Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.84K subscribers
34.7K photos
3.51K videos
11 files
11K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Download Telegram
Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligidagi viloyatimiz vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumanidagi Jiluan jap mahallasida boʻlib turibdi. Jarayonda B.Yuldashev mahalla fuqarolari bilan aholi daromadini oshirish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish boʻyicha muloqot oʻtkazdi.

Jarayonda mutasaddilar mahalladagi kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish, ularni bandligini taʼminlash maqsadida xonadonlarga quyon, tovuq va echki tarqatildi.

Shuningdek, «Yashil makon» loyihasi doirasida 2000 tupdan ziyodroq mevali va manzarali koʻchatlar yetkazildi. Yangi oilalar holidan xabar olinib, ularga 12 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovgʻalari tarqatildi.

Shu bilan birga ushbu mahalla hududiga beton tayanch ustun(stalba)lar hamda suv nasosi olib kelib o‘rnatildi.
Mahalliy, ichki yo‘llar tekislanib, shag‘allanmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahor bayramlar fasli, yangilanish-yosharish fasli, go‘zallik fasli.

Shu sababli bo‘lsa kerak go‘zal ayollarimiz bayrami ham shu faslda nishonlanadi.
Marhamat tumanidagi 12-MTT tarbiyalanuvchilari onajonlariga katta sahnada konsert dasturi namoyish etdilar.

Onajonlarini, buvijonlarini bayram bilan tabriklab, tadbir qatnashchilarini xushnud etdilar.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
AYOLLARIMIZ DOIMO E'ZOZDA

«Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami arafasida tumanimizdagi yangi ish boshlagan «Yuksak orzu baraka» MChJda shu yerda ishlovchi xodimlar va ayollar uchun bayram kechasi va hayriya ehsoni tashkil etildi.

Tadbirda qatnashgan Imom Al-Buxoriy jomʼe masjidi bosh imom xatibi T.Mukarramov va Shomat jomʼe masjidi imom hatibi U.Sattorovlar yangi ish boshlayotgan ma'suliyati cheklangan jamiyat ishchi xodimlari ayollarni kirib kelayotgan «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bilan muborakbod etish bilan bir qatorda korxona ishiga muvaffaqiyatlar tilab duo qildilar.

Shundan soʻng, MChJ rahbariyati tomonidan ham ayollar bayram bilan qutlanib, ularga esdalik sovg'alari ulashildi.
Tadbir so'ngida mehmonlarga hayriya oshi tarqatildi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Президент Олимпия шаҳарчаси лойиҳасининг тақдимоти билан танишди. Ушбу лойиҳа Англиянинг “Arup” компанияси томонидан ишлаб чиқилган.
Давлатимиз раҳбари лойиҳанинг қиймати, спортчи ва томошабинлар учун яратиладиган қулайликларни синчиклаб сўради. Мутасаддиларга ишлар ҳажми ва зарур маблағ миқдорини йилма-йил ҳисоб-китоб қилиб, аниқ режа шакллантириш, қурилиш бўйича тендер эълон қилиш юзасидан кўрсатмалар берди.

Президент ознакомился с проектом Олимпийского городка, разработанным британской компанией Arup.
Глава государства поинтересовался в деталях стоимостью проекта, условиями, которые будут созданы для посетителей. Ответственным лицам даны указания составить четкий план, рассчитав объем работ и финансовых ресурсов по годам, объявить тендер на строительство.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Тармоқ ва ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича жорий йил учун белгиланган мақсадли кўрсаткичларга эришишга бағишланган видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
Раҳбарларга инвестиция лойиҳаларини ўз вақтида амалга ошириш, товарларни экспортга етказишда логистика масалаларини тезкор ҳал қилиш бўйича кўрсатмалар берилди.
Озиқ-овқат бозорига маҳсулотларни узлуксиз етказиш, бунинг учун зарур захираларни шакллантириш вазифаси қўйилди.

Состоялось видеоселекторное совещание мер по достижению намеченных на текущий год целевых показателей социально-экономического развития отраслей и регионов.
Руководителям дано указание оперативно решать логистические вопросы при реализации инвестиционных проектов и осуществлении экспортных поставок.
Поручено принять меры по обеспечению бесперебойной поставки продукции на продовольственные рынки и формированию в этих целях необходимых резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #ichkibozor

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
8-mart - «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan Marhamat tumani hokimligi faollar zalida tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayollarni xushnud etish maqsadida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda 300 dan ziyod soha xodimlari tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.