Mass-media fondi
2.23K subscribers
1.03K photos
56 videos
1 file
222 links
Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining rasmiy Telegram kanali

👉 www.massmedia.uz

👉 fb.com/massmediafond

👉 instagram.com/massmediauz

👉 linkedin.com/company/massmediauz/

👉 youtube.com/@massmediauz

👉 x.com/massmediauz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zo‘ravonlik nafaqat jismoniy shikast yetkazish, balki onlayn tazyiq o‘tkazish orqali ham amalga oshiriladi. Bugungi kunda ko‘plab xotin-qizlar axborot hujumlarining qurboniga aylanmoqda.

Mass-media fondi raqamli makondagi zo‘ravonlikning sabablari va oqibatlari haqida jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarining fikrlarini jamladi.

Mazkur tashabbus “Genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kampaniyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “SHE LEADS” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

---

Насилие — это не только физические побои, но и онлайн травля. Многие женщины становятся жертвами информационных атак, уничижающих их достоинство.

Фонд массмедиа собрал мнения блогеров и активистов о причинах и последствиях насилия в цифровом пространстве.

Инициатива приурочена к проведению глобальной кампании «16 дней активных действий против гендерного насилия» и реализуется в рамках нашего проекта «SHE LEADS».

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada milliy media makonida e’lon qilingan qiziqarli materiallar to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz.

Iqtisodchi Yuliy Yusupovning import o‘rnini bosish siyosatining xalq va umuman mamlakat farovonligiga salbiy ta’siri haqidagi maqolasi. Material Anhor.uz internet nashrida e’lon qilingan.

OIV bilan yashayotgan Azima Yodgorovaning hayotiy hikoyasi. Hikoyada OIV bilan yashovchi shaxslarga ijtimoiy stigmalarning qanday ta’sir ko‘rsatishi, Azimaning ona bo‘lish tarixi va har kunlik hayoti haqida so‘z boradi. Maqola Gazeta.uz jurnalisti Gulirano Musayeva tomonidan tayyorlangan.

Kun.uz nashrining tez tibbiy yordam xizmati xodimlari o‘z faoliyatida duch kelayotgan qiyinchiliklar haqidagi reportaji.

Daryo.uz jurnalisti Sardor Ali Nurmatovning Toshkentda havo sifatining yomonlashuvi sabablari va oqibatlari haqidagi maqolasi.

"Xuk" jurnalisti Anastasiya Cherepanova tomonidan maktablardagi bulling muammosi va unga qarshi kurashish usullari haqida tayyorlangan tahliliy material.

Spot tahririyati tomonidan 2024-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan xorijiy kompaniyalar haqida tayyorlangan maqola.

Qurultoy podkastining o‘zbek musiqasi tarixiga bag‘ishlangan navbatdagi soni.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Предлагаем вашему вниманию нашу традиционную подборку интересных материалов национальных СМИ, вышедших на прошлой неделе.

Колонка экономиста Юлия Юсупова для Anhor.uz о негативном воздействии политики импортозамещения на благополучие народа и страны в целом.

История Азимы Ёдгоровой, живущей с ВИЧ; как на ней отразилась социальная стигма, и как она смогла стать матерью и жить ярко и насыщенно. Автор текста — журналистка «Газеты.uz» Гулирано Мусаева.

Репортаж Kun.uz о сложностях, с которыми сталкиваются сотрудники служб скорой помощи в своей работе.

Лонгрид журналиста Daryo.uz Сардора Али Нурматова о причинах и последствиях ухудшающегося воздуха в Ташкенте.

Разбор темы буллинга в школах и методах борьбы с ним, проведённый журналисткой «Хук» Анастасией Черепановой.

Обзор иностранных компаний, вышедших на рынок Узбекистана в 2024 году. Подготовила редакция Spot.

Подкаст Qurultoy, посвящённый истории узбекской музыки.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Mass-media fondi va Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) tomonidan milliy va xorijiy OAV hamda korporativ sektor vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda media sohasini rivojlantirish istiqbollari, korporativ aloqalarning xalqaro maydonda O‘zbekiston imijiga ta’siri, chet ellik o‘quvchilar uchun qiziqarli va sifatli kontent yaratish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Jurnalistlar malakasini oshirishda xalqaro kommunikatsiya va jurnalistika standartlarini joriy etishning muhimligi alohida ta’kidlandi.

---

Сегодня состоялось мероприятие с участием руководства Фонда массмедиа, Европейско-узбекской ассоциации по экономическому сотрудничеству (EUROUZ), национальных и зарубежных представителей СМИ и корпоративного сектора.

На встрече были обсуждены такие темы, как состояние СМИ в Узбекистане и перспективы развития медиасферы, влияние корпоративных коммуникаций на имидж Узбекистана, в том числе и на международной арене, создание качественного контента, интересного для читателей из разных стран, а также вопросы укрепления сотрудничества между заинтересованными сторонами. Особо была подчёркнута важность повышения квалификации журналистов и блогеров и внедрения мировых стандартов коммуникации в Узбекистане.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24–25-dekabr kunlari Toshkent viloyatida sudlar matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun gender zo‘ravonlikka oid sud jarayonlarini to‘g‘ri yoritish mavzusida ikki kunlik trening tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, USAID, “East-West Management Institute” nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali, AOKA va Mass-media fondi hamkorligida o‘tkazildi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad sudlar axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish hamda ushbu muhim mavzuni yoritishda sud tizimi, ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.

Tadbir dasturi nazariy qism - ma’ruza va taqdimotlar, shuningdek, real misollarni tahlil qilish bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar gender stereotiplarning sabablarini, zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish masalalarini va media bilan samarali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Bunday nozik mavzularni axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda yoritish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

---

24–25 декабря в Ташкентской области прошёл тренинг для пресс-секретарей судов и представителей СМИ, посвящённый корректному освещению судебных процессов, связанных с гендерным насилием. Мероприятие было организовано при поддержке Верховного суда Республики Узбекистан, USAID, филиала ННО East-West Management Institute (США), AИМK и Фонда масс-медиа.

Основными целями тренинга было повысить квалификацию пресс-секретарей судов и укрепить взаимодействие между судебной системой, СМИ и общественными организациями для создания качественного контента при освещении этой важной темы.

Программа мероприятия включала в себя как теоретическую часть — лекции и презентации, так и практические задания с анализом реальных примеров. Участники обсудили причины живучести гендерных стереотипов, вопросы защиты пострадавших, в том числе жертв кибернасилия, меры по эффективному сотрудничеству. Особое внимание было уделено развитию профессионального подхода к освещению таких деликатных тем с соблюдением этических норм.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mass-media fondi barchani kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklaydi. Yangi yilda omad va baxt Sizni tark etmasin!

---

🇺🇿 Фонд масс-медиа поздравляет всех с наступающим Новым 2025 годом. Пусть Новый год принесёт всем удачу и счастье!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yilda ilk bora milliy media makonida e’lon qilingan qiziqarli materiallar to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz.

Jurnalist, advokat va sudya ishtirokida “Huquqbuzarlik uchun jazoning maqsadi nima?” mavzusidagi suhbat. Ishtirokchilar O‘zbekiston misolida ma’muriy qamoqqa olishning nozik jihatlari, sudyalarga bo‘layotgan tazyiq va odil sudlov tamoyillarini muhokama qildilar. Muallif – “Kun.uz” jurnalisti Farrux Absattarov.

Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi tarixiga (qurilishidan to buzilishigacha) bag‘ishlangan maqola. Material “Gazeta.uz” jurnalisti Farzona Hamidova tomonidan tayyorlangan.

Germaniyaning hukmron sotsial-demokratik partiyasidan Hamburg parlamenti a’zoligiga nomzod, o‘zbek aslli Hanifa So‘ylu Kurashiy bilan suhbat. “Qalampir.uz” muxbiri Abdurahmon Ergashev suhbatlashdi.

Inklyuziya masalalari bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi Dilmurod Yusupovning “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Malayziya Milliy universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritgan ko‘zi ojiz doktorant Saodat G‘ulomova bilan podkasti.

Troll.uz” loyihasi muallifi o‘zbekistonlik kontent yaratuvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ekotizimni qanday yaratgani haqidagi hikoya. Muallif – “Spot.uz” jurnalisti Aziza Zokirova.

Sug‘d tilining o‘zbek va fors-tojik tillariga ta’siri haqida “Qurultoy” podkastining yangi soni. Mualliflar – Eldar Asanov va Nodir Nishonov.

🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM