Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.92K subscribers
34.1K photos
3.4K videos
11 files
10.7K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI

Avvalroq xabar berganimizdek, Marhamat tumani hokimi B.Yuldashevning sayyor qabuli Paxtakor MFYda ham o‘tkazildi.

Paxtakor MFYda o‘tkazilgan qabulda 50 nafardan ziyod fuqarolar murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida hokim o‘rinbosarlari, barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Fuqarolardan kredit olish, uy-joy, moddiy yordam, ish bilan taʼminlash hamda kommunal sohalardagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Bu hududdagi fuqarolardan kelib tushgan aksariyat murojaatlar ham bugunning oʻzida ijobiy hal etildi. Muddat talab etadigan har bir masalani ijobiy hal etish choralarini koʻrish boʻyicha belgilangan tartibda tashkilot rahbarlariga topshiriq va koʻrsatmalar berilib, ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#Sport
#Taqdirlash

Sportning voleybol turi bo‘yicha 2010-yil va undan kichik yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan Andijon viloyati terma jamoasi safida ishtirok etib, O‘zbekiston chempionati g‘olibi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport vaziri Sh.Maxmudovning 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan Omadbek Alijonov hamda O‘zbekiston chempionatining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu sportchi yoshlarning barchasi tumanimizdagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘quvchilaridir.

Marhamat tumani hokimligi sportchi yoshlarimizga bundan keyin ham yuqori marralarni qo‘lga kiritishlarida omad va zafarlar tilaydi!

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Андижон полкаси" нинг 100 йиллигига бағишланади

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI

Kuni kecha Marhamat tumani hokimi B.Yuldashevning sayyor qabuli Shomat MFYda ham o‘tkazildi.

Shomat MFYda o‘tkazilgan qabulda 80 nafardan ziyod fuqarolar murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida hokim o‘rinbosarlari, barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Fuqarolardan kredit olish, uy-joy, moddiy yordam, ish bilan taʼminlash hamda kommunal sohalardagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Bu hududdagi fuqarolardan kelib tushgan aksariyat murojaatlar ham bugunning oʻzida ijobiy hal etildi. Muddat talab etadigan har bir masalani ijobiy hal etish choralarini koʻrish boʻyicha belgilangan tartibda tashkilot rahbarlariga topshiriq va koʻrsatmalar berilib, ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#Live

NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI

Joriy yilning 5-may kuni Marhamat tumani hokimi B.Yuldashevning navbatdagi fuqarolarni qabul qilish kuni o‘tkazilmoqda.

Mirishkor MFYda o‘tkazilgan qabulda 60 nafardan ziyod fuqarolar qatnashmoqda. Qabul jarayonida tuman prokuri O.Qayumov, hokim o‘rinbosarlari, barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda.

Fuqarolardan kredit olish, uy-joy, moddiy yordam, ish bilan taʼminlash hamda kommunal sohalardagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Aksariyat muammolar shu joyning oʻzida ijobiy hal etilmoqda. Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan har bir masalani ijobiy hal etish choralarini koʻrish boʻyicha belgilangan tartibda tashkilot rahbarlariga topshiriq va koʻrsatmalar berilmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.