Mass-media fondi
2.29K subscribers
958 photos
56 videos
1 file
208 links
Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining rasmiy Telegram kanali

👉 www.massmedia.uz

👉 fb.com/massmediafond

👉 instagram.com/massmediauz

👉 linkedin.com/company/massmediauz/

👉 youtube.com/@massmediauz

👉 x.com/massmediauz
Download Telegram
Milliy mass−mediani qo‘llab−quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining loyihalari taqdimotidan lavhalar

@massmediauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining loyihalari taqdimotida O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo’jayev tomonidan bildirilgan fikrlar

===

Мысли, выраженные ректором Университета журналистики и массовых коммуникаций Шерзодхоном Кудратходжаевым на презентации проектов Общественного фонда поддержки и развития национальных масс-медиа

@massmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining loyihalari taqdimotida Anhor.uz internet-nashri bosh muharriri Lola Islamova tomonidan bildirilgan fikrlar

===

Мысли, выраженные главным редактором веб-издания Anhor.uz Лолой Исламовой на презентации проектов Общественного фонда поддержки и развития национальных масс-медиа

@massmediauz
Forwarded from Komil Allamjonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Масс-медиа фонди лойиҳалар тақдимоти бўлиб ўтганига ҳам кўз очиб, юмгунча бир ҳафта бўлибди.

Лойиҳамиз тақдимотига вақт ажратиб келгани барчага, шу жумладан ЕХҲТ элчиси жаноб Жон МакГрегорга алоҳида миннатдорлик билдираман. ЕХҲТ билан ҳамкорликда кўплаб лойиҳаларни амалга оширамиз деб ишонаман.

@allamjonov_ki
Forwarded from Komil Allamjonov
Бугун Швейцариянинг Ўзбекистондаги фавқулодда ва мухтор элчиси жаноб Оливье Шав билан учрашув ўтказдик.

Суҳбат самимий ва дўстона бўлди. Учрашув чоғида жаноб Шавга Жамоат фондининг мақсади, режалаштирган лойиҳалари ҳақида сўзлаб берилди.

Шунингдек, учрашув давомида жаноб элчи билан Ўзбекистондаги масс-медиа соҳасини ривожлантиришга оид икки томонлама самарали лойиҳаларни амалга ошириш борасида ҳамкорлик масалалари ҳам муҳокама қилинди.

@allamjonov_ki
Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-yil 12-fevral kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab Jamoatchilik kengashi raisi, o’rinbosari va kotibi saylandi. Ochiq ovoz berish orqali AnhorUz nashri bosh muharriri Lola Islamova Jamoatchilik kengashi raisi, bloger Qobil Xidirov rais o’rinbosari hamda bloger Laziz Hamidov kotib sifatida saylandi.

Shundan so’ng matbuot sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Jamoatchilik kengashi a’zolari sohaga oid bir nechta qonun va qonunosti hujjatlarini bitta kodeks sifatida birlashtirishni, ushbu masala yuzasidan katta tajribaga ega jurnalistlar, huquqshunoslar va ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzishni taklif qilishdi.

Bundan tashqari, media sohasidagi vakant ish joylari haqida ma’lumotlar beruvchi portal yaratish orqali jurnalistlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, jurnalist va blogerlar uchun o‘quv hamda tajriba almashish kurslarini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, milliy mass-media sohasidagi muammolarni batafsil, mohiyatan o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida turli mavzularda, xususan, jurnalistikada gender tengligi va muammolari masalasi, O‘zbekistonda mass-medianing rivojlanish tendensiyalari, blogerlik sohasiga oid tadqiqotlar o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Jamoatchilik kengashi quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. Sherzodxon Qudratxo‘jayev (O‘zJOKU, Xalqaro press-klub)
2. Azamat Atajanov (GazetaUz)
3. Umid Shermuhammedov (KunUz)
4. Muhrim A’zamxo‘jayev (DaryoUz)
5. Xurshid Daliyev (HumanUz)
6. Qamariddin Shayxov (QalampirUz)
7. Abdug‘ani Abdurahmonov (XabarUz)
8. Lola Islamova (AnhorUz)
9. Jaloliddin Safoyev (SevimliTV)
10. Qobil Ahmedov (MY5 va Yoshlar TV)
11. Hojimurod Atakulov (Oriat-dono FM)
12. Qobil Xidirov (bloger)
13. Nozim Safarov (bloger)
14. Ali Qahhorov (bloger)
15. Laziz Hamidov (bloger)
16. Kirill Altman (bloger)
17. Feruzxan Yakubxodjayev (bloger)
18. Nikita Makarenko (bloger)
19. Sasha Ivanyujenko (bloger)

@massmediauz
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishidan lavhalar


@massmediauz
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
«Кўнгил кўзи» лойиҳаси доирасида Тошкентдаги имконияти чекланган болалар махсус мактаб-интернатига борганимизда бизга у ерда етишмаётган инглиз тилидаги бадиий адабиётлар ва дарсликлар рўйхати берилган ва ушбу муаммони ҳал қилишда ёрдам сўралган эди.

Бугун ўқувчилар истаган китоблар Лондондан етиб келди. Уларнинг Тошкентдаги 77-сонли кўзи ожизлар мактаб-интернатига тегишлилари директор Рустам Сафаровга топширилди.

Қолган китоблар ҳам тез орада юртимиздаги барча махсус мактаб-интернат ўқувчилари қўлига етиб боради.

@massmediauz

#Uzbekistan #SMirziyoyeva #5tatashabbus #KongilKozi #MassMediaUz
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Forwarded from Saida Mirziyoyeva