Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.92K subscribers
34.1K photos
3.4K videos
11 files
10.7K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
Tadbirkorlik uchun yer uchastkasi kerakmi?

32,7 mingdan ortiq yer uchastkalarini investitsiya majburiyatisiz sotib oling!

▪️
Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2513 ta (ko'rish)
▪️Andijon viloyatidan 2322 ta (ko'rish)
▪️Buxoro viloyatidan 2822 ta (ko'rish)
▪️Jizzax viloyatidan 2936 ta (ko'rish)
▪️Qashqadaryo viloyatidan 3375 ta (ko'rish)
▪️Navoiy viloyatidan 1474 ta (ko'rish)
▪️Namangan viloyatidan 2645 ta (ko'rish)
▪️Samarqand viloyatidan 2762 ta (ko'rish)
▪️Surxondaryo viloyatidan 2830 ta (ko'rish)
▪️Sirdaryo viloyatidan 1302 ta (ko'rish)
▪️Toshkent shahridan 26 ta (ko'rish)
▪️Toshkent viloyatidan 534 ta (ko'rish)
▪️Farg'ona viloyatidan 4635 ta (ko'rish)
▪️Xorazm viloyatidan 2621 ta (ko'rish)

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra:

daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalarni toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📈 Plastik kartalardan noqonuniy pul yechish holati boʻyicha soʻrovlar koʻpaygan

Bugun AOKAda Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari Hadiya Abdullayeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda 2021-yil davomida ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berildi:

▪️Batafsil
___

Hurmatli yurtdoshlar!

📌 Pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda telefoningizga keladigan maxsus kod zarur emas! Yaʼni u maxfiy sanalib, uni hech kimga berish kerak emas! Bank xodimlari ham hech qachon ushbu kodni soʻramaydi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
​​⚡️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

@alisher_sadullaev
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида мактабларда, айниқса ихтисослаштирилган мактабларда таълим ва тарбия сифатини тубдан ошириш бўйича устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве проходит совещание, посвященное приоритетным задачам кардинального повышения качества школьного образования и воспитания, особенно в специализированных школах.
Президент ихтисослаштирилган мактаблар фаолиятини таҳлил қилар экан, ҳозирги кунда халқ таълими тизимида ихтисослашган мактаблар сони 790 тага етганини таъкидланди. Жумладан, хорижий тиллар бўйича 207 та, математика ва физика бўйича 126 та, IT бўйича 99 та, кимё-биология фанлари бўйича 87 та мактаб.

Ушбу мактабларнинг фақат 135 таси тўлиқ ихтисослашган ва интернат мақомига эга. Қолган 655 та мактабдаги 25 фоиз синфларда у ёки бу фанлар чуқур ўргатилади.

"Шу билан бирга, ушбу 655 та ихтисослашган мактабда таълим дастури, ўқув дарсликлари, ўқитиш методикаси, фан тўгараклари оддий мактаблардан деярли фарқ қилмайди.

Мисол учун, математика ёки чет тилига ихтисослашган синфларда қолганларга нисбатан 2 соат кўпроқ махсус фан ўтилади, холос", деди давлатимиз раҳбари.
"2025 йилга қадар ялпи ички маҳсулотни 100 миллиард долларга етказишни ва экспорт ҳажмини 30 миллиард доллардан оширишни режа қилганмиз.

Бунинг учун бизга, энг аввало, ҳозирги замон талабларига мос келадиган ва зарур билимлар билан қуролланган,
мантиқий фикрлайдиган, лидерлик қобилиятига эга бўлган ватанпарвар ёш авлодни тайёрлашимиз керак", - деди Президентимиз йиғилишда.

Шу муносабат билан соҳа мутасаддилари ва вилоят ҳокимларига ишни қуйидаги йўналишларда ташкил этиш топширилди:

- янги ўқув йилидан бошлаб, вилоят марказларидан, катта шаҳар ва туманлардан 2 тадан, туман ва шаҳарлардан 1 тадан ихтисослашган мактаблар Халқ таълими вазирлигидан Президент таълим муассасалари агентлигига ўтказилади;

- бунда, туман ва шаҳарлардаги саноат ва қишлоқ хўжалигининг ривожланганлиги, бу ҳудудларда азалдан кучли ўқитилган фанлардан келиб чиқиб, мактаблар ихтисослашиши керак;

- бундан буён ихтисослашган мактаблар Президент таълим муассасалари агентлиги тизимида ташкил этилади.
Давлатимиз раҳбари ихтисослашган мактаблар фаолиятини тубдан такомиллаштириш бўйича устувор вазифаларни белгилаб берди.

Жумладан, бундай мактабларда:

- ўқувчилар халқаро таълим дастурлари асосида замонавий ўқув дарсликлари билан таъминланади;

- 9-синфга келиб ўқувчилар камида 1 та хорижий тил бўйича миллий ва халқаро сертификат олишлари таъминланади;

- юқори синф ўқувчиларининг бевосита корхоналарда амалиёт ўташи тизими жорий қилинади;

- мактабларга ихтисослигидан келиб чиқиб Фанлар Академияси илмий-тадқиқот институтлари ва олийгоҳларнинг кафедралари бириктирилади.

"Умуман, ихтисослашган мактаблар таълим, илм ва амалиётни ўзига қамраб олган ягона кластер доирасида фаолият юритиши керак", деди Президент.
"Ихтисослашган мактабларга раҳбар ва педагог кадрлар танлов асосида қабул қилиниб, уларга устама тўланади" - Президент.

Йиғилишда ихтисослашган мактаблар муаллимларини тайёрлаш, малакаси ва педагогик маҳоратини оширишнинг узлуксиз тизими яратилиши таъкидланди. Уларга агентликнинг нуфузли хорижий ташкилотлар билан биргаликда малака сертификати берилиши жорий этилади.

Мутасаддиларга жорий йил 1 августгача мактабларга педагогларни жамлаб, уларни ўқитиш, миллий ва халқаро сертификатларни олишларини ташкил этиш юзасидан топшириқлар берилди.

Бундан ташқари, агентликнинг ҳудудий бўлимлари ташкил этилиши маълум қилинди.

"Умуман, ушбу янги ташаббусларни амалга ошириш катта масъулият талаб қилади. Сабаби, 220 та мактабга 12 мингдан зиёд муаллимни танлаш ва тайёрлаш, 140 мингдан ортиқ ўқувчини саралаб олиш зарур", - деди Президент ва бу ишларни ташкил этиш ва мувофиқлаштириш учун доимий Ишчи гуруҳ тузиш вазифасини қўйди.

Айни пайтда муҳокама қилинган масалалар юзасидан мутасаддилар ахбороти бермоқда.
Ихтисослаштирилган мактаблар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари муҳокама қилинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
#Infografika

Soʻnggi 5 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 121 foizga oshgan

Energetika vazirligi Axborot xizmati 2016 — 2021-yillar davomida respublikamizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻsib borish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot berdi.


▪️2016-yilda 59,0 mlrd kVt.soat;

▪️2017-yilda 60,7 mlrd kVt.soat;

▪️2018-yilda 62,8 mlrd kVt.soat;

▪️2019-yilda 63,6 mlrd kVt.soat;

▪️2020-yilda 66,4 mlrd kVt.soat;

▪️2021-yilda 71,3 mlrd kVt.soat.

Oʻsish koʻrsatkichi 121,4 foizni tashkil qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HOKIM YORDAMCHILARINING VAZIFALARI QANDAY?

Batafsil videolavhada tanishing!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
DIQQAT, ELEKTR TARMOQLARIDA UZILISH!

2022-yil 17-yanvar kuni Marhamat tumani elektr tarmoqlari korxonasi balansida bo'lgan N/S Qushchi 110/35/10 kVa da nosozlik ro‘y berdi. Ushbu nosozlik sabab quyidagi 10 kVa lik havo tarmoqlari avariyniy o‘chdi:
Polvontosh, Ko‘tarma va Orol elektr uzatish tarmoqlari hamda iste'molchi tasarrufida bo'lgan Lobar elektr uzatish havo tarmog'i.

Ushbu avariyniy holat taxminan soat 20:00 dan keyin yuz berganligi sababli nosozlikni bartaraf qilishni imkoni bo'lmadi.

2022-yil 18-yanvar kuni ertalab soat 7:00 da 5 dona brigada tashkil qilinib, nosozliklarni bartaraf qilish uchun hududlarga chiqarildi.

Marhamat tumani elektr ta'minoti korxonasi tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilib, uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qiladi va keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raydi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi
kanallarimizda kuzatib boring!
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
O‘zbekistonning ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun 2 trillion so‘m ajratiladi

📍
https://uza.uz/posts/338267

🔻O'zbekistonning yagona rasmiy axborot agentligi

O`zbekcha| Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI AGENTLIGI ROSSIYA FEDERATSIYASIDAGI QUYIDAGI BOʻSh ISHCHI OʻRINLARI BOʻYICHA FUQAROLAR BILAN 2022-YIL, 20-YANVAR KUNI ONLINE SUHBAT OʻTKAZILISHINI MAʼLUM QILADI:

2022-yil 20-yanvar kuni, soat 10:30 da

Rossiya Federatsiyasining quyidagi qurilish korxonalariga:

👉🏻 «Velesstroy» (Amur viloyati) qurilish korxonasiga:

Yoshi: 22-50 yoshdagi erkaklar

1. Бетонщик
2. Арматурщик
3. Монтажник теплоизоляции (изолировщик)
4. Подсобный рабочий

👉🏻 AO «PIK-Industriya» (Moskva, Tulskaya, Kaluga viloyatlariga) qurilish korxonasiga:

Yoshi: 25-40 yoshdagi erkaklar

1. Арматурщик
2. Формовщик
3. Сварщик сеток и каркасов
4. Сварщик
5. Стропальщик
6. Каменщик
7. Штукатурщик
8. Кровельщик

🎟 Fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent Toshkent shahrida rasmiylashtiriladi.

🔖 Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish taʼminlanadi.

💵 Oylik maosh bajarilgan ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi

Quyidagi xarajatlar ish beruvchi korxona tomonidan qoplanadi:

1. Avia chipta

2. Patent hujjatlarini rasmiylashtirish

3. Turar joy xarajatlari

YUQORIDAGI BOʻSh ISHCHI OʻRINLARIGA OʻTKAZILADIGAN TANLOVDA ISHTIROK ETISH ISTAGIDAGI FUQAROLAR QUYIDAGI MANZILGA BIO (ZANGORI) HAMDA XORIJIY (QIZIL) PASPORTLARI BILAN KELISHLARI SOʻRALADI?!

Tanlov vaqti: 2022-yil, 20-yanvar kuni soat 10:30

FUQAROLAR KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILGAN HOLDA TIBBIY NIQOBDA BOʻLISHI LOZIM!

🏠MANZIL: Andijon shahar, Boburshoh koʻchasi, 4 uy. «ISHGA MARHAMAT» monomarkazi binosi 1-qavati.
Tashqi mehnat migratsiya agentligi Andijon filiali. ☎️ +99895-202-33-55
POLVONTOSh MFY AHOLISI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bugun Polvontosh MFY hududida aholi oʻrtasida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik boʻlib oʻtdi.


Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamda ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika, 36-Oilaviy poliklinika shifokorlari hamkorlikda Polvontosh MFY hududida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

BATAFSIL

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Yoshlarga oid siyosat davlatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan boʻlib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yoʻlida imkoni boricha toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.

Hozirgi kunda Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatida yoshlarni bandligini taʼminlash, ularni turli kasb-hunarga jalb qilish va boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18-yanvar kuni tuman prokurori, 2-sektor rahbari tomonidan sektor hududidagi Toshyoʻli MFYda yashovchi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda kelib tushgan murojaatlarni tez fursatda ijobiy hal etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘tsatmalar berilib, ularning ijrosi prokuratura xodimlari tomonidan nazoratga olindi.
@Marhamatpress