta'limda videomontaj va moushn grafikadan dars beradilar. Rahmatli shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf haqlaridagi hujjatli filmga ko'p hissalari qo'shilgan.
- Jaloliddin Figma haqida yaxshi intro kursni kanallarida tavsiya qilibdilar - post

Imkoniyatlar
- a1qa kompaniyasi QA automation bo'yicha trening o'tkazishayotgan ekan. 2.5 oylik bepul treningdan so'ng o'zlarida ishga olib qolishlari mumkin - manba

Intervyu/suhbatlar
- Nilufar Omonova dasturlashga qanday kirib kelganlari va shu paytgacha bosib o'tgan yo'llari haqida gapirib beribdilar - manba
- Kelayotgan dushanba - 17-aprel kuni Mohirdev Instagram profilida frontend haqida jonli efir bo'ladi. Umumiy ko'rinishda gaplashamiz - Mohirdev Instagramda

Umumiy
- Ko'zlari quvonishi uchun turli xil qiziq miniatyuralar

#dayjest
👍10🔥7
Mohirdev uchun yozilayotgan Frontend asoslari kursidagi kontent hajmi 40 soatlik dovondan o'tdi. Hali responsivega kelmaganimizda. Oldinda yana tahminan shundan 2 barobar hajmdagi kontent qo'shilishi kerak.

Responsive
Sass
Pug
Gulp
Bootstrap 4
Bootstrap 5
Tailwind
👍40🔥16
Forwarded from /day
Senior engineers aren't “faster” or “smarter”.

They've just seen it before.
👍492🔥2
Mohirdevning savol-javoblar uchun mo'ljallangan boti bor. O'sha botdan kelib tushgan savollar bir guruhga yig'iladi. Savollarni ko'rib dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlarga ba'zi tavsiyalarni bermoqchiman.

"Sizlarda falon narsa bo'yicha kurs bormi?"
Yechimi - Googledan "Mohirdev" deb qidirib, mohirdev.uz deyilgan saytga kirib ozgina vaqt ajratib ko'rib chiqish.

"Falon kursda nimalar o'rgatiladi?"
Yuqoridagi tavsiya. Ozgina vaqt ajratib saytni ko'rib chiqing.

"Matematika/ingliz tili kerak bo'ladimi?"
Googledan "dasturlash matematika" va "dasturlash ingliz tili" deb qidiring.

===

Bu kabi holatlar yoki internetdan foydalanish savodxonligini o'rgatish qoniqarsiz bo'layotganini, yoki odamlar buni o'rganishga hafsala qilmayotganini bildirishi mumkin. Haqiqatda ko'pchilikda internet deganda Telegram, YouTube, Instagram, PlayMarket va shu kabi narsalar hayolga keladi. Qolgani haqida ma'lumot yo'q.

Internet zo'r imkoniyatlar manbai. To'g'ri foydalanishni bilish kerak. Tamom.

===

Ko'zoynagimni qachondir qiyshaytirib qo'ygandim tushirib yuboray deb ushlab qolganimda. Ham chap tomonidagi oynasi ilinibroq turadi joyida. Lekin ko'rish uchun muammo yo'q. Orada bir shogirdim bilan gaplashganimizda bir qitmir gaplari va undan keyin biroz o'ylab ko'rgandan keyin yangi ko'zoynak olaymi deb o'ylab qoldim. Haqiqatda hozirgi holatimda yuzimga qaragan odam yoki yuz, yoki ko'zoynak qiyshiq deb o'ylaydi 😁

Lekin shu ish berib turgan narsani alishtirish shartmi deb ham o'ylab qolyapman. Yana bilmadim.

===

Najot Ta'limda yaqin orada intensiv/bootcamp frontend kursi ochilar ekan. 24-aprelda imtihon - https://t.iss.one/najottalim/2816. Qiziqqanlar bo'lsa, eslatma. Hozir qabul faqat imtihon bilan bo'lgani uchun shu imtihon bo'ladigan paytlarigina darsga qo'shilsa bo'ladi.

===

Kashfiyot qilish, narsalarning "kapot tagida" qanday ishlashiga qiziqtirish uchun har xil manbalar bor: kitob, ensiklopediya, kino... Menga eng ko'p yoqqanlaridan biri "Dr. Stone" anime/mangasi bo'ldi. Anime hali tugamagan, manga esa yaqin 1-2 oy ichida tugadi. Juda qiziq g'oya atrofida fizika, kimyo va shu kabi aniq fanlarga qiziqtira olishi mumkin odamni.

===

Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'p joyda ishlash yoki asosiy ishga qo'shimcha biron buyurtma olish oson emas. Yaqin kelajakda qo'shimcha ishlarimni tugatib tinchgina dasturchi bo'lib 8 soatlik ish kunining o'zida hotirjam ishlab yuraymi deb o'ylab qolyapman ko'p. Anchadan beri.
👍10🔥62
Forwarded from Sariq Dev
Dasturlashni o'rganishda siz duch kelayotgan eng katta muammo nima?

Aynan dasturlash o'rganish jarayongizda qanday muammolar sizni qiynagan yoki qiynab kelmoqda?

✍️ Fikringizni izohlarda qoldiring!
👍10
Asabingiz bir "mazza" qilsin 🤪 (keyingi postdagi GIFga qarang)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Как же меня это бесит
🔥17👍103🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍659🔥6
Sertifikat "bir tiyin"

Kursni bitirganlik haqida sertifikat befoyda narsa. U Udemydan bo'ladimi yoki biron o'quv markazdan buning ish beruvchi uchun biron qiymati yo'q*.

Sabablari:
- hech kim o'z o'quvchisiga "zo'r bitirdi" deb keyin u o'quvchi suhbatda qovun tushurishini xohlamaydi;
- o'quvchining sertifikat olgani kursdagi mavzularni qay darajada yaxshi o'rganilganini ifoda qilmaydi;
- yomon o'qigan o'quvchi bir amallab kurs oxiriga yetib borolgan bo'lsa, "guruhining ichida qoniqarsiz o'qigan" deyilgan sertifikatni ish beruvchiga ko'rsatmaydi.

Sertifikatning qadri yo'q ekan. Nima muqobil variant bor?
O'quvchilarning mustaqil ishlaridagi baholari va unga berilgan fikrlar (feedback) ochiq e'lon qilinishi.

Foydalari:
- tashqaridagilar o'quvchilarning asl holatini, qaysi mavzuda oqsashini biladi;
- o'quv markaz davomiy tarzda qoniqarsiz o'qiyotgan o'quvchining baholarini ommaga chiqarmaydi. Buning o'rniga o'quvchining o'zini kursdan chiqarib yubora qoladi;
- baholar ommaga chiqishni boshlagandan so'ng o'quvchilar uyalib qolmasligi (hech bo'lmasa, uyidagilardan) uchun yaxshiroq o'qishni yoki o'qituvchisidan ko'proq talab qilishni boshlaydi.


*Oracle, Cisco va shu kabi katta tashkilotlarning sertifikatlari qiymatli bo'la oladi. Sababi - ular sohadagi yetakchilar tomondan murakkab ko'rinishda tuzilgan. Shu bilan birga bu sertifikat ishga kirishda qo'shimcha talab, asosiy emas. Sertifikatni bir amallab olvolsagu, lekin kundalik ishdagi vazifalarni eplab qilolmasak, bu yaxshi emas. Ish beruvchi bunday odamni ishga olishni xohlamaydi.

#fikrlar
👍23🔥9
Ta'limga va islomga oid kontentni "Million" bilan solishtirmang

Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan kontent doim ta'lim va diniy, umuman olganda jiddiy kontentdan ko'proq ko'rish jalb qiladi. Bir necha yuz karra ham ba'zi holatlarda.

Bu bizni "odamlar yomon bo'lib ketdi, bema'ni kulguni ko'radi faqat" degan xulosa qilishga olib kelishi mumkin. Lekin chuqurroq o'ylab ko'rsak, odamga o'z jonini og'ritmay, miyasiga zo'riqish bermay qabul qiladigan ma'lumot ko'proq xush keladi.

Ba'zi vaqtlar bo'ladi-ku, "hozir shu videoni ko'ramanu, YouTubeni yopaman" deymizu, bir-ikki soatdan keyin "eee, yana vaqtimni ketkazib qo'ydim" deymiz. Bo'lib turadi bunday vaziyat.

Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan ma'lumotni iste'mol qilish oson. Jiddiy mavzular uchun esa miyani neytral holatidan qo'zg'atib ishlatish kerak bo'ladi.

