MARKAZ XABARLARI
14.1K subscribers
21.6K photos
4.53K videos
22 files
10.7K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#qayerga_boramiz

Har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha “O‘zekspomarkaz”ning 5-pavilionida “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda.

Namoyishga qo‘yilgan rasmlar orasidan I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi kolleksiyasiga kiruvchi asarlar o‘rin olgan.


Markaziy Osiyoda ijod qilgan musavvirlar aksariyat hollarda kishilar bilan muloqot qilib, yangiliklar almashish uchun jamlangan ijtimoiy hayot markazlari hisoblanmish choyxonalarni tasvirlaganlar.

Bozor sahnalari ham ommabop bo‘lib, Ruvim Mazelning gilamdo‘zlik mavzularidan tortib to Nikolay Karaxan mo‘yqalamiga mansub sozanda-yu-xonandalar yoki Aleksandr Volkov tomonidan gavdalantirilgan talaba qizlarning hashamatli siymolarida har bir rassomning betakror uslublari ifodalangan.


📌Ko‘rgazma 2024-yilning 7-iyuniga qadar san’at ixlosmandlariga muntazir.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#nomoddiy_merosimiz

YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi
ro‘yxati:

1. Boysun tumanidagi madaniy makon. 2008-yil.
2. Shashmaqom. 2008-yil.
3. Navro‘z bayrami. 2009-yil.
4. Katta ashula. 2009-yil.
5. Askiya san'ati. 2014-yil.
6. Osh – uni pishirish an'ana va madaniyati. 2016-yil.
7. Marg‘ilon hunarmandchilik markazining atlas va adrasni ishlab chiqarish amaliyoti. 2017-yil.
8. Lazgi – Xorazm milliy raqsi. 2019-yil.
9. Miniatyura san'ati. 2020-yil.
10. Baxshichilik san'ati. 2021-yil.
11. Ipakchilik va to‘qimachilik uchun ipak ishlab chiqarish. 2022-yil.
12. Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalar. 2022-yil.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰ESTETIK ONG –
olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining subyektiv tomoni.

Estetik ong maʼnaviy-ruhiy voqea-hodisalar majmui boʻlib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, fikr, orzu-qarash nazariy tizimini anglatadi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Шароф Рашидов туманида "Янги Ўзбекистон" массиви қурилиши билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hududlarda
#kino_karvon

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati, Kinemotografiya agentligi bilan hamkorlikda "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostidagi "Kinokarvon" loyihasi Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamda Madaniyat saroyida bo'ldi va ishini yakunladi.

Mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz

Tekinga dars berayotgan fidoyi o‘qituvchilarni oyoq uchida ko‘rsatishadi.


O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шароф Рашидов тумани Туёқли маҳалласидаги хонадонлардан бирида бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X