MARKAZ XABARLARI
14.1K subscribers
21.6K photos
4.53K videos
22 files
10.7K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#hududlardan

Sirdaryo tumanida "Ezgu niyatlar xiyoboni" ochildi

Umumiy maydoni 1,1 gektarni tashkil etgan xiyobonda tuman aholisi va mehmonlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, bolalar o‘yingohi, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, “Nuroniylar va ma’naviyat maskani”, “Renessans” monumenti barpo etilgan.

Monumentda buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasining birinchi va ikkinchi Renessans bilan uyg‘un holda tasvirlangani ayniqsa, ahamiyatlidir.

“Amallar niyatlarga bog‘liqdir” hadisi bitigi va Imom al-Buxoriyning “Al-Jome as-Sahih” kitobi tasviri monumentning markaziy qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallagan.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍2
Shahardan odam keldi (Erkin A'zam)
t.iss.one/audio_kitobxona
#audio_mutolaa

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A'zamning "Shahardan odam keldi" hikoyasi (vaqti: 00:21:52)


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍1
#iqtibos

Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql-zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev



Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#nomoddiy_merosimiz

Ipakchilik va to‘qimachilik uchun ipak ishlab chiqarish


Buyuk ipak yo‘li an’analarida chuqur ildiz otgan bu amaliyot madaniy o‘ziga xoslikdan dalolat beradi.

Shuningdek, ijtimoiy birdamlik ramzi sifatida qaraladi, chunki ipak savdosi tegishli mamlakatlar ichida va o‘rtasida madaniyat va ilm-fan almashinuviga hissa qo‘shgan.

Ma‘lumot: Ipakchilik 2022-yili YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
"Alpomosh" dostonining baxshilar tomonidan yozib olingan jami nechta nusxasi bor?
Anonymous Quiz
42%
40 dan ortiq
19%
50 dan ortiq
33%
100 dan ortiq
6%
30ga yaqin
1👍1
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰ALPOMISH –
o‘zbek xalqining ming yillar davomida yaratilgan qahramonlik dostoni. U xalqimiz orasida juda keng tarqalgan va asrlar davomida baxshilar tomonidan kuylab kelingan.

"Alpomish" dostoni – butun o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍2
Kitobxon onalar –ma’naviyatimiz mezonini belgilab beradi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Shayhontoxur tumanidagi “Gulbozor” mahallasida “Xon atlas festivali” doirasida “Kitobxon onalar” kuni o‘tkazildi.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ochib berdi.

Batafsil:https://manaviyat.uz/posts/93


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Душанбеда катта тантана билан кутиб олинди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
#hududlardan

BIZ BIR BOʻLSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!

"Kinokarvon" loyihasining
ijodiy jamoa a'zolari Farg‘ona viloyatiga yetib keldi.

Dastavval, loyiha doirasida Farg’ona shahri hududida “Ma’rifat bog’i” tashkil etildi va taniqli olimlar va ziyolilar, el suygan aktyor va san'atkorlar tomonidan manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Shundan so‘ng, targ‘ibot guruhi a'zolari viloyatdagi Temurbeklar maktabida bo'ldi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram