MARKAZ XABARLARI
16.7K subscribers
20.5K photos
4K videos
19 files
9.75K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Kun_hikmati

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga ta’sir etadi.
Go‘zal o‘ylaginki, go‘zal yashagin.

©️ Jaloliddin Rumiy

🌐 @manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз олиб бораётган ташқи сиёсатнинг пировард мақсади - аҳолимиз фаровонлигини ошириш ва инсон қадрини улуғлаш

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентимизнинг коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги ислоҳотларининг халқаро миқёсдаги эътирофи

Facebook|Instagram|Twitter
#Jadidlarimiz
#Maʼrifat_elchilari

Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!

© Mahmudxo‘ja Behbudiy


🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beminnat mehr

Nodira Ibrohimova hikoyasi asosida

🌐
@manaviy_markaz
1938-yil 4-oktabr. Oʻzbekiston tarixiga eng mashʼum sana sifatida muhrlangan.

Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari shoshilinch qatl etildi. Arxiv hujjatlari shohidligicha, 5-oktabrda esa bir kun oldin otib tashlangan mahkumlarning sudi sahnalashtiriladi. Ammo dushman bir narsani hisobga olmagandi – jisman yoʻq qilishsa-da, ular millat xotirasida yashayveradi, xalq ularning asarlarini asrlar oʻtib ham o'qiyveradi, ularning erk va mustaqillik haqidagi gʻoyalari millatning qonida oqaveradi.

Batafsil: Millat manglayiga bitilgan mashʼum tun – 1938-yilning 4-oktabrida kim-kimlar otilgan edi?

Yuz yilda ham o‘zgarmagan geosiyosat o‘yinlari – Fitrat yana haqmi?

“Isyonim bepoyon, istig‘forim hadsiz...” – Qodiriy suddagi nutqida nimalar degan?

Yozuvchi
va zamon munosabati – Qodiriyning shubhasi, Cho‘lponning alami, Oybekning hadigi

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#Matonat

Ayol baxti


Ayol sabri, matonati toshlar qadar bardoshli, osmon qadar keng.

✔️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan mana shunday sabrli, matonatli ayollarimiz haqida hikoya qiluvchi "Matonat" loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

⚡️Loyihaning ilk qahramonlari Nurafshon shahar Qumariq mahallasidan Maraimova Muqaddasxon va Sobirova Hidoyatxon ayalar bo‘lishdi.

Ularning hayot yo‘lini tinglab, har bir qiyinchilik ortidan albatta yaxshi kunlar kelishini, shukr qilib yashash uchun yetarlicha sabab borligini bilib olishingiz mumkin.

Shukr qiling azizlar, har bir kunimiz bu imkoniyat, har bir kunimiz
kelajak uchun poydevor!

🌐 @manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Surxondaryo

JAHOLATGA_QARSHI_MAʼRIFAT

Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://telegra.ph/JAHOLATGA-QARSHI-MA%CA%BCRIFAT-10-04-2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 5-7 октябрь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

🌐 @manaviy_markaz
Ajdodlar xotirasi mangu barhayot!

So‘nggi yillarda yurtimizda "Qatag‘on qurbonlari" xotirasini yod etish va abadiylashtirish, ularning ilmiy merosini o‘rganish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi – uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish milliy tarixni qayta tiklash imkoniyati tug‘ildi.

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorligida "Ajdodlar xotirasi mangu barhayot!" shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

➡️BATAFSIL