Quvonch Matchan | Dizayn blog
1.02K subscribers
263 photos
18 videos
12 files
122 links
Brend dizaynerning fikrlarini o’qishingiz mumkin )

Shaxsiy: @matchanovv
Download Telegram
Forwarded from Najot Ta'lim
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘mlik grant e’lon qiladi!

An'anaga muvofiq «Najot Ta’lim» va «Cambridge LC» vatan va millat oldidagi burchini his etgan holda «Kelajak yoshlari» grant dasturini davom ettiradi.

O'z qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda 2025-yilgi «Kelajak yoshlari» grantiga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz.

Grant doirasida nimalar mavjud?

— 100 nafar yigit-qiz 1 yil davomida bepul ta'lim oladi;
— Yo'nalishlar: Ingliz tili + dasturlash yoki grafik dizayn;
— 50 ta joy — Toshkent filiallari uchun;
— 30 ta joy — Farg'ona filiali uchun;
— 20 ta joy — Samarqand filiali uchun;

Grant dasturi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan insonlar uchun tashkil etilgan. Grantga nomzodlar motivatsion videomurojaat va suhbat asosida saralab olinadi.

Ta'kidlab o'tamiz, «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni amalga oshirishda hech qanday moddiy manfaatlarni ko'zlamagan. Ushbu ta'lim granti haqiqatan muhtoj insonlarga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yuborishingizni so'raymiz.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

📌 Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 13-martdan 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

📞 78-888-9-888 | najottalim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥21👍1
Bugun kayfiyatimni hech kim buzolmaydi endi )
447🎉13🔥7🏆5
Birinchi lentam uchun o’zimga o’zim sovg’a qildim)

Endi har safar lenta olganda sovg’alarni kattalashtirib boraman, o’zimga motivatsiya bo’lishi uchun )
🔥298👍31😁1
Forwarded from Azizbeck | wys
Quvonchbek Matchanov ustoz bilan bo'lgan suhbatdan xulosa!

Ideal logo yo‘q, yaxshi logo bor!

Mukammal logotip degan narsa yo‘q. Hatto eng katta brendlarda ham logotiplarining kamchiliklari bor. Ammo yaxshi logo mavjud – u reja, tahlil va tajriba natijasidir.

Yaxshi logo qanday yaratiladi?
* Brifing olish. Mijozga aslida nima kerakligini tushunish – dizayn jarayonining boshlang‘ich va eng muhim bosqichi.
* Research. Raqobatchilarni o‘rganish, ularning vizual identifikatsiyasi qanday ishlashini tushunish va tendensiyalarni tahlil qilish kerak.
* Eskiz va konsepsiyalar. Birinchi chizilgan logo – eng yaxshi variant emas. Kuchli logo o‘nlab eskizlar va sinovlardan o‘tadi.
* Takomillashtirish. Yaxshi dizayn vaqt va tahlil talab qiladi. Har bir detal puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.

Yaxshi logotip bu chiroyli grafika emas, balki strategik fikrlash va biznes maqsadlariga mos vizual identifikatsiya!

Siz uchun yaxshi logotip qanday bo‘lishi kerak? Izohlarda fikringizni kutaman!👇

@Azzbeck_blog
2👍124
Menga kichik yordamingiz kerak)

O'zingiz tanigan va yaxshi deb bilgan aynan logo bo'yicha yaxshi dizaynerlarni izohga yozib keting iltimos )
Agar o'zingiz shunday inson bo'lsangiz va online loyihalar sizga qiziq bo'lsa menga portfolioingizni yuborsangiz birga ishlashimiz mumkin.

Murojaat uchun shaxsiy: @matchanovv
👍2
Forwarded from Habibjon Homidov
Baʼzida tezlik sifatdan muhim, baʼzan esa Sifat tezlikdan muhim.

Qachon qaysi muhimligini bilish bu intuitsiya.

Intuitsiya bu bilim va tajriba

Qoʻshimcha: Sifat vaqt talab qiladi, Lekin ular bir birga qarshi emas.
2💯125👌51👍1
Forwarded from Saidahmad Adhamov
🤷‍♂106
Ushbu post izohida o'z xizmatlaringizni turlari va portfoliongizga link qoldirishingiz mumkin. Dizayner bo'la turib ba'zida loyihalarda birga ishlash uchun dizayner topolmay qolaman, balki bu ko'pchilikda bo'layotgan muammodir, bir birimizni osonroq topib olardik )

Ham bu kanalda marketolog va biznes egalari ham bor )

@matchanov_blog
9
Bozorda hozir qadoq bo‘yicha ishlaydigan dizaynerlarga talab juda yuqori, ammo bunday mutaxassislar juda kam uchraydi. Oldingi post izohlarida birortasini ham ko‘rmadim.
Agar sohada yangi bo‘lsangiz va qaysi yo‘nalishda rivojlanishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, ikkilanmay qadoq dizayni bo‘yicha o‘sishni boshlang. Sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalana olsangiz, bu yo‘nalishda tez orada yuqori darajaga chiqib olasiz. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zingizni shu sohada faoliyat yuritayotganingizni ko‘rsatib borsangiz, 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda 2X o'sasiz, shubhasiz)

Ko‘p o‘ylanib o‘tirmang, harakat qiling. Bugungi tezkor hayotda haddan tashqari ko‘p o'ylanadiganlar doimo yutqazmoqda.

@matchanov_blog
1👍8🔥3💯2
Bugungi kunda dizayner bo'lsangiz sizda bo'lishi kerak:
1. Sun'iy intelekt bo'yicha bilim
2. Figma, Illustrator, Photoshop, CorelDraw
3. Ishingizni tartibli va tizimli qiluvchi dasturlar, Notion, Clickup, Miro...
4. Soft ko'nikmalar (Juda shart)
5. Bizneslar modeli va bizneslarni umumiy tushunish
6. Feedbacklar bilan ishlash
7. Farosat
8. Boshlang'ich marketing bilimlari
9. O'zingizni ommaga tanitib borish
10. Networkingni kuchaytirish va borlarini mustahkam ushlab turish
11. Tanangizga va sog'ligingizga e'tibor
12. Hayotiy bilimlarni rivojlantirish
13. Macbook )

Siz davom ettriring...
🔥33😭93👍2
Abba jamoasiga brend dizayner qidiryapmiz
Agar brend dizayner bo‘lsangiz va tajribangiz davomida logotip, aydentika hamda qadoq dizaynlari bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlaringiz ko‘p bo‘lsa, sizni o‘z jamoamizga taklif etamiz)
Bizda yaratilgan qulayliklar faqat kuller bilan cheklanmaydi) Sizni choy, qahva, kompaniya hisobidan tushlik, qulay va shahar markazidagi ofis, haftalik "team building"lar va kuchli mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyati kutmoqda.
Xullas, kelganingizda mazza qilib ishlaymiz.
Maoshga kelsak, darajangizga qarab to‘lashga tayyormiz va bonuslar ham mavjud.

Agar bu bo‘sh ish o‘rni sizga qiziqarli bo‘lsa, menga murojaat qilaverasiz: @matchanovv
👍4