Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.84K subscribers
34.8K photos
3.52K videos
11 files
11K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Download Telegram
Hasanmergan mahalla fuqarolar yig'ini o‘ramidagi 3-umumta'lim maktabida 15 yoshdan 25 yoshgacha, 25 yoshdan 35 yoshgacha va 35 yoshdan yuqori fuqarolar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, shaxmat, stol tennis turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada futbol bo‘yicha 25-35 yoshdagi fuqarolar g'oliblikni qo‘lga kiritdilar. Voleybol bo‘yicha 35 yoshdan yuqori fuqarolar g'olib bo‘ldilar. Shaxmat bo‘yicha Sultonmurodov Golibjon, stol tennisi bo‘yicha Olimov Xabibullolar g'olib bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Turdiqulova Maxfuzaxon, shaxmat bo‘yicha esa Nurmamatova Shahloxonlar g'olib bo‘ldilar. Musobaqa g'oliblari MFY xodimlari tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg'alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида кўп квартирали уй-жой фондини бошқаришни такомиллаштириш ва иссиқлик таъминоти тизимини ривожлантириш, маҳаллаларни ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштиришга оид, ҳамда геология соҳаси ва кимё саноатидаги лойиҳалар билан танишди.
Мутасаддиларга тақдимот қилинган лойиҳаларни ўз вақтида ва самарали амалга ошириш юзасидан кўрсатмалар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по совершенствованию управления многоквартирным жилищным фондом и развитию системы теплоснабжения в городе Ташкенте, благоустройству и озеленению махаллей, а также проектов в сфере геологии и химической промышленности.
Ответственным лицам даны указания по своевременной и эффективной реализации представленных проектов.

#Mirziyoyev #taqdimot #uyjoykommunal #geologiya #kimyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
«SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM»

Marhamat tumanida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ko‘chalarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan MFY raislari, xodimlari hamda mahalla aholisi ishtirokida «SOG'LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM» shiori ostida sog'lomlashtirish tadbirlari bo'lib o‘tmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Marhamat tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻini hududida hashar yoʻli bilan obodonlashtirish, daraxt koʻchatlariga shakl berish va oqlash, ariqlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.