Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.92K subscribers
34.1K photos
3.39K videos
11 files
10.7K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев чарм-пойабзал саноатидаги устувор вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.
Йиғилишда тармоқдаги муаммоларни ҳал этиб, соҳани тизимли ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди.
Жорий йилда амалга оширилиши мўлжалланган жами 421 миллион долларлик 248 та лойиҳа тўғрисида маълумот берди. Жойларда 16 та ихтисослашган кичик саноат зонаси ташкил этиш, ишлаб чиқарувчиларни молиявий қўллаб-қувватлаш ва соҳа учун кадрлар тайёрлашни яхшилаш белгиланди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам в кожевенно-обувной промышленности.
Обсуждены меры по решению проблем отрасли и ее системному развитию.
Представлена информация о 248 проектах на общую сумму 421 миллион долларов, запланированных на текущий год. Определены меры по созданию 16 специализированных малых промышленных зон, финансовой поддержке производителей и улучшению подготовки профильных кадров.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #charmpoyabzal

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📊 2021-yilda Andijon viloyati tashqi savdo aylanmasi yuqoriligi boʻyicha respublikamizdagi viloyatlar ichida 2-o‘rinni egalladi.

Toshkent sh. – 16,4 mlrd., eksport – 3,8 mlrd., import 12,6 mlrd. AQSH dollari

Toshkent v. – 5,3 mlrd., eksport – 2 mlrd., import 3,3 mlrd. AQSH dollari

Andijon v. – 3,2 mlrd., eksport – 979,5 mln., import 2,2 mlrd. AQSH dollari

Samarqand v. – 1,9 mlrd., eksport – 530,6 mln., import 1,4 mlrd. AQSH dollari

Fargʻona v. – 1,8 mlrd., eksport – 800,7 mln., import 1 mlrd. AQSH dollari

Navoiy v. – 1,2 mlrd., eksport – 508,5 mln., import 657,6 mln. AQSH dollari

Namangan v. – 1,1 mlrd., eksport – 494,6 mln., import 594,8 mln. AQSH dollari

Buxoro v. – 1,1 mlrd., eksport – 311,3 mln., import 775,6 mln. AQSH dollari

Sirdaryo v. – 668,4 mln., eksport – 235,3 mln., import 433,2 mln. AQSH dollari

Qashqadaryo v. – 661,9 mln., eksport – 270,5 mln., import 391,4 mln. AQSH dollari

Qoraqalpogʻiston R. – 657,2 mln., eksport – 418,6 mln., import 238,6 mln. AQSH dollari

Jizzax v. – 532,2 mln., eksport – 196,5 mln., import 335,7 mln. AQSH dollari

Xorazm v. – 516,7 mln., eksport – 230,8 mln., import 285,9 mln. AQSH dollari

Surxondaryo v. – 443,1 mln., eksport – 235,3 mln., import 207,7 mln. AQSH dollari.

Manba

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
Joriy yilning 24-yanvar kuni viloyat prokurori S.Eshquvvatov o‘ziga biriktirilgan Marhamat tumani 2-sektor hududidagi og'ir hudud sifatida qayd etilgan Uvaysiy MFYga tashrif buyurdi.

Tumanimiz hokimi B.Yuldashev hamda sektor rahbarlari hamrohligida u yerda soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma holatlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ushbu hududga maktab zarurligi ta'kidlanib, shu masala bo‘yicha tegishli soha vakillari bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida ushbu hududning 1 km qismi shag'allandi, 120 metr uzunlikdagi gaz tarmoqlari ta'mirlandi. Hududning obodonlashtirish ishlariga e'tibor qaratilib, hududlarda tozalash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, hududning Beshmirza ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tegishli soha vakillariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 24-yanvar kuni viloyat prokurori S.Eshquvvatov o‘ziga biriktirilgan Marhamat tumani 2-sektor hududidagi og'ir hudud sifatida qayd etilgan Uvaysiy MFYga tashrif buyurdi.

Tumanimiz hokimi B.Yuldashev hamda sektor rahbarlari hamrohligida u yerda soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma holatlari bilan tanishdi.

BATAFSIL: videolavhada tanishing.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Bugun, 25-yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Keltirilgan noqulayliklar isteʼmolchilardan uchun uzr soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ogohlantirmoqda:

Mamlakatimizning koʻplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqava hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz!
❗️“Oʻzsuvtaʼminot” AJ:

Respublika miqyosida elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelganligi sababli, ichimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Elekt energiyasi tiklanganidan soʻng ham texnik jihatlarni inobatga olib, suv taʼminoti tizimida kechikishlar boʻlishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
⚡️Elektr tizimidagi avariya Qozogʻistonda yuz bergan

Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, soat 10:57 da Qozogʻiston Respubliksi Elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirgʻiziston elektr tarmogʻida, jumladan Bishkek, Oʻsh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya oʻchishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekisiton elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.

Natijada Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.

Hozirda qoʻshni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda, har bir TESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulash choralari koʻrilmoqda.

Avariya tavsilotlari boʻyicha qoʻshimcha ravishda axborot beriladi.
FVV:

📢 Hurmatli fuqarolar!

Elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli gaz hamda elektr bilan bogʻliq koʻngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida gaz va elektr moslamalarini tarmoqdan vaqtincha uzib qoʻying.
📢 IIV haydovchilarga murojaat qildi:

🚦Respublikamizning baʼzi hududlarida elektr energiyasi uzilishlari sababli yoʻllardagi svetoforlar vaqtincha ishlamayapti.

Ammo, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xizmatlari yoʻllarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklar, YTH va boshqa koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini koʻrmoqda.

👮🏻‍♂ Sizlarni IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga va yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni soʻraymiz.
Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr taʼminoti tiklanmoqda.

Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr taʼminoti tiklanmoqda.

Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.

Manba: Energetika vazirligi Matbuot xizmati.
❗️Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarda Oʻzbekistonda 3 kun davomida elektr energiyasi boʻlmasligi, yoqilgʻi yetishmayotgani sababli tez orada mobil aloqa ham uzilishi toʻgʻrisida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabarlar yolgʻon va haqiqatga mos kelmaydi.

📄 Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
Ҳурматли юртдошлар!

Хабарингиз бор, юртимиз ва қўшни мамлакатларнинг айрим ҳудудларида электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда. Дастлабки ўрганишлар бу ҳолат умумминтақавий энергия тизими доирасида юзага келган носозликлар оқибатида келиб чиққанини кўрсатмоқда.

Таъкидлаш керакки, вазият шахсан Президентимиз назорати остида. Ўзбекистон энергия тизимини барқарорлаштириш ҳамда электр таъминоти ва бошқа тармоқлар ишини тиклаш бўйича олиб борилаётган ишлар ҳақида деярли ҳар дақиқа давлатимиз раҳбарига ахборот бериб борилмоқда.

Шундай экан, барчангизни хотиржамликни сақлаш ва саросимага тушмасликка чақириб қоламиз. Ваҳимага ўрин йўқ.