MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV
6.08K subscribers
874 photos
12.8K videos
9 files
8.71K links
Rasmiy kanalga xush kelibsiz!

📲 Instagramda kuzating:
👉 https://instagram.com/markaziytv

☎️ Murojaat bo'limi: (90) 788 85 79

👉 @fuqaromurojaatbot

🎥 Xabar va yangiliklar uchun: @markaziytvmy5_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 YOSHLI BOLANING AHVOLI OG'IR. DAVOLANISHI UCHUN MABLAG' KERAK

8600 0609 3799 2809
SULTONOVA MAFTUNA
+998997925192

@markaziytv @markaziytv @markaziytv
O‘zbekistonda niqob rejimi rasman bekor qilinadi

😷 O‘zbekistonda maxsus komissiya qarori bilan 1 martdan boshlab niqob taqish rejimi bekor qilinadi. Endi hech kim sizdan niqob taqishingizni talab qila olmaydi.

@markaziytv @markaziytv @markaziytv
🚍💲 Siz yashaydigan manzilda avtobuslarning narxi necha pul?
Anonymous Poll
42%
1 400 SO'M ✔️
41%
2 000 SO'M ✔️
18%
Izohda yozib qoldiraman👇
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

@markaziytv @markaziytv @markaziytv
‼️ O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarning evakuatsiya qilinishini e’lon qildi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va jo‘nab ketish joyi ishlab chiqilmoqda.

Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport ma’lumotlarini Elchixonaning [email protected] elektron manziliga yuborishlari so‘raladi. Ukrainada bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlarini va qo‘shimcha savollar tug‘ilganda Elchixona bilan aloqada bo‘lishlarini so‘raymiz", deyiladi murojaatda.

@markaziytv @markaziytv @markaziytv
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV pinned «‼️ O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarning evakuatsiya qilinishini e’lon qildi Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'ona viloyati Quva tumani “Akbarobod” mahallasining yoshlar yetakchisi faoliyati.

#Yoshlar_yetakchilari

@markaziytv @markaziytv @markaziytv
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV
‼️ O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarning evakuatsiya qilinishini e’lon qildi Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab…
‼️ Украинадаги ватандошларимизда қўшимча саволлар туғилганда Ўзбекистон Элчихонаси билан алоқада бўлишлари сўралади:

Телефон рақамлари:
+38-044-5015000
+38-044-5014182

Электрон манзил:
[email protected]

@markaziytv @markaziytv @markaziytv