«Maxam-Chirchiq» AJ | Rasmiy kanal
1.36K subscribers
3.84K photos
340 videos
6 files
747 links
«Maxam-Chirchiq» AJ - O'zbekistonda mineral o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri.
Matbuot xizmati bilan aloqa:+998707193256
[email protected] Tarmoqlar: https://taplink.cc/maxamchirchiq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Maxam-Chirchiq" AJda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida jamiyatining “Ta'mirlash-qurilish xo'jaligi boshqarmasi” ishchi-xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to'g’risida videolavha

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
.
Kalsiy va magniy qo‘shimchali
AMMIAKLI SELITRA
(NH4NO3)

ГОСТ 2-2013 (Kod TIFTN 310 230 9000)

♻️ Ammiakli selitra - tez ta’sir etuvchi nitrat shaklidagi, tarkibi 34,4 % azotdan iborat bo‘lgan universal azotli o‘g‘itdir. Ammiakli selitra o‘g‘iti dehqonlarimiz tomonidan keng qo‘llaniladigan o‘g‘itlardan biridir. O‘g‘it o‘simliklar tomonidan to‘liq va tezda o‘zlashtiriladi, u turli qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga samarali ta’sir etadi.

❇️ Mahsulot donadorlangan holda ishlab chiqariladi, suvda yaxshi eriydi. Ammiakli selitra qo‘shimcha oziqlantirishda qo‘llaniladigan asosiy o‘g‘itlardan biri bo‘lib, ayniqsa kuzgi boshoqli ekinlarni qo‘shimcha oziqlantirishda qo‘llanilishi yuqori samara beradi.

🌐 Batafsil: 👈
#Ekologiya_va_mehnat_muhofazasi_sohalarida

♻️Kuni-kecha “Maxam-Chirchiq” AJ ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari xodimlari tomonidan Texnologik uskunalarni markazlashtirilgan ta’mirlash, uskunalar, xomashyo va materiallarni butlash sexlarining xodimlariga “Tabiatni hamda mehnatni muhofaza qilish” toʻgʻrisidagi qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PF-46-sonli Farmoni mohiyati, 2024-yilning II choragi yakuni boʻyicha korxonadagi mehnat muhofazasi holati toʻgʻrisida ma’lumot, atmosfera havosining ifloslanishini, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish boʻyicha har bir xodim oʻz mas’uliyatini oshirish yuzasidan targʻibot va tashviqot suhbati o‘tkazildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
“MAXAM-CHIRCHIQ” AJNING
RASMIY BAYONOTI

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlanganligi holati yuzasidan “Maxam-Chirchiq” AJquyidagilarni maʼlum qiladi.
“Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (hozirda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) 2018-yil 17-yanvardagi 319/03-151-1-son xatiga asosan tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarning Davlat roʻyxatidan chiqarilgan. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga (Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999-yildagi 54-son, 28.02.2018-yildagi 149-son, 29.03.2021-yildagi 162-son qarorlariga) asosan mineral oʻgʻitlarning boshlangʻich narxlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mustaqil ravishda tashkilotning samarali faoliyatini taʼminlovchi rentabellik darajasini inobatga olgan holda belgilanib birja savdolari orqali realizatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, “Maxam-Chirchiq” AJ oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonuni talablari doirasida yuritib kelmoqda va bugunga qadar “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi holati tasdiqlanmagan.
Bundan tashqari, mineral oʻgʻit bozorida sogʻlom raqobat muhiti yaratilgan boʻlib, isteʼmolchilarga tanlov huquqi berilgan. Xaridorlar “Maxam-Chirchiq” AJdan tashqari “Navoiyazot” va “Fargʻonaazot” AJlari tomonidan ishlab chiqarilgan azotli mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda birja savdolari orqali xarid qilish imkoniyatiga ega.
Maʼlumot uchun, “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan 2023-yilda birja savdolariga qoʻyilgan 790 ming tonna ammiakli selitraning 297,4 ming tonnasi (37,6%), 117,2 ming tonna karbamidning 108,1 ming tonnasi (92,2%), 203,1 ming tonna sulfat ammoniyning 152,9 ming tonnasi (75,3%) hamda 2024-yil 6 oyi davomida 345,2 ming tonna ammiakli selitraning 158,7 tonnasi (45,9%), 52,5 ming tonna karbamidning 51,8 ming tonnasi (98,7%) va 152,9 ming tonna sulfat ammoniyning 117,8 ming tonnasi (77,0%) sotilgan.
Bugungi kunda jamiyat tomonidan azotli mineral oʻgʻitlar boshlangʻich narxlarini 3 foizdan 10 foizgacha tushirilgan holda birja savdolariga qoʻyish amaliyoti joriy qilingan.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida birja savdolarida sotilgan ammiakli selitraning boshlangʻich narxi 2 793,3 ming soʻm boʻlsada, amaldagi oʻrtacha sotish narxi 2 668 (-4%) ming soʻmni tashkil etgan. Karbamid 3 513,7 ming soʻmdan amalda 3 799,8ming soʻmga (+8%) va sulfat ammoniy 2 117,3 ming soʻmdan amalda 2 126,1 ming soʻmga (+0,4%) oʻzgargan.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish lozim, “Maxam-Chirchiq” AJ har qanday vaziyatda, isteʼmolchilar, mamlakatimiz fermerlari, klasterlar hamda tadbirkorlarni sifatli mineral oʻgʻitlar va kimyoviy mahsulotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlashga intilgan.
Shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 3-iyuldagi 1-01-2024/62-son ajrimiga koʻra bugun, ya’ni 9-iyul kuni Raqobat, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya hamda “Maxam-Chirchiq” AJ vakillari ishtirokida mazkur qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan muhokamalar oʻtkaziladi va ish batafsil koʻrib chiqiladi.
Yakuniy natija va xulosa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.  
 
“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori 7-bandi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Maanfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish maqsadida “Maxam-Chirchiq” AJning Komplayens boshqarmasi tomonidan jamiyatning rahbar xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida onlayn test sinovlari o‘tkazildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati