Xabar berganimuzdek, “Fidoyi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlaridan g‘olib bo‘lgan 19 nafar yoshlar yetakchisi 4 ta shart bo‘yicha bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, samarali faoliyat olib bormoqda.
Xususan, viloyatdagi 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining barchasida yoshlar yetakchilari tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlov yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma’naviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi yetakchilar ish tajribasini ommalashtirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshed Hatamov tanlovning ochilish marosimida yoshlar yetakchilari mahallalarda katta kuch ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Farg‘ona shahar “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Jahongir Isroilov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Buvayda tumanidagi “Yangiqadam” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Bunyodjon Otaqulov ikkinchi, Qo‘qon shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Irodaxon Qayumova uchinchi o‘rinni egalladi.
Gʻoliblar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
@manaviy_markaz

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
#Кун_ҳикмати
Кўпинча бахт-саодат қидирамиз, ваҳоланки, у ёнгинамизда бўлади. Худди кўпинча кўзимизда турган кўзойнакни қидирганимиз каби.
Лев Толстой
✅@manaviy_markaz

#Hududlardan_xabarlar
#Andijon
"Kelajak nuri" kutubxonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marhamat tuman bo’linmasi tomonidan tumandagi harbiy qism bilan hamkorlikda "Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash" mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Anjumanda harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askar yigitlar, tumandagi ijodkor o’quvchilar va hududdagi uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marhamat tuman bo’linmasi rahbari M.Sotvoldiyeva «Yangi O’zbekiston yangicha dunyoqarash» tushunchasi mazmun-mohiyati haqida fikr yuritdi.
Tadbir davomida iqtidorli o’quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etildi. Marhamat tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 17-DMTT shirintoy bolajonlari ishtirokidagi sahna ko’rinishi yig’ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
👉@manaviy_markaz