Manaviyat.edu.uz
79.3K subscribers
8.69K photos
2.77K videos
85 files
5.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.iss.one/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#xushxabar

🥊O‘zbekiston Milliy terma jamoasi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi!

Ispaniyaning La-Nusiya shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, turnir jadvalining peshqadamiga aylandi.

🏆 Jahon birinchiligida dunyoning 74 davlatidan eng kuchli sportchilar, jumladan, mamlakatimizdan 20 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi. O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk bor umumjamoa hisobida peshqadam bo‘ldi va “oltin"dan “bronza"gacha bo‘lgan medallarni nafaqat yigitlar, balki terma jamoamizning iqtidorli qizlari ham qo‘lga kiritdi.

Chempionlarni tabriklaymiz! Yaqinda Amman (Iordaniya)da bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoaviy birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston kattalar terma jamoasiga ham munosib izdoshlar yetishib chiqmoqda, demak, milliy boksimizning kelajagi buyuk!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada o‘tkaziladi!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
🔵1) "Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
🔵2) Breyn-ring;
🔵3) Shaxsiy o‘yin;
🔵4) Erudit-kvartet;
🔵5) Shaxmat;
🔵6) Shashka.

☝️Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

❗️1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

👉 Tanlov nizomi bilan tanishish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi g‘oliblari aniqlandi!

🟢Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tanlovning respublika bosqichiga qabul qilingan ijodiy ishlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati mutasaddilaridan iborat Hakamlar hay’ati shaffof va adolatli tarzda baholab berdilar.

🏆 Baholash natijalariga ko’ra quyidagi ishtirokchilarning ijodiy ishlari yuqori baholandi:

🔵1-o‘rin: Urozali Yoqubjonov, Namangan davlat universiteti talabasi;
🔵2-o‘rin: Aminjon Aliyev, Buxoro davlat universiteti talabasi;
🔵3-o‘rin: Sevinch Pattayeva, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali talabasi.

🏆 Gʻoliblar tanlov Nizomida ko‘rsatilgan tartibda 1-oʻrin 3,5 million soʻm, 2-oʻrin 2,5 million soʻm hamda 3-oʻrin 1,5 million soʻm pul mablag‘lari hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi yil yakuni munosabati bilan tashkil etiladigan “Talabalar festivali – 2022” doirasida bo‘lib o‘tadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi 3-o'rin sohibi Farg‘ona politexnika instituti talabasi Abdujabbor Sharipov tomonidan tayyorlangan videorolik

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi 2-o‘rin sohibi “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabasi Sa’dulla Fatullayev tomonidan tayyorlangan videorolik

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi 1-o‘rin sohibi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi Sharifbobo Xasanov tomonidan tayyorlangan videorolik

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi g‘oliblari aniqlandi!

🟢Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tanlovning respublika bosqichiga qabul qilingan ijodiy ishlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati mutasaddilaridan iborat Hakamlar hay’ati shaffof va adolatli tarzda baholab berdilar.

🏆 Baholash natijalariga ko’ra quyidagi ishtirokchilarning ijodiy ishlari yuqori baholandi:

🔵1-o‘rin: Sharifbobo Xasanov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi;
🔵2-o‘rin: Sa’dulla Fatullayev, “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabasi;
🔵3-o‘rin: Abdujabbor Sharipov, Farg‘ona politexnika instituti talabasi.

🏆 Gʻoliblar tanlov Nizomida ko‘rsatilgan tartibda 1-oʻrin 3,5 million soʻm, 2-oʻrin 2,5 million soʻm hamda 3-oʻrin 1,5 million soʻm pul mablag‘lari hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi yil yakuni munosabati bilan tashkil etiladigan “Talabalar festivali – 2022” doirasida bo‘lib o‘tadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.

Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaraqalpaq_tili_33_jasta

🇺🇿 Búgin Qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyligi berilgenine 33 jıl toldı. Bul ullı bayramımız bárshemizge qutlı múbárek bolsın! Ana tilimizdi jırlaw, onı qásterlew hám húrmetke bólew hár birimizdiń perzentlik parızımız bolıp sanaladı. Ózbek hám qaraqalpaq xalqınıń birligi, doslıǵı máńgi bolsın.
______________

#Qoraqalpoq_tili_33_yoshda

🇺🇿 Bugun Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil bo'ldi. Ushbu bayram barchangizga muborak boʻlsin. Ona tilini madh etish va e’zozlash har birimizning burchimiz hisoblanadi. Oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining hamjihatligi va birodarligi mangu boʻlsin.

©️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Media jamoasi tomonidan tayyorlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жеткер_2022_.pdf
778.5 KB
Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari tomonidan ingliz tilidagi qisqa hikoyalar qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz
: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin.

BAKALAVR:
📊
2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Darsliklar ro‘yxati - 2023;
🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!" mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylash tanlovini e’lon qiladi.

🟢Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

➡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi belgilangan tartibda jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylangan videolavha internetdagi ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda e’lon qilinadi. So‘ngra videorolik havolasi (linki) va ishtirokchi jamoa haqidagi ma’lumotlar, bog‘lanish uchun telefon raqamlari 2022-yil 8-dekabrgacha @oyinauz_bot manziliga yuboriladi.

🎞 Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 bo‘lishi kerak. Talabga javob bermaydigan, tegishli ma’lumotlari to‘liq bo‘lmagan ishlar tanlovdan chetlatiladi.

🏆 Har bir nominasiya bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
🔵1-o‘rin – 10 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 7 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m.

Hakamlar hay’ati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan qo‘shimcha rag‘batlantirish mukofotlari berilishi mumkin.

Taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida tashkil etiladigan tantanali tadbir doirasida o‘tkaziladi. Hududlarda yashovchi g‘oliblarni taqdirlash esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tegishli bo‘lim yoki bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟢2-dekabr — Xalqaro qullikka qarshi kurash kuni

🟢Uchinchi shaxs tomonidan odamlar savdosi va ularni fohishabozlikga majburlashga qarshi kurashish haqida BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 2-dekabr «Xalqaro qullikka qarshi kurashish» kuni deb e'lon qilingan. Bu narsaga yuz yillar davomida kurashib kelinganligiga qaramay hozirgacha muammo bo’lib kelmoqda. Qullikning zamonaviy ko’rinishi-kambag’allikni kuchayishi, ijtimoiy hisobga kiritmaslik, insonlarni kamsitish oqibatida og’ir mehnatga jalb qilishdan odam savdosigacha yetib keldi.
________________________

🟢2-dekabr — Xalqaro kompyuter savodxonligi kuni

🟢Xalqaro kompyuter savodxonligi kuni 2001-yilda Hindistonning NIIT kompaniyasi tomonidan taʼsis etilgan. Ushbu kompaniya dasturiy taʼminot va IT-konsalting bilan shugʻullanar edi. Avvaliga ushbu bayramni kompaniyaning 20-yillik yubileyini nishonlash maqsadida oʻylab topishgan. Ammo, keyinchalik u boshqa mamlakatlarda ham ommalashib ketgan.
_________________________

🟢Tarixiy hodisalar:

🟢1409 yil – Leypsigda Markaziy Yevropadagi ilk universitetlardan biri ochilgan;
🟢1804 yil – Napoleon I Bonapart oʻzini Fransiya imperatori deb eʼlon qilgan;
🟢1870 yil – Rim Italiya qirolligi poytaxtiga aylangan;
🟢1976 yil – Fidel Kastro Kuba prezidenti sifatida ish boshlagan;
🟢2010 yil – iPhone'da “Viber” messenjeri ishga tushirilgan.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿Oyina.uz” portali, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan yutuqli viktorina e’lon qiladi! Siz ushbu tanlovda qatnashib, Iphone 14 Pro Max va 5 ta smartfondan birining egasiga aylanishingiz mumkin!

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
🟢 Birinchi bosqichda @oyinauz_tanlovbotʹga kirib, maxsus havolani olishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu havola yordamida yaqinlaringizni viktorinaga taklif qilish orqali ikkinchi bosqichga yo‘l olishingiz mumkin.
🟢Ikkinchi bosqichda esa 30 ta test savoliga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi!

👉 Batafsil: https://oyina.uz/kiril/announcement/81

👉 Tanlovda ishtirok etish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

🎓Talabalar uchun “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ kompaniyasi 2022-yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvariga qadar mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

🟢Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temir yoʼl kassalariga tashrif buyurish yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda chipta.railway.uz saytidan foydalanish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
🟢Aloqa markazi: 1005
🟢Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
🟢Telegram: t.iss.one/uzrailpassuz

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom, esdalik sovgʻalari hamda quyidagicha pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:

🔵“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi — 60 mln. soʻm.
🔵“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” nominatsiyasi — 40 mln. soʻm;
🔵“Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi — 30 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 4 mln. soʻm;

☝️Ishtirok eting va gʻolib boʻling. Oʻz iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi!

📌 Nizom bilan tanishish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟥3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'lon qilingan. Ushbu xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

🟢Ushbu kunning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟥5-yanvar — Xalqaro parhez tutish kuni
🟥5-yanvar — Xalqaro Boyskautlar kuni

🟢Dunyoda skautizm birinchi bo‘lib Angliyada paydo bo‘lgan. Iste’fodagi general-mayor Robert Baden-Pauell 20-asr boshlarida “O‘g‘il bolalar uchun razvedka” kitobini yozgan. Kitobda qiziqarli o‘yin tasvirlanib, unda yosh bolalarni tarbiyasi, tabiatda yashashi va bu hayotning qiyinchiliklarini yengib o‘tishini o‘rgatgan. Keyinchalik bu harakat qizlar orasida ham tarqalgan va ular o‘zlarini girlskautlar deb nomlashgan.

🟥5-yanvar – Parijda dunyoda birinchi marta jurnal nashri soni chop etilgan kun (1665)

🟢Bu «Journal des savants» — “Olimlar jurnali edi”. Unda tajribalar, kashfiyotlar, tadqiqotlar natijalari, olimlarning yozishmalari, “Tabiiy fanlarning ajoyib tomonlari”, shuningdek, mashhur kishilar ta’ziyanomalari e’lon qilingan.
__________________________

🟢5-yanvar – boburiylar sulolasining 5-vakili Shohjahon (asl ismi Shahobiddin Muhammad Xurram) tug‘ilgan kun (1592);

🟢5-yanvar – bastakor, xonanda va sozanda Yunus Rajabiy tavallud topgan kun (1897).

👉 Rasmiy sahifalarimiz
: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🎓 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
🔵1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
🔵2-shart: Tezkor savol-javob;
🔵3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🟢1-oʻrin 40 million soʻm;
🟢2-oʻrin 25 million soʻm;
🟢3-oʻrin 20 million soʻm;
🟢4-oʻrin 10 million soʻm;
🟢5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

📌 Tanlov nizomi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM