MARKAZ XABARLARI
16.7K subscribers
20.5K photos
4K videos
19 files
9.75K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida

Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida "Ma’rifatli buvijonlar" loyihasi davomida "Yangi O‘zbekistoning ibratli oilalari-yoshlar uchun ibrat maktabi" nomli tadbirlar keng ko’lamda davom etmoqda.

Uzoq yillar davomida oilaning mustahkamligini ta’minlab kelyotgan, farzandlarni ona yurtga muhabbat, Yangi O’zbekistonni ezgu g’oyalariga sadoqat ruhida sog’lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtirok etayotgan oila vakillari, o’quvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Ma’rifatli buvijonlar hayot yo‘llarida erishgan yutuqlari, hayot ko‘nikmalari hamda inson hayotida kerakli bo‘lgan tavsiyalarni gapirib berdilar.

Uchrashuvda buvijonlar pand-nasihatlarini tinglagan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 @manaviy_markaz
#Online

Аyni damda O‘zbekiston Milliy universitetida “Mirzo Ulugʼbek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo anjumanda soʼzlab, jumladan shunday dedi: “Mirzo Ulugbek fanning juda kup sohalari, xususan matematika, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari boʼyicha zabardast olim, ilm-fan, madaniyatning ulkan homiysi sifatida abad ul-abad tarixda qoldi. Olimning merosi necha asrlardan beri butun dunyo ilmiy jamoatchiligining diqqat eʼtiborini oʼziga. qaratib kelyapti. Mirzo Ulugbek va u qoldirgan merosni oʼrganishda bizning mamlakatimizda ham, xorijiy yurtlarda ham anchagina asarlar yaratildi.
Mirzo Ulugʼbek haqida soʼz ketganda, hech bir mubolagʼasiz, buyuk shaxs degan kalom tilimizga keladi. Zero, har kim oʼz nomi va bahosi bilan aytiladi. Faxrli tomoni shundaki, bu bahoni unga tarix, insoniyat bergan”.

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir jarayonidan video lavha

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Mirzo Ulugʼbek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman jarayonidan videolavha

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fargʻona

Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida

Yozyovonda «Ma’rifatli buvijonlar» loyihasi davomida "Yangi O‘zbekistoning ibratli oilalari-yoshlar uchun ibrat maktabi" nomli tadbirlar keng ko’lamda davom etmoqda.

🌐 @manaviy_markaz
#Xoramz_viloyati
#Xalq_Konstitusiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari
#Maʻnaviyat_festivali

🔹Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan Urganch Agrotexnologiyalar texnikumida "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvoni sho'ba mudiri Abduhalil Mavrulov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti dotsenti Olimjon Toshboyev, Falsafa fanlari doktori Munira Qahhorova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda aholi vakillari va yoshlar qatnashdi.

🔹Tadbirda so'zga chiqanlar yangilanayotgan Konstitutsiyamiz “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”, degan tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilsagina tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishini alohida ta’kidladi.

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
УЧИНЧИ РЕНЕССАНС — МАЪРИФАТЛИ ЖАМИЯТ САРИ!

Республика маънавият ва маърифат маркази, Олий Мажлис ҳузуридаги нодавлат нотижорат ташкилотларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди, “Маърифат” тарғиботчилар жамияти ҳамда Ижтимоий-маънавий тадқиқотлар институти ҳамкорлигида 2023 йилнинг 18-21-май кунлари Бухоро шаҳрида “УЧИНЧИ РEНEССАНС – МАЪРИФАТЛИ ЖАМИЯТ САРИ!” мавзусида Республика илмий-амалий конференцияси ўтказилади.

Батафсил маълумотларни “Маърифат” тарғиботчилар жамиятининг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари орқали олишингиз мумкин.

Мурожаат учун телефонлар: 71 207-57-00

🌐 @manaviy_markaz