TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.16K subscribers
15.5K photos
1.22K videos
39 files
2.53K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Digital #taqdirlash_marosimi

Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlik hamda soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥 Mazkur tadbirda Vazirlik rahbariyati, hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari qatnashdi.

Unda soha rivojiga ulkan hissasini qo'shib kelayotgan bir qancha soha xodim va rahbarlari e'tirof etildi. Ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Professor Baxtiyor Maxkamov, Inson resurslari (HR) bo'limi boshlig'i Begmatova Ziyoda, TATU Samarqand filiali O'quv ishlari bo'yicha direktori o'rinbosari Yakubjanova Dilfuza Vazirlik Faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.

✈️@tuituz_official
👍7
#talabalar_ligasi #taqdirlash_marosimi

E'tirof!


👥 Bugun, 28-may kuni “Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun vazirlik nomidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va universitet jamoasini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

🎁 Taqdirlash marosimida musiqiy chiqish, iqtidorli talabalar ishtirokidagi lazgi raqsi va sho‘x-taronalar barchaga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

✈️@tuituz_official
👍6
#taqdirlash_marosimi

👍 TATU talabasi taqdirlandi! 🎉🎓

🏛 31-yanvar kuni Zakovat Arenada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Tadbirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

🎖 "Yilning eng faol talabasi" tanlovining "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi" nominatsiyasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti 4-kurs talabasi Vahhobov Sardor faxrli 3-o‘rinni egalladi!

🎊 Talabamizni yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12