MARKAZ XABARLARI
16.5K subscribers
20.5K photos
4.02K videos
19 files
9.78K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
🔰Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari kollejida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

⚡️Taniqli san’atkorlar hamda ijodkorlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘lmoqda. Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlar sho‘x o‘yin-kulgulari bilan bayram dasturiga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etmoqda.

@manaviy_markaz
#Maʼrifat_karvoni
#Fargʻona

🔰 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarni rivojlantirishda ularning o‘ziga xos xususiyatidan va aholi ko‘nikmalaridan kelib chiqib ish tutish zarurligini ta’kidlaydi.

🍇 Shundan kelib chiqqan holda Oltiariq tumanida 1000 gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasi tashkil etildi. Bu yerda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi.

♻️ Ma’rifat karvoni ana shu bog‘ga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zlashtirilgan maydonning 560 gektariga turli tok navlari ekilib, 300 gektariga esa intensiv bog‘da esa o‘rik, olma, gilos ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

✏️ Quvonarlisi esa, kelajakda hududda 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

👉manaviy_markaz
#Maʼrifat_karvoni
#Fargʻona

🔰 Bugun farg‘onaliklar yirik madaniyat va san’at anjumani ruhi bilan yashamoqda. “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida adabiy kechalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

✏️ Ma'naviyat fidoyilari, ziyolilar, olimlar, san’at namoyondalari, kino arboblar mamlakatimizning bugungi nafasi, tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xolis va ta’sirchan tarzda xalqimizga yetkazishda yanada faollik, tashabbus ko‘rsatmoqda.

📚 Shuningdek, tadbirlar davomida xalqimizning sevimli, fidoyi farzandlari ham yod etilib, ularning xotirasiga hurmat ko‘rsatilmoqda.

✏️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo va qator targ‘ibotchilar Oltiariq tumanining sevimli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning uy muzeyida bo‘lishdi. Oila a’zolari bilan suhbatlashib, shoirni yod etishdi.

👉 @manaviy_markaz