Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.86K subscribers
34.4K photos
3.47K videos
11 files
10.9K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Download Telegram
Xabaringiz bor, Andijon viloyatida «Madaniyat va yoshlar» oyligi deb e’lon qilingan.

Ushbu oylik doirasida Andijon viloyati Marhamat tumanida ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi 47-ixtisoslashtirilgan maktabida «Assalom Navro‘z» nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ijodkor yoshlar, iste’dodli bolalar hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan holda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Turli nominatsiyalar bo‘yicha iste’dod egalari aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda «Marhamat tumani «Birlik» MFY hududida yashovchi fuqaro Matluba Eshonqulova nomidan yozib chiqarilgan xabar yuzasidan Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Marhamat tumani tibbiyot birlashmasi 34-oilaviy poliklinika hamshirasi Dilfuza Mirzakarimovani ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i 2023-yil 4-fevral kuni chiqarilgan bo‘lib, mazkur xodim katta hamshira lavozimida bo‘lganligi sababli ushbu xodimdan 34-oilaviy poliklinikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolarning mavjud barcha tibbiy qog‘ozlar, mavjud dori-darmonlar va shu kabilar yozma ravishda hisob-kitob qilib olingandan so‘ng u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2023-yil 27-fevraldan boshlab bekor qilingan.
Hozirda Dilfuza Mirzakarimova tibbiyot sohasida ishlamayotganligini ma’lum qilamiz.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
NAVRO‘Z SAYLIGA MARHABO!

📣 Qadrli marhamatliklar, tumanimizning aziz mehmonlari!

Sizlarni barchangizni 18-mart kuni soat 10:00 dan boshlab tumanimizning «Chilon» MFY Jingirtepa hududida o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayramiga taklif etamiz!

🪁Bu yerda Siz osma dor o‘yinlari, arqon tortish, kurash kabi xalq o‘yinlari, bir-biridan ajoyib va betakror konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin!

📢 Shu bilan birga bahoriy milliy taomlarimizdan sumalak, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, qatlamalar hamda palovxonto‘ra tayyorlanib, bayramga tashrif buyurgan mehmonlarga BEPUL tarqatiladi.

🚗 Shuningdek, tumanda Navro‘z umumxalq bayrami tadbiri munosabati bilan belgilangan qoidalarga asosan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Chilon» mahallasidagi Jingirtepa ko‘chasi «Jingirtepa – Toshtepa» eko turizm maskani kesishgan joygacha avtomashinalarni harakatlanishi ertaga soat 10:00 dan boshlab cheklanishini ma’lum qilamiz!
(Tez tibbiy yordam hamda yong‘in xavsizligi avtomashinalari bundan mustasno).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 ODAMLARU-ODAMLAR ESHITMADIM DEMANGLAR!

Qadrli marhamatliklar, tumanimizning aziz mehmonlari!


Sizlarni barchangizni 18-mart kuni soat 10:00 dan boshlab tumanimizning «Chilon» MFY Jingirtepa hududida o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayramiga taklif etamiz!

🪁Bu yerda Siz osma dor o‘yinlari, arqon tortish, kurash kabi xalq o‘yinlari, bir-biridan ajoyib va betakror konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin!

📢 Shu bilan birga bahoriy milliy taomlarimizdan sumalak, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, qatlamalar hamda palovxonto‘ra tayyorlanib, bayramga tashrif buyurgan mehmonlarga BEPUL tarqatiladi.

🏃‍♂SHOSHILING!🏃‍♀
Katta zavq-shavqdan va chiroyli konsert dasturlaridan bebahra qolmang!
BUNAQASI HALI BO‘LMAGAN!

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
⚡️Марҳамат тумани ҳокимлиги ходимлари “Сиёсий-маърифат соати”да иштирок этдилар

Ҳар ҳафтанинг жума кунлари Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги томонидан давлат хизматчиларнинг билим, кўникмаларини янада ошириш мақсадида “Сиёсий-маърифат соати” ташкил этилиб келинади.

💼 Мазкур ўқув соатида давлат хизматчилари учун муҳим бўлган янгиликлар, касбий компитенцияларини оширишга қаратилган дарслар ҳамда маънавиятини юксалтириш бўйича суҳбатлар намойиш этилади.

☑️ Навбатдаги ўтказилган ўқув соатида Марҳамат тумани ҳокимлиги ходимлари ҳам иштирок этдилар.

👉 @newandijan_uz
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича вазифалар ижроси муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось обсуждение исполнения задач по расширению использования возобновляемых источников энергии.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #GES

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 ODAMLARU-ODAMLAR ESHITMADIM DEMANGLAR!

Qadrli marhamatliklar, tumanimizning aziz mehmonlari!


Sizlarni barchangizni BUGUN 18-mart kuni soat 10:00 dan boshlab tumanimizning «Chilon» MFY Jingirtepa hududida o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayramiga taklif etamiz!

🪁Bu yerda Siz osma dor o‘yinlari, arqon tortish, kurash kabi xalq o‘yinlari, bir-biridan ajoyib va betakror konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin!

📢 Shu bilan birga bahoriy milliy taomlarimizdan sumalak, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, qatlamalar hamda palovxonto‘ra tayyorlanib, bayramga tashrif buyurgan mehmonlarga BEPUL tarqatiladi.

🏃‍♂SHOSHILING!🏃‍♀
Katta zavq-shavqdan va chiroyli konsert dasturlaridan bebahra qolmang!
BUNAQASI HALI BO‘LMAGAN!

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
MARHAMATDA NAVRO‘Z BAYRAMI A’LO KAYFIYATDA O‘TKAZILDI

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida har bir viloyatga alohida o‘zini hududidan kelib chiqqan holda sayl tariqasida o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Bu topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyatimiz hokimi tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tumanlar, tashkilot va muassasalarimizda bayramni yuqori saviyada sayl tariqasida o‘tkazish milliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan milliy udumlarimiz va urf-odatlarimizni hozirda ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimizga qadriyatlarimizni singdirish maqsadida tumanimizda ham Navro‘z bayrami erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Bayram tadbiriga viloyatimiz hokimi Sh.Abdurahmonov tashrif buyurib, barcha tadbir ishtirokchilarini Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

BATAFSIL LOTINDA

Ўзбек кириллда ўқинг

(Davomi keyingi postda)

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.