MARKAZ XABARLARI
17.3K subscribers
20.5K photos
3.95K videos
19 files
9.67K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
Forwarded from Otabek Hasanov
#Қашқадарё

22 декабрда бўлиб ўтган Республика Маънавият ва маърифат кенгашининг кенгайтирилган йиғилишида белгиланган вазифалар ижроси бўйича вилоятда таҳлилий ўрганиш ишлари олиб борилди.

Бироқ айрим туман Маънавият ва маърифат кенгаши раислари, соҳага масъул ходимлар ўз вазифаларини ситқидилдан бажармаган, маърифий-тарбиявий ишларга етарли эътибор берилмаган.

Хусусан, вилоятнинг барча туманларида Маънавият ва маърифат кенгашлари йиғилишлари ўтказилган. Бироқ йиғилиш баёнлари бир хил намунада, расмиятчилик учун тузилган, кун тартибидаги масалалар туманларнинг ўзига хослиги, мавжуд муаммолардан келиб чиқиб шакллантирилмаган. Қарорлар ижросини таъминлаш бўйича чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқилмаган.

Деҳқонобод туманидаги маънавият маскани туман ҳокимлиги маъмурий биносининг ички ҳовлисида жойлашган бўлиб, “хўжа кўрсин”га ташкил этилган.

Бу каби камчиликлар сабаб айрим ҳудудда соҳа ривожланмаган, маънавият ўн қадам олдинда эмас, 100 қадам орқада қолиб кетган.


@otabek_khasanov
#viktorina
#Sohibqiron_Amir_Temur

“Sohibqiron Amir Temur” viktorinasi gʻoliblari aniqlandi


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘limlari tomonidan Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan onlayn viktorinaning so‘ngi bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

“Sohibqiron Amir Temur” viktorinasining yakuniy bosqichida 50 ta test savoliga eng ko‘p va tez to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar g‘olib deb topildi.

Tanlov g‘oliblar ro‘yxati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kinoparcha

🎬"Islomxo‘ja"
filmi

Asfandiyorxon va amaldorlar majlisidan


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Said Ahmad - Begona (hikoya)
t.iss.one/audio_kitobxona
#audio_mutolaa


✍️ O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Begona" hikoyasi (vaqti: 00:11:09)

🎙Hikoyani Sanjar Sa'dullayev o‘qigan.



Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_EʻLON

Aziz hamyurtlar!


2024-yil 16-aprel kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida "Ma’naviyat sektori" faoliyatini tashkil etish bo‘yicha respublika seminari o‘tkaziladi.

Mazkur seminar doirasida tajriba almashish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu seminarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘lim va bo‘linma rahbarlari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hududiy boshqarmalarining mutasaddi xodimlarini taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznikilar

Taxmina Ikromova jahon kubogi sovrindori

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Taxmina Ikromova musobaqaning to‘p bilan mashq bajarish dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Shuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, halqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#nomoddiy_merosimiz

Palov tayyorlash

Palov - o‘zbek oshxonasining eng katta yutuqlaridan biri va aholining sevimli taomi. O‘zbek oshxonasining ko‘p asrlik rivoji davomida palov tayyorlashning o‘nlab usullari paydo bo‘lgan.

Har bir mintaqa o‘ziga xos palov tayyorlash usuliga ega.

O‘zbekistondagi oilalarning aksariyatida nafaqat o‘zbek millati vakillari, balki shu yerda yashovchi boshqa millat vakillari ham hech bo‘lmaganda haftada bir marta (ko‘pincha payshanba kuni) palov tayyorlashadi. Bu o‘ziga xos an'anaga aylangan.

Ma‘lumot
: Palov pishirish an'anasi va madaniyati 2016-yili YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.



Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#qayerga_boramiz

Bugun Toshkent shahridagi teatrlarda namoyish etiladigan spektakllar ro'yxati bilan tanishing.

O‘zbek milliy akademik drama teatri
Nomi: “Usmon Nosir”
Vaqti: 18:00

O‘zbekiston davlat satira teatri
Nomi: “Qalbim sohili”
Vaqti: 16:00


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram