Forwarded from Otabek Hasanov
⏭️Qaysi bir hududga bormay, albatta, ziyolilar bilan suhbatlashishga harakat qilaman.
Navbatdagi suhbatimiz Farg’ona viloyatida vodiylik olimlar, boburshunoslar, tarixchi va ijodkorlar bilan bo’lib o’tdi.
📚📚Milliy g’urur, iftixorni yuksaltirish uchun uni qo’l yetmas, ko’z ko’rmas mavhumlik deb emas, balki, tariximizni tiriltirish, olimlarimiz tadqiqotlari, ijodkorlarning san’at asarlari orqali ko’rsatish mumkin.
📎Bu borada muammolarimiz, hal qilinishi kutilayotgan masalalarimiz ko’p. Shular haqida ziyolilar borini boricha aytdi. Quyidagi takliflar berildi:
1️⃣Bog’cha yoshidagi bolalarga mos Bobur va Navoiy bobomizning yoshlik davrini keng targ’ib qiluvchi suratli kitobchalar chop etish va bu bo’yicha ijodiy guruh tuzishga kelishdik.
2️⃣Shuningdek, yozilgan, lekin mablag’ sabab chop etilmay qolib ketilayotgan kitoblarni chop etish,viloyatdagi 1068 ta tarix fani o’qituvchilari bilan ishlash, qiziqarli seminar-treninglar tashkil etish masalasini hal qildik.