MARKAZ XABARLARI
14.4K subscribers
21.6K photos
4.52K videos
22 files
10.6K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Bugun_tugʻilgan_kun

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Harbiy vatanparvarlik boʼlimi boshligʼi Maxfirat Zikirova tavallud topgan kun.

🌟 Maxfirat Zikirova 1971-yil 30-yanvarda Fargʼona viloyati Quva tumanida tugʼilgan.

📚 "Xalq taʼlimi aʼlochisi", “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi”, "Moʼʼtabar ayol”, "Xalqlar doʼstligi" koʼkrak nishoni, “Mustaqillikning 30 yilligi”, "Qurolli kuchlar tashkil topganligining 30 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi jamoasi Maxfirat Zikirovani tavallud topgan kuni bilan muborakbod etib, mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, yanada ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi jamoasi nomidan Minhojiddin MIRZO

🌐 @manaviy_markaz
👍9
TO‘MARIS AVLODLARI

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy qismida “To‘maris avlodlari–2023” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda Andijon, Namangan va Farg‘ona hududlarida joylashgan harbiy qismlarda shartnoma asosida ishlatyotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari o‘zini tanishtirish, saf tayyorgarligi, bilimdon ishtirokchi, sahna ko‘rinishi, erkin mavzu va pazandachilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra oddiy askar Madinabonu Ermatova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Kichik serjant Maftuna Ashuraliyeva va oddiy askar Shohida Umaraliyevalar 2-3-o‘rinlarni egallashdi. Qolgan ishtirokchilar turli nominasiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, homiylarning esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlandi.

🌐 @manaviy_markaz
👍5
"Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir."

Shavkat Mirziyoyev

🌐 @manaviy_markaz
4
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi – keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi deklaratsiyaga imzo chekdilar.

Davlat rahbarlari huzurida davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo va hududlararo hujjatlar almashildi. Jami 25 ta hujjat imzolangan.

🌐
@manaviy_markaz
👍3
👍3
👍2
#Taqdimot

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda sharqshunos olim, akademik Azizxon Qayumov xotirasiga bag‘ishlangan “Navoiyga hamnafaslik saodati” xotira kechasi hamda kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonning taniqli tarixchi, adabiyotshunos va sharqshunos olimlari ishtirok etib, akademik xotirasini yod etdi. Tadbir davomida Azizxon Qayumov hayoti va faoliyatiga doir qimmatli ma’lumotlar uning zamondoshlari, shogirdlari tomonidan yig‘ilganlarga ulashildi.
Azizxon Qayumov sermahsul ilmiy-maʼrifiy va jamoatchilik faoliyati uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1980), “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi” faxriy unvoni (1983), “Shuhrat” medali (1996), “El-yurt hurmati” (2003) va “Buyuk xizmatlari uchun” (2014) ordenlari bilan taqdirlangan.

🌐 @manaviy_markaz
№-20.pdf
5.1 MB
"Янги Ўзбекистон" газетасининг бугунги сонида Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбарининг биринчи ўринбосари, сиёсий фанлар доктори  Фурқат Жўрақуловнинг "Ислоҳотлар жамият эҳтиёжлари ва демократик жараёнлар ҳосиласи" номли мақоласи эълон қилинди.

@manaviy_markaz
👍3
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifining samarali natijalari Oʼzbekiston-Qirgʼiziston munosabatlaridagi yuksak darajaning namunasi boʼldi.

Davlatimiz rahbari, Qirg'iziston davlatiga tashrifi davomida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi. Tarixi va dini, tili va madaniyati mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan qator aniq tashabbuslar ilgari surildi.


🌐 @manaviy_markaz
👍1