Ma'lumotlar ko'rilishini solishtirayotganda ham boshqa kategoriya bilan solishtirmagan ma'qul. O'zingiz uchun foydali deb bilgan manbalarni esa boshqalarga ham e'lon qilib qo'ying. Boshqalar ham foydalansin.
👍52🔥6
O'zingiz uchun foydali bo'lgan manbalarni shu post izohlarida ulashishingiz mumkin. Siz uchun juda oddiy, kundalik instrument/manba boshqalar uchun juda foydali kashfiyot bo'lishi mumkin

UPD: Mualliflik huquqiga to'g'ri kelmaydigan manbalarni ulashishlarga yo'q :)

#fikrlar
👍14🔥1
"Side quest"chi o'quvchilar
poster

Shu masalani meni ko'p qiynaydi. Ta'riflashga harakat qilaman.

"Side quest" iborasi kompyuter o'yinlaridan olingan. O'yinlarda asosiy vazifalar syujetga ko'ra o'yinning tugatilishiga sabab bo'ladi - main quest: poygada yutish, raqib jamoaning bayrog'iga ega bo'lish va hokazi. "Side quest" - o'yinning natijasiga ta'siri kam, ikkilamchi bo'lgan vazifalar: poygada drift bo'yicha rekord o'rnatish, eng ko'p "headshot" yig'ish, hamma va boshqalar. O'yinda yutish uchun "main quest"larni bajarish kerak, "side quest"larni emas.

Endi "side quest"chi o'quvchilar haqida

Biron kursga borayotgan o'quvchidan birlamchi talab - darsini vaqtida, a'lo yoki yaxshi bajarishi. U kursga kelganda aynan shuni maqsad qilgan - kursda biron narsani o'rganaman, shunga pul beryapman, o'rganib bo'lib shu ko'nikmalarimni o'zim uchun ishlataman.

"Side-quest"chilarchi? Dars paytida ustozga kursning asosiy maqsadi bo'lmagan masalalarda savol berishadi. Mening holatimda NFT, kiberxavfsizlik, Web 3.0 (shu o'zi nima?), blockchain, diniy masalalar*. Bu mavzular bo'yicha bilim olishi o'quvchilarning shu holatida hali beri ularga katta foyda bermaydi, chalg'ishadi, vaqt yo'qotishadi.

Haqiqatda ham-da, bolalar. Siz frontend o'rganyapsiz (mendagi holatda). NFTning nima aloqasi bor bunga. O'rganishni boshlaganda chalg'ish juda oson bo'lgan paytda trenddagi narsalarga chalg'imang. Trend o'tadi-ketadi. Asoslar o'z joyida qoladi.

Maslahat: suhbatdoshingizdan gapirayotgan mavzungizga bo'lgan "voydod" qiziqishni ko'rmayapsizmi? Suhbatni to'xtatganingiz afzal.

Holatni to'liq ta'riflab bera olmadim. Qo'shimcha savollar bo'lsa, izohlarda gaplashamiz.

*Dinga hech qanday qarshiligim yo'q. Lekin buni gaplashishning o'z vaqti bor. Pul to'lab o'qiyotgan kursingizdagi vazifalarni vaqtida qoyillatib qo'ying, keyin gaplashish boshqa gap.

P.S. Darsdan tashqari yoki o'quvchilar vazifalarini bajarib bo'lgan payt gaplashish boshqa masala. Bu payt yuqorida aytilgan maslahatga amal qilinaveradi.
🔥13👍9
"Ko'knori hayol"

freeCodeCamp platformasining o'zi to'lig'icha bepul bo'lganiga yana qo'shimcha ravishda uning YouTube kanalida ham foydali videolar ham joylab borishadi.

Kanalga xohlagan tajribali odam o'zining videodarsini joylashi mumkin. Buning uchun yozilgan videoni freeCodeCamp tahririyatiga yuborib, ular bergan tavsiyalarga ko'ra videoni optimallashtirish kerak bo'ladi. Video ularga ma'qul kelsa, o'z kanallariga joylashadi.

Ali Ramazon aka bilan birmuncha vaqt oldin gaplashganimda (tahminan 1 yil oldin) o'zbek tilidagi videodars bozori kichik ekanligi, ingliz tilida kontent tayyorlagan ma'qul ekanini aytgandilar.

Oldin bir qiziqib FrontLoopsdagi vazifalar yechimlari videolarini joylamoqchi bo'lganimda boshqa, open source narsalardan foydalanib video tuzishni tavsiya qilgan edi Beau Carnes.

Hozircha ingliz tilida biron pullik narsa chiqarishga tishim o'tmaydi. O'ylayotganim hozirgi o'zbek tilidagi kursimni birmuncha vaqtdan keyin ingliz tilida bepulga freeCodeCampga joylash.

#fikrlar
👍37🔥3