4.17K subscribers
1.18K photos
86 videos
30 files
1.72K links
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Download Telegram
Doska, elektr isitgich, mehmonjonlar uchun krujkalar keldi.
Xudo xohlasa, joy bitishiga oz qoldi. Sizdachi, vazifalar bitib qoldimi? 😊
Ofis masalasidagi yangiliklar bo'lgunicha Humoyunning YouTube kanalida JS bo'yicha videodarslarni ko'rib turishingiz mumkin. Humoyun bilan Najot Ta'limda hamkasbmiz. Lekin ularda JS va React bo'yicha "боевой", ya'ni ish muhitidagi tajriba bor. Hozircha kanallarida JavaScript asosida tuzilgan 2 ta loyiha, JSdagi string metodlari, o'zgaruvchi turlari va yana o'ziga xos muhim bo'lgan hoisting va scope bo'yicha ham video bor.

YouTube kanal: https://www.youtube.com/channel/UCRFr3Q-uYWt9MSORgOyRRAw
Telegram kanal: https://t.iss.one/khumoyun_codes
Xonaning hozirgi holati
Xonamizning hozirgi holati (yuqoridagi rasmlarda).

Kechroq dasturlashga qiziquvchi ayol-qizlarni xursand qiluvchi yana bir loyiha haqida post chiqadi. Uni ham ulashishga yordam berasizlar, degan umiddaman.
Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?

Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy

Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.

O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.

Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!

Omad!
Forwarded from HTML Academy
Forwarded from HTML Academy
Правила хорошего код-ревью

Код-ревью — игра в кошки-мышки. Это может быть помощь новичку, второе мнение, детальная проверка перед деплоем. В ревью часто не проверяют каждую запятую, и, в зависимости от цели, некоторые вещи можно пропустить.

Собрали советы по код-ревью в карточки 👇
​​Xudo xohlasa, keyingi hafta mentorlik loyihasini boshlaymiz. Shu kungacha o'z ishlarini yuborganlar va umuman loyihaga qiziquvchilar uchun loyihadagi asos kunlik rejani ta'riflab beray.

9:00-10:15 - Stendap, muhokama vaqti

Scrum jamoaviy ishlash yondashuvidan xabari borlar stendap uchrashuvda nimalar bo'lishini bilishadi. Odatda jamoalar ish kuni birinchi o'rinda Scrum miting o'tkazishadi. Unda jamoa a'zolari quyidagi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishadi:
- kecha nimalar bajarildi
- vazifalarni bajarish davomida nima muammolarga duch kelindi
- bugungi ish rejasi
Muammoli nuqtalarning yechimini topishda kim yordam bera olishi mumkinligini ham shu vaqtda aniqlab olsa bo'ladi.

Stendap miting tugagandan so'ng muhokama vaqti boshlanadi. Unda o'quvchilar o'zlarida yig'ilib qolgan savollarga javoblarni boshqa o'quvchilar bilan birgalikda topishlari mumkin bo'ladi.


10:15-12:15 - mustaqil oʻrganish

O'quvchilar o'zlari o'rganishni reja qilgan mavzularini turli tavsiya qilingan manbalar asosida o'rganishni boshlaydilar. O'rganish davomida paydo bo'lgan savollarni yozma ko'rinishda saqlab qo'yishlari kerak bo'ladi. Keyingi muhokama yoki tanaffus paytida savolga javob topilsa, javobni ham savollar turgan sahifaga qo'shib qo'yiladi. Bu keyingi keladigan o'quvchilar uchun yaxshi bilim ombori vazifasini bajaradi.


12:15-14:00 - tanaffus


14:00-14:40 - muhokama

Kunning birinchi qismida paydo bo'lgan masalalar yechimi haqida gaplashiladi.


14:40-16:45 - mustaqil oʻrganish

Yangi narsalarni o'rganish, bilganlarimizni mustahkamlashda davom etamiz.


17:00-18:00 - master klass (vaqti o'zgarishi mumkin)

Hamma o'quvchilarga birdek foydali bo'lishi mumkin biron nozik mavzu bo'yicha mentor mini-dars o'tib beradi. Masalan, Git va GitHub asoslari, verstka davomida qanday muhim qoidalarga amal qilish kerak, JavaScript asosidagi biron mashqning yechimi va hokazo.


18:00-19:00 - ixtiyoriy takrorlash/mustaqil oʻrganish.

Kun oxirida o'quvchilar birga biron kino, multfilm yoki foydali videolar ko'rishlari yoki xohlasalar, uyga qaytishlari ham mumkin bo'ladi.

Ana shunaqa 😊 Bu rejadagidan ko'ra optimalroq yondashuvlar chiqsa, shu yondashuvga o'tamiz.


ℹ️ Ma'lumot uchun:
Saralash muddati tugashiga 2 kundan ko'proq vaqt qoldi. Hozirgacha kelib tushgan ishlar soni 25 ta.

🌐 Loyiha va saralash haqida batafsil ma'lumot