MARKAZ XABARLARI
18.5K subscribers
21K photos
4.31K videos
20 files
10.3K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Maʼrifat_karvoni
#Fargʻona

🔰 “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumani “Damko‘l”, “Guliston”, “Bo‘stonobod”, “Oqtom” mahallalari aholisi ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.

✏️ Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Qoziyeva, Nihol mukofoti sovrindori Shahzod Murodov, Shahlo Rustamova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati mas’ul xodimi Azamat Abdurahimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohadagi yangiliklar hamda oldimizda turgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan kelajagimiz egalarini tabriklab, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi.

♻️ El suygan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

👉 @manaviy_markaz
Президент ҳузурида соғлиқни сақлаш соҳасидаги вазифалар ижроси кўриб чиқилди.
Мутасаддилар соҳада бошқарув ва моддий шароитларни яхшилаш, даволаш протоколларини ўзгартириш, тиббий суғурта тизимини кенгайтириш, тиббий таълимни ривожлантириш бўйича ахборот берди.
Ҳудудий шифохоналарда юқори технологик амалиётлар турини 250 тага етказиш, бунинг учун улардаги тиббиёт ходимлари малакасини ошириш, янги имтиёзли даволаш тизимини тўлиқ жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

При Президенте состоялось обсуждение исполнения задач в сфере здравоохранения.
Ответственные лица доложили о совершенствовании управления и материально-технических условий сферы, расширении системы медицинского страхования, развитии медицинского образования.
Дано указание увеличить виды высокотехнологичных операций в регионах до 250 с повышением квалификации их медицинского персонала, полностью внедрить новую систему льготного лечения.

#Mirziyoyev #yigilish #tibbiyot #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hududlardan_xabarlar
#Buxoro

Unutilmas bayram zavqi

♻️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, tuman hokimligi,madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda 1 iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Kogon tuman tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limida ,davolanayotganlar uchun bayram tadbiri,shuningdek tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ajoyib bayram chiqishlari tashkil etilib,bolajonlarga bayram sovg'alari ulashildi.
Ayniqsa bolajonlar uchun sevimli bo‘lgan turli ertak qahramonlari tashrifi ularning murg‘ak qalblariga cheksiz zavq-shavq bag‘ishladi.Tadbir davomida bolajonlarga estalik sovg‘alari topshirildi. Tuman hokimi o‘rinbosari Z. Sharipov va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi tuman kengashi deputati M.Mubinova so‘zga chiqib bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy tabrikladilar.

🌐 @manaviya_markaz
#Maʼrifat_karvoni
#Fargʻona

Ўзбекистон халқ шоири Анвар Обиджоннинг 75 йиллигига бағишлаб "Ҳаётнинг ҳар лаҳзаси гўзал" шиори остида Олтиариқ туманида маданий-маърифий тадбир уюштирилди. Тадбирда адабиёт ва санъат намоёндалари иштирок этди.

Тадбирнинг давомида ёш йигит-қизлар томонидан Анвар Обиджоннинг ҳаёти акс эттирилган саҳна кўринишлари ижро этилди. Шоирнинг сара шеърларидан намуналар келтирилди. Тадбирда фаол иштирок этган барчага Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан китоб жамланмалари туҳфа қилинди.

Тадбир сўнггида йиғилганларга ажойиб кайфият улашиб рақсга чорловчи куй-қўшиқлар санъаткорлар томонидан ижро қилинди.

🌐 @manaviy_markaz