4.2K subscribers
1.21K photos
89 videos
31 files
1.75K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍192
Forwarded from MohirDev.uz
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?"

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍10🔥5
Kanal faoliyati qay ko'rinishda davom etadi? 🛣🤔

Avvaliga kanalda mualliflik kontentini berib borar edim. Hozirga kelib u foydali deb bilgan narsalarimni ulashadigan agregatorga aylandi. Holatni biroz o'zgartirmoqchiman.

1. Kanalda holatimdan kelib chiqib doimiy turkum postlar chiqib boradi. Masalan, eng yaqini frontend dasturlashni o'rganish bo'yicha yo'l xaritasi va undagi har bir bosqich haqida batafsil ma'lumot berilgan postlar turkumi. Turkum - bir mavzudagi bir nechta bir-biriga bog'liq postlar ketma-ketligi.

2. O'zim uchun foydali bo'lgan manbalar (maqola, video, suhbat) haqida hafta oxirida bir jamlanma post chiqaraman. Haftalik dayjest. U post chiqishi paytida keyingi haftada biron yangi suhbat, jonli efir haqida xabarim bo'lsa, "kelayotgan tadbirlar" deb alohida eslab o'taman.

3. Vaqti-vaqti bilan kurslarim haqida promo postlar chiqarib boraman.

===

Hozircha ba'zi tavsiya qila oladigan narsalarim:
1. Alisher Isayevning Akmal Payziyev bilan Global IT bozori haqidagi suhbatlari chiqibdi.
2. Onlayn ish topish uchun Freelance Team kanali bor ekan. Kanal adminlari Jasurbekdan kanal effekti haqida so'rab ko'rganimda oxirgi oyda 104 ta ish e'loni joylangani (~60% qismi dasturlash bo'yicha), undan 30+ odam ishga kirganini aytdilar.

===

Kelayotgan shanbada Marg'ilon RTMda "Ali dizayn akademiyasi" saytini tuzish master-klassi davomi bo'ladi. Videosini e'lon qilaman. 1-qismi YouTube kanalimda.
👍16🔥10
Marg'ilon RTMdagi haftada 5 kun 4 soat, videokurs va mentorlik asosida Frontend o'rgatiladigan kursim bugundan boshlab oyiga 800 ming so'm.

Kursning 2 ta bo'limi bor.
1. HTML верстка - 6 oy - HTML, CSS, responsiveness, Sass, Bootstrap, JavaScript DOM, Gulp, Pug
2. React JS dasturlash - kamida 6 oy - JavaScript, masalalar ishlash, OOP, React, Redux, Next

6 oy oyma-oy to'lov qilinganda 800 x 6 = 4.8 mln so'm to'lov qilinadi. Bittada to'lov qilmoqchi bo'lganlarga 4mln qilib bera olaman. Undan kami yo'q.

Shu kunlarda yoki oldinroq kursga kelishlarini aytganlarga oldingi narxni ushlab turishimni aytgandim. Shu o'quvchilar uchungina birinchi 2 oy 500 mingdan qilib beraman. Undan uyog'iga 800 mingdan bo'ladi.

"Nega hammaga bir xil 500 ming qilib bera olmaysan" deysizmi? Ertaroq kelib gaplashing, so'rab-surishtiring edi.

P.S. Dars o'tayotgan vaqtimda kurs haqida ma'lumot olishga kelgan bo'lsangizu, ozgina kutib turishni, muhokama qismini tugatib olishni so'rasam, iltimos yuzingizni norozi ko'rinishga keltirib chiqib ketish o'rniga ozgina sabr qilib kutib turing. O'zingiz o'quvchi bo'lib, fokus qaratib dars olib turganingizda ustozingiz pildillab "yangi mijoz keldi, pul keladi" deb turib chiqib ketishi juda "yoqib ketsa" kerak.
👍30🔥8
Forwarded from MohirDev.uz
​​Mohirpooldagi frontend yo’nalishi haqida

Bir necha kun oldin, Mohirpool loyihasi boshlanganini va qabul Frontend yo’nalishida bo’lishini e’lon qilgandik.

Frontend yo’nalishidagi o’quvchillarga EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer sifatida ishlayotgan Umar Umurzokov mentorlik qiladi.

O'quvchilar Umar Umurzokov bilan quyidagi loyihalar ustida ishlashadi:

Shaxsiy loyiha ustida ishlash

Mohirpool’ning birinchi bosqichi, ya’ni “Shaxsiy loyiha ustida ishlash” bosqichida sizdan “toza” JavaScript dasturlash tilida, hech qanday kutubxonalarsiz 2 haftalik loyiha - dunyoga mashhur bo’lgan pomidor metodini tuzish talab etiladi. Bu 2 haftalik bosqichdan maqsad, fundamental JavaScript bilimlarni mustahkamlab, ko’z va qo’llarimizni kodga o’rgatgan holda, katta yo’lga, ya’ni ikkinchi bosqichga tayyor bo’lish.

Jamoaviy loyiha

Ikkinchi bosqichda o’quvchilar jamoalarga bo’linib, haqiqiy loyihalardagidek SCRUM metodogoliyasidan foydalangan holda “Netflix” platformasining kloni tuziladi. O’quvchilarning kodlarini doimiy ravishda mentor review qilib, kerakli joylarda yo’nalishlar berib turadi.

Undan so'ng, o'quvchilar quyidagi bosqichlardan o'tishadi:

Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Mohirpool’da qatnashish uchun minimum talablar:

- HTML, CSS, JavaScript
- JavaScript umumiy ma’lumot tuzilmalari (array, object, va hokazo...)’lar bilan tanish bo’lish
- OOP
- Browser APIs, DOM, DOM events
- Asinxron JavaScript
- Git va Github
- React
- Fikrlash qobiliyati. Codewars platformasidagi 7-8 kyu darajasidagi masalalarni yecha olish
- Ingliz tili (kamida pre-intermediate darajasida bilish afzal)

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar, Mohirdev bilan hamkorlik qilayotgan kompaniyalarga tavsiya qilinadilar. Hozirda bir nechta kompaniyalar bilan memorandumlar imzolangan.

Mohirpoolda oʻqish narxi: $300

Roʻyxatdan oʻting va Mohirpool bilan keyingi bosqichga chiqing: @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
👍28🔥21
"Odam podammassiz" desam "huddi shunaqa" deb hazillashib turadigan shogirdlarim ham bor 🤣🤣🤣🤣🤣
👍21
Bugun dayjest, jamlanma post chiqadi. Bu postda keyingi ishlarim uchun o'zimga talab sifatida qo'yiladigan ba'zi qoidalarimni yozaman:

- o'quvchi ketma-ket 2 kun darslarda faol bo'lmadi va bunga biron tushuntirish bermadi -> 🪓 Guruhdan chiqariladi. Hech qanday uzr yo'q.
- loyiha olayotganda uning davomiyligi va ish haqi haqi masalasida yaxshilab bosh qotirib keyin kelishiladi. "Juda uzoq vaqt aytmayapmanmi" yoki "qimmat aytib yubormayotganmikanman" degan fikrlarga juda chuqur kirishib ketilmaydi. Mijozga davomiylik va summa aytiladi. Rozi bo'lishsa, ishlaymiz. Bo'lmasa, yo'q.
- kompyuter o'yinlarida side-questlarni unchalik yoqtirmayman. Lekin hayotda juda ko'p side-quest olib qo'yaman. Shuni kamaytirishim kerak.
- buyurtmalar olib ishlashga mos jamoa yig'ishim kerak.

Qiladigan ishlar ko'p. Men qaytdim.
👍50🔥19
MJ
Bugun dayjest, jamlanma post chiqadi. Bu postda keyingi ishlarim uchun o'zimga talab sifatida qo'yiladigan ba'zi qoidalarimni yozaman: - o'quvchi ketma-ket 2 kun darslarda faol bo'lmadi va bunga biron tushuntirish bermadi -> 🪓 Guruhdan chiqariladi. Hech qanday…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldingi post oxiridagi "Men qaytdim" gapini "Hozir ishlarim bor edi. Ishlarimni bajarishga qaytdim, Telegramdan chiqyapman" ma'nosida yozgan edim. Yana o'qib ko'rsam, umuman boshqa ma'noda tushuniladigan bo'lib qolgan ekan 🤣
🔥22👍3🎉1
Foydali/qiziq maqolalar
- Azimjon o'zlari qatnashgan va qabul qilgan suhbatlaridan olgan xulosalari haqida yozibdilar. Ishga harakat qilmoqchi bo'layotganlarga foydali - maqola
- Vebdagi animatsiyalarning qanday turlari bor va ularning demolari - umumiy tanishib chiqish uchun mos
- Dilbar bloglarida Git commitlarini to'g'ri yozish bo'yicha tavsiyalar berilgan manbani o'rtoqlashibdilar - post

Darsliklar
- InformTech YouTube kanali Ramazon tuhfasi sifatida 20-apreldan boshlab 50 kun o'zlarining "Zamonaviy verstka" kurslarini chiqarishar ekan. Bepul. 16 soatdan oshiq kontent ekan - playlist
- ukam Abdulloh Social Media Design bo'yicha tajribalarini poster tuzish jarayoni videolari asosida e'lon qilib boryapti - kanal
- Shavkat aka videomontaj va moush grafika asoslari bo'yicha kurs chiqargan edilar. Ramazonda chegirmalar bo'layotgan ekan. Kurs haqidagi post . Ma'lumot uchun: Shavkat aka Najot Ta'limda videomontaj va moushn grafikadan dars beradilar. Rahmatli shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf haqlaridagi hujjatli filmga ko'p hissalari qo'shilgan.
- Jaloliddin Figma haqida yaxshi intro kursni kanallarida tavsiya qilibdilar - post

Imkoniyatlar
- a1qa kompaniyasi QA automation bo'yicha trening o'tkazishayotgan ekan. 2.5 oylik bepul treningdan so'ng o'zlarida ishga olib qolishlari mumkin - manba

Intervyu/suhbatlar
- Nilufar Omonova dasturlashga qanday kirib kelganlari va shu paytgacha bosib o'tgan yo'llari haqida gapirib beribdilar - manba
- Kelayotgan dushanba - 17-aprel kuni Mohirdev Instagram profilida frontend haqida jonli efir bo'ladi. Umumiy ko'rinishda gaplashamiz - Mohirdev Instagramda

Umumiy
- Ko'zlari quvonishi uchun turli xil qiziq miniatyuralar

#dayjest
👍10🔥7
Mohirdev uchun yozilayotgan Frontend asoslari kursidagi kontent hajmi 40 soatlik dovondan o'tdi. Hali responsivega kelmaganimizda. Oldinda yana tahminan shundan 2 barobar hajmdagi kontent qo'shilishi kerak.

Responsive
Sass
Pug
Gulp
Bootstrap 4
Bootstrap 5
Tailwind
👍40🔥16
Forwarded from /day
Senior engineers aren't “faster” or “smarter”.

They've just seen it before.
👍492🔥2
Mohirdevning savol-javoblar uchun mo'ljallangan boti bor. O'sha botdan kelib tushgan savollar bir guruhga yig'iladi. Savollarni ko'rib dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlarga ba'zi tavsiyalarni bermoqchiman.

"Sizlarda falon narsa bo'yicha kurs bormi?"
Yechimi - Googledan "Mohirdev" deb qidirib, mohirdev.uz deyilgan saytga kirib ozgina vaqt ajratib ko'rib chiqish.

"Falon kursda nimalar o'rgatiladi?"
Yuqoridagi tavsiya. Ozgina vaqt ajratib saytni ko'rib chiqing.

"Matematika/ingliz tili kerak bo'ladimi?"
Googledan "dasturlash matematika" va "dasturlash ingliz tili" deb qidiring.

===

Bu kabi holatlar yoki internetdan foydalanish savodxonligini o'rgatish qoniqarsiz bo'layotganini, yoki odamlar buni o'rganishga hafsala qilmayotganini bildirishi mumkin. Haqiqatda ko'pchilikda internet deganda Telegram, YouTube, Instagram, PlayMarket va shu kabi narsalar hayolga keladi. Qolgani haqida ma'lumot yo'q.

Internet zo'r imkoniyatlar manbai. To'g'ri foydalanishni bilish kerak. Tamom.

===

Ko'zoynagimni qachondir qiyshaytirib qo'ygandim tushirib yuboray deb ushlab qolganimda. Ham chap tomonidagi oynasi ilinibroq turadi joyida. Lekin ko'rish uchun muammo yo'q. Orada bir shogirdim bilan gaplashganimizda bir qitmir gaplari va undan keyin biroz o'ylab ko'rgandan keyin yangi ko'zoynak olaymi deb o'ylab qoldim. Haqiqatda hozirgi holatimda yuzimga qaragan odam yoki yuz, yoki ko'zoynak qiyshiq deb o'ylaydi 😁

Lekin shu ish berib turgan narsani alishtirish shartmi deb ham o'ylab qolyapman. Yana bilmadim.

===

Najot Ta'limda yaqin orada intensiv/bootcamp frontend kursi ochilar ekan. 24-aprelda imtihon - https://t.iss.one/najottalim/2816. Qiziqqanlar bo'lsa, eslatma. Hozir qabul faqat imtihon bilan bo'lgani uchun shu imtihon bo'ladigan paytlarigina darsga qo'shilsa bo'ladi.

===

Kashfiyot qilish, narsalarning "kapot tagida" qanday ishlashiga qiziqtirish uchun har xil manbalar bor: kitob, ensiklopediya, kino... Menga eng ko'p yoqqanlaridan biri "Dr. Stone" anime/mangasi bo'ldi. Anime hali tugamagan, manga esa yaqin 1-2 oy ichida tugadi. Juda qiziq g'oya atrofida fizika, kimyo va shu kabi aniq fanlarga qiziqtira olishi mumkin odamni.

===

Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'p joyda ishlash yoki asosiy ishga qo'shimcha biron buyurtma olish oson emas. Yaqin kelajakda qo'shimcha ishlarimni tugatib tinchgina dasturchi bo'lib 8 soatlik ish kunining o'zida hotirjam ishlab yuraymi deb o'ylab qolyapman ko'p. Anchadan beri.
👍10🔥62
Forwarded from Sariq Dev
Dasturlashni o'rganishda siz duch kelayotgan eng katta muammo nima?

Aynan dasturlash o'rganish jarayongizda qanday muammolar sizni qiynagan yoki qiynab kelmoqda?

✍️ Fikringizni izohlarda qoldiring!
👍10
Asabingiz bir "mazza" qilsin 🤪 (keyingi postdagi GIFga qarang)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Как же меня это бесит
🔥17👍103🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍659🔥6
Sertifikat "bir tiyin"

Kursni bitirganlik haqida sertifikat befoyda narsa. U Udemydan bo'ladimi yoki biron o'quv markazdan buning ish beruvchi uchun biron qiymati yo'q*.

Sabablari:
- hech kim o'z o'quvchisiga "zo'r bitirdi" deb keyin u o'quvchi suhbatda qovun tushurishini xohlamaydi;
- o'quvchining sertifikat olgani kursdagi mavzularni qay darajada yaxshi o'rganilganini ifoda qilmaydi;
- yomon o'qigan o'quvchi bir amallab kurs oxiriga yetib borolgan bo'lsa, "guruhining ichida qoniqarsiz o'qigan" deyilgan sertifikatni ish beruvchiga ko'rsatmaydi.

Sertifikatning qadri yo'q ekan. Nima muqobil variant bor?
O'quvchilarning mustaqil ishlaridagi baholari va unga berilgan fikrlar (feedback) ochiq e'lon qilinishi.

Foydalari:
- tashqaridagilar o'quvchilarning asl holatini, qaysi mavzuda oqsashini biladi;
- o'quv markaz davomiy tarzda qoniqarsiz o'qiyotgan o'quvchining baholarini ommaga chiqarmaydi. Buning o'rniga o'quvchining o'zini kursdan chiqarib yubora qoladi;
- baholar ommaga chiqishni boshlagandan so'ng o'quvchilar uyalib qolmasligi (hech bo'lmasa, uyidagilardan) uchun yaxshiroq o'qishni yoki o'qituvchisidan ko'proq talab qilishni boshlaydi.


*Oracle, Cisco va shu kabi katta tashkilotlarning sertifikatlari qiymatli bo'la oladi. Sababi - ular sohadagi yetakchilar tomondan murakkab ko'rinishda tuzilgan. Shu bilan birga bu sertifikat ishga kirishda qo'shimcha talab, asosiy emas. Sertifikatni bir amallab olvolsagu, lekin kundalik ishdagi vazifalarni eplab qilolmasak, bu yaxshi emas. Ish beruvchi bunday odamni ishga olishni xohlamaydi.

#fikrlar
👍23🔥9