«Maxam-Chirchiq» AJ | Rasmiy kanal
1.37K subscribers
3.92K photos
347 videos
6 files
773 links
«Maxam-Chirchiq» AJ - O'zbekistonda mineral o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri.
Matbuot xizmati bilan aloqa:+998707193256
[email protected] Tarmoqlar: https://taplink.cc/maxamchirchiq
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#seminar

ENERGIYA TEJAMKORLIGI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Bugun korxonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda “UzGasTrade” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari hamda korxona ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va energetiklari ishtirok etishdi.


Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-iyunda qabul qilingan PQ-222-sonli qarorida belgilangan vazifalar, kimyo korxonalarida elektr energiyasini tejash, energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirlgan ishlar hamda kelgusi rejalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida korxonada elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralarini ko‘rish, kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z bordi.


“Maxam-Chirchiq”AJ Matbuot xizmati
👍4🤨21🤣1
“NAVOIYAZOT” AJ JAMOASIGA!

Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik quvvatlaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.


Oʻzining shonli 60 yillik tarixi davomida “Navoiyazot” AJ yildan yilga rivoj topdi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi koʻpaydi, dunyoning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsion loyihalar ishga tushirildi, jamiyatda fidoiy kimyogarlar, oʻz kasbining mohir ustalari jamoasi kengaydi. Ayni paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dunyoning deyarli barcha qitʼalariga yetib bormoqda! Bularning barchasi “Navoiyazot” AJni mamlakatimiz kimyo sanoatining tayanchiga aylantirdi, desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda bevosita davlatimiz rahbari tashabbusi va ishtirokida “Navoiyazot”da amalga oshirilgan 2 milliard dollardan ziyod 3 ta yirik loyiha, nafaqat korxona faoliyatida, balki kimyo sanoati tarixida kuzatilmagan voqea hisoblanadi. Tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 70 ga yaqin turi, kimyo mahsulotlarining 41 foizi aynan mazkur korxona hissasiga toʻgʻri keladi. “Navoiyazot” AJ oʻz mahsulotlari bilan togʻ-kon sanoati, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, yoqilgʻi-energetika kompleksi, tekstil sanoati, shuningdek, xizmat koʻrsatish, fan, madaniyat, taʼlim sohalarining deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan va barcha yoʻnalishlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.


Shu munosabat bilan korxonaning koʻp ming sonli kimyogarlar jamoasi va mehnat faxriylarini, korxona rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan barcha kasb fidoiylarini ushbu tarixiy sana bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining katta jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklayman!

Oldimizga qoʻygan ulkan marralarni zabt etishda, xalqimizning farovon turmushi, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda hissa qoʻshishda “Navoiyazot” AJning salohiyatli va ahil jamoasiga shijoat va gʻayrat, korxonaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman!


Hurmat bilan,
Timur Muxamedjanov
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#18_noyabr_davlat_bayrog'i_kuni

18-noyabr - O'zbekiston Respubliksi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar va yoshlar o'rtasida "Bayrog'imiz - g'ururimiz!" mavzusida "Ommaviy diktant" o'tkazildi. Unda:

🥇- o'rinni Bug' ta'minoti sexi xodimi - N. O'rmonova;
🥈- o'rinni Tibbiy reabilitatsiya markazi xodimi - Sh.Sulaymanova;
🥉- o'rinni NO'A va A sexi xodimi - A.Madimarova, Xalq iste'mol mollari bo'limi xodimi - T.Tulkunova hamda 2-Ammiak sexi xodimi E.Abdukarimov egalladi.


Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍7🔥31
#jarayon
#yashil_makon

Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” va “Yashil belbog‘” umummilliy loyiha doirasida ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Loyihada “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etib, korxona hududi va unga tutash bo‘lgan hududlarda yashil maskan tashkil etish maqsadida manzarali va mevali ko‘chatlar hamda butalar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.


“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati
👍6😁1🆒1
#18_noyabr
#chorlov

"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati xodimlari O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'iga yuksak ehtirom ko'rsatmoqdalar.


"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍4👏2🔥1
#davlat_bayrog'i_kuni
#ichki_turizm

18-noyabr O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining 50 nafar xotin-qizlari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.


"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍5