MARKAZ XABARLARI
32.2K subscribers
20.3K photos
3.78K videos
19 files
9.39K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#farosat

Qo‘l berib so‘rashish odobi:


▫️Uzatilgan qo‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar bo‘lib qoladi;

▫️Ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi;

▫️Ikki qo‘l berib so‘rashish paytida albatta so‘z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlar qo‘llash mumkin;

▫️Qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim;

▫️Qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi;

▫️Ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi;

▫️Tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi;

▫️Ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha erkak qo‘l uzatmaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Mehmondorchilik odobi

▫️Odatda faqat taklif qilingan joyga mehmonga boriladi. Agar taklif etilgan bo‘lsangiz, albatta, boring.

▫️Mehmonga borganda kiyimlaringiz ozoda va qulay bo‘lishi kerak.

▫️Shuni unutmangki, yaqinlaringiz ustingizdagi libosingizni emas, o‘zingizni ko‘rish uchun sizni chorlayapdi. Yangi libosingiz yo‘qligi taklif eilgan joyga bormaslik uchun sabab bo‘la olmaydi.

▫️Taklif etilgan joyga o‘z vaqtida borish uy egasiga ko‘rsatilgan hurmat va sizning yaxshi tarbiyangizdan dalolat beradi. Kechikib va o‘tkir hidli atirni sepib bormang.

▫️Taklif etilgan uyga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni tozalab, arting.

▫️Mehmonga borganda ovqatni rad etish yaxshi ish emas. Agar parhez qilayotgan bo‘lsangiz, kichik miqdordagi ovqatni oling va tanavvul qiling.

▫️Ketayotganda chiroyli mehmondorchilik uchun uy bekasiga minnatdorchilik bildirishni unutmang.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Muloqot qilish etikasi:

▫️Yaxshi suhbatosh bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim;

▫️Suhbat chog‘ida o‘z “men”ingizni ta`kidlashdan qochganingiz ma`qul;

▫️Suhbatni yanada qiziqarli bo‘lishi uchun suhbatdoshingizga taalluqli bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlang;

▫️Boshqa insonlarni g‘iybat qilish, ularning shaxsiy hayoti, muammosi haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi;

▫️Suhbatdoshni hurmat qilish, hatto uning fikri noto‘g‘ri deb hisoblanganda ham uni oxirigicha eshitish ham odobdan;

▫️Muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘rikeng bo‘lishi kerak.

▫️ Suhbatda o‘rni kelganda sukut ham tarbiyali suhbatdoshning belgisi


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#farosat

SALOMLASHISH ETIKASI


Salomlashganda “Assalomu alaykum”, “salomatmisiz”, “omonmisiz”, “yaxshimisiz” jumlalaridan foydalaniladi. Bu so‘zlarda, insonlarning bir biriga hurmat-ehtiromi, xayrxohlik izhori bilan birga chuqur mazmun va mulohaza bor.

Kundalik hayotimizda “marhamat qiling”, “baraka toping”, “rahmat”, “behad minnatdorman”, “uzr”, “kechiring” va shu kabi iboralar borki, ularning barchasi mulozamatni, insonlarni boshqalarga bo‘lgan hurmatini bildiradi.

Qo‘l berib ko‘rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‘llarini qattiq siqib, qo‘lini og‘ritib yoki qo‘lini uchinigina berib qo‘yish o‘ta odobsizlikka kiradi.

Yoshlar o‘zidan katta odamlar bilan ko‘rishganlarida, albatta, ikki qo‘lini berib ko‘rishishlari shart.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM