MARKAZ XABARLARI
14.6K subscribers
21.4K photos
4.49K videos
21 files
10.6K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#farosat

Muloqot qilish etikasi:

▫️Yaxshi suhbatosh bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim;

▫️Suhbat chog‘ida o‘z “men”ingizni ta`kidlashdan qochganingiz ma`qul;

▫️Suhbatni yanada qiziqarli bo‘lishi uchun suhbatdoshingizga taalluqli bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlang;

▫️Boshqa insonlarni g‘iybat qilish, ularning shaxsiy hayoti, muammosi haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi;

▫️Suhbatdoshni hurmat qilish, hatto uning fikri noto‘g‘ri deb hisoblanganda ham uni oxirigicha eshitish ham odobdan;

▫️Muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘rikeng bo‘lishi kerak.

▫️ Suhbatda o‘rni kelganda sukut ham tarbiyali suhbatdoshning belgisi


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍2👏2
#farosat

Anton Chexovdan tarbiyali odamning sakkiz fazilati haqida qoralamalari

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

***
Tarbiyali odamlar insonni hurmat qiladi, shu sababli hamisha iltifotli, muloyim, xushmuomala, murosali… bo‘ladi.


Ular bolg‘acha yoki yo‘qolgan o‘chirg‘ich sababli janjal ko‘tarmaydi; birov bilan yashab, keyin buni ta’na qilmaydi, ketayotib: "Siz bilan yashab bo‘lmaydi!" demaydi.

Ular shovqin, sovuq, ko‘p qovurib yuborilgan go‘sht, ovqatning tuzi o‘tkirligi yoki uyida mehmonlar borligi tufayli g‘azabga minmaydi…

Ular faqatgina kambag‘allar yoki qarovsiz mushuklarga achinmaydi. Ular oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar uchun ham qayg‘uradi…

Ular o‘zlarini madaniy tarbiyalab boradi. Kiyimini alishtirmay uxlamaydi, uylarini taxtakanaga to‘ldirmaydi, yoqimsiz havodan nafas olmaydi, isqirt polda yurmaydi, kerasinkadan ovqatlanmaydi…


Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/100


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

SALOMLASHISH ETIKASI


Salomlashganda “Assalomu alaykum”, “salomatmisiz”, “omonmisiz”, “yaxshimisiz” jumlalaridan foydalaniladi. Bu so‘zlarda, insonlarning bir biriga hurmat-ehtiromi, xayrxohlik izhori bilan birga chuqur mazmun va mulohaza bor.

Kundalik hayotimizda “marhamat qiling”, “baraka toping”, “rahmat”, “behad minnatdorman”, “uzr”, “kechiring” va shu kabi iboralar borki, ularning barchasi mulozamatni, insonlarni boshqalarga bo‘lgan hurmatini bildiradi.

Qo‘l berib ko‘rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‘llarini qattiq siqib, qo‘lini og‘ritib yoki qo‘lini uchinigina berib qo‘yish o‘ta odobsizlikka kiradi.

Yoshlar o‘zidan katta odamlar bilan ko‘rishganlarida, albatta, ikki qo‘lini berib ko‘rishishlari shart.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Mehmondorchilik etiketi

Mehmondorchilik insoniy fazilatlardan hisoblanadi.

Zero, mehmon “Atoyi Xudo” sifatida qadrli ekan, uyingizga ochiq ko‘ngil va yaxshi niyat bilan qadam ranjida qilgan har bir kishi siz uchun mehmon kabi azizdir.


▫️Uyingizga qadam ranjida qilgan odamning oldiga peshvoz chiqing va ular bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoyingizni qilsin;

▫️Zinhor mehmondan yuqoriga o‘tirmang. Agar mehmon sizni o‘tirishingizga rozilik bildirsagina ular bilan birga bo‘ling. Yo‘qsa, uzuringizni so‘rab “mezbonlik” ishlaringizni davom ettiring;

▫️Mehmonga “Undan oling, bundan oling. Nega hech nima yemayapsiz, bularning bari sizlar uchun qo‘yilgan. Agar dasturxonda yetishmovchilik bo‘lsa uzur, keyingi safar kelganingizda yaxshiroq kutamiz”, degan mulozamatni hadeb aytavermang. Bu tarbiyali insonlarga yarashmaydi;

▫️Mehmon garchand og‘ir botadigan so‘zlarni gapirsa ham, unga qattiq gapirmaslik, uni hurmat qilish zarur.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
3👍1🔥1
#farosat

Mehmondorchilik odobi

Odatda faqat taklif qilingan joyga mehmonga boriladi. Agar taklif etilgan bo‘lsangiz, albatta, boring.


Mehmonga borganda kiyimlaringiz ozoda va qulay bo‘lishi kerak.


Shuni unutmangki, yaqinlaringiz ustingizdagi libosingizni emas, o‘zingizni ko‘rish uchun sizni chorlayapdi. Yangi libosingiz yo‘qligi taklif eilgan joyga bormaslik uchun sabab bo‘la olmaydi.


Taklif etilgan joyga o‘z vaqtida borish uy egasiga ko‘rsatilgan hurmat va sizning yaxshi tarbiyangizdan dalolat beradi. Kechikib va o‘tkir hidli atirni sepib bormang.


Taklif etilgan uyga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni tozalab, arting.


Mehmonga borganda ovqatni rad etish yaxshi ish emas. Agar parhez qilayotgan bo‘lsangiz, kichik miqdordagi ovqatni oling va tanavvul qiling.


Ketayotganda chiroyli mehmondorchilik uchun uy bekasiga minnatdorchilik bildirishni unutmang.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍2
#farosat

Suhbat chog'ida qanday holatlar hunuk ko'rinadi?

Suhbat vaqtida tez tez soatga qarab bo'lmaydi;

Qo'lni cho'ntakka solib turish ham mumkin emas;

Qo'l siltab gapirish odob qoidalariga zid;

Suhbatdoshga beparvo qarash hurmatsizlikka kiradi;

Suhbat chog‘i saqich chaynash axloqsizlikdan dalolat;

Baland ovozda kulish o‘ta hunuk holat;

Barmoq bilan biron narsani chertish ham yaxshi odat emas;

Suhbatdoshga orqa o‘girish unga nisbatan hurmatsizlik;

Bo‘lar-bo‘lmasga telefonni titkilash ham etiket qoidalariga zid.



Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#farosat

Balki sizga yoqmas, lekin bu – oddiy farosat!


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